Тарихшунослик фанидан


O„RTA ASR TARIXI TEOLOGIYASI


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

O„RTA ASR TARIXI TEOLOGIYASI 
Tarixiy manbalarning o„ziga xos xususiyatlari. 
Temuriylar sulolasi hukumronlgi davrida tarix fanining ham buyuk mutafakkirlari etishib 
chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Temurning tarix faniga bo‗lgan qiziqishi, hurmat va 
etiqodi sabab bo‗lgan bo‗lsa ajab emas. 
XV asrda tarix ilmi sohasida yozilgan asarlarini sanab ko‗rsatishning o‘zi temuriylar davrida 
bu fanning nechog‗lik taraqqiy etganligidan guvohlik beradi. Bu davr tarix fanning ham o‗ziga xos 
xususiyatlarini ko‗rish mumkin. 
Birinchidan - bu davr tarixchilari o‗zlari voqealarni guvohi, shohidi, bo‗lib ishtirok etish 
asosida asarlar yaratishi. Ikkinchidan – biron bir tarixiy shaxsni keltirayotganda o‗zini kelib chiqish 
tarixi faoliyatini yozishda manbalarga asoslanmog‗i. Uchinchidan – voqealar ketma – ket 
izohlanishi orqali va hokozo. To‗rtinchidan – manbalarni yutuq va kamchiliklari tarixiy manbalar 
ichida hozirgacha etib kelgan, fors tilida yozilgan Nizomiddin Shomiyning ―Zafarnoma‖, Hofizi 
Abro‗ning ―Zubdat at – Tavorix‖ Sharafiddin Ali Yazdiyning ―Zafarnoma‖ Fasih Ahmad 
Havofiyning ―Mujmali fashhiy‖, Abdurazzoq Samarqandiy-ning ―Matla usadayin‖, Mirxondning 
―Ravzat us – safo, Xondamirning ―Habib us – Siyar‖ va Ibn Arabshohning arab tilida yozilgan 
―Ajoyib al – maqdurri tarixi Taymur‖ asarlaridir. Bu ro‗yxatga yana 1404 yilda Samarqandga Amir 
Temur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayohi Rui Gonzales de Klavixoning safar xotiralarini ham 
kiritish maqsadga muvofiqdir. 
 
Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida. 
Sharafiddin Ali yazdiyning ―Zafarnoma‖si (1424 – 1425) tarixiy kechinma va voqealar 
bayonini izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi. 
Sh.A.Yazdiyning ―Zafarnoma‖ asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid malumotlardan 
tashqari Temurdan oldingi o‗tgan davr tarixi haqida ham bag‗oyat qiziqarli malumotlar berilgan. 
Muallif bu asarni temuriylardan Shohruxning o‗g‗li Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozgan. 
Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida maxsus kitob yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420 yillarda 
turli kotiblarni baxshi va munislar forsiy tilda yozilgan mavjud malumotlarni to‗plash haqida farmon 
bergan. To‗plangan malumotlar bo‗lgan voqealarni o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan kishilar hikoyasi bilan 
taqqoslangan, so‗ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga bu hujjatlar bilan tanishish va Ibrohim Sultonga 
ahborot berish topshirilgan. 
Taniqli sharqshunos olim A. O‗rinboev ―sharq yulduzi‖ jurnalining 1992 yil 3-sonida bosilgan 
―Temuriylar davrining nodir yodigorligi‖ maqolasida quyidagilarni hikoya qiladi: ―Zafarnoma‖ ning 


72 
Temur tarixidan bahs etuvchi asosiy qismida Sh.A.Yazdiy shunday yozadi: ―Podishohlikning birga 
tomonlaridan Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma sheriy 
hamda nasriy nusxalari to‗planib bo‗lingach, ular bilan tanishish uchun 3 ta guruh tuzilgan , turkiy 
va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni voqealarni o‗z ko‗zlari bilan ko‗rganlar esa bir guruhni 
tashkil etgan. Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya o‗qilgan, agar u voqea bayoni o‗z ko‗zi bilan 
ko‗rgan kishining talqiniga to‗g‗ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni topish uchun turli 
shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning boshqa zamondoshlaridan surishtirgan 
yoki qo‗shimcha malumotlar to‗plagan. Ibrohim Sulton aytib turgan bu asarning dastlabki xomakisi 
qalamga olingan. Ana shu asosda Sharafiddin Ali ―Zafarnoma‖ asarini yozgan Ibrohim Sultonning 
buyurug‗iga muvofiq kitobni bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasidagi masofa haqida 
barcha malumotlar juda sinchiklab tekshirilishi shart bo‗lgan‖ ―Zafarnoma‖ asarini yozishda 
Sharafiddin Ali Yazdiyning shaxsiy hujjatlaridan keng foydalanilgan. Asar muqaddima, ikki fasl va 
xotimadan iborat, muqaddimada Amir Temurga qadar bo‗lgan turkiy xonliklar tarixi bayon qilingan 
. Asosiy fasllarda esa Amir Temurning tarixi mukammal yoritilgan ‖Zafarnoma‖ asosiy qism 
avvalida ―Qissayi Sohibqiron‖ deb atalgan mutaqorib bahridagi sheriy qissa bor. Unda sohibqiron 
Amir Temurning fazilatlari va sifatlari haqida ko‗tarinki ruhda muhtasar so‗z yuritilib, Tarixiy Amir 
Temurning badiiy obrazini chizishga qadam qo‗yilgan. 
―Zafarnoma‖ fransuz, ingliz, usmonli turk tillariga ayrim qismlari rus tilida nashr etilgan. 
―Zafarnoma‖ XV asrda Lutfiy nazmda o‗zbek tiliga o‗girilgan degan xabar berishsada ammo uning 
o‗zi hozirgacha topilgan emas. ―Zafarnomaning to‗liq asl matni 1972 yilda A. O‗rinboev tomonidan 
Toshkentda (―Fan nashriyoti‖) nashr etildi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling