Тарихшунослик фанидан


-MA‟RUZA: ILK XRISTIANLIK TARIXI FALSAFASI. O‟RTA ASRLAR TARIXI


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
4-MA‟RUZA: ILK XRISTIANLIK TARIXI FALSAFASI. O‟RTA ASRLAR TARIXI 
TEOLOGIYASI
 
Reja: 
1. Avgustin va uning ta‟limotida xristian dining tasiri 
2. Avgustin asarlarida ikki – ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili 
3. Tarixiy manbalarning o„ziga xos xususiyatlari 
4. Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida 
5. Klavixo va uning “kundaligi” 
6. Ravzat us – Safo – poklik bog„i 
Tayanch iboralar: Xristian dunyoqarashining ta‟siri. Avliyo Avgustin – “Xudo shahri 
to„g„risida”. (“Ilohiy shahar to„g„risida”). Ilohiy olam va inson dunyosi. Muqaddas tarix va 
dunyoviy tarix. “Ikki shahar” to„g„risida ta‟limot. Vaqt haqida tasavvur. Taraqqiyot g„oyasi. 
Xristian tarixshunosligining tavsifiy xislatlari. Dunyo va insonning o„rta asrlardagi tushunchalari 
(ko„rinishlari). O„rta asr kosmosi. Abadiyat va vaqt to„g„risidagi o„rta asr tushunchalari. Jamiyat 


69 
va shaxs. O„rta asrlarda fikrlashhning ramziyligi. O„rta asr tarixi teologiyasida taraqqiyot g„oyasi. 
O„rta asr tarixiy bilimlarning tuzilishi. O„rta asr tarixshunosligining tavsifiy xislatlari. 
Rim imperiyasi parchalanib, uning o‗rnida o‗rta asr G‗arbiy Yevropa sivilizatsiyasi yuzaga 
kelgunga qadar o‗ziga xos o‗tish davri sodir bo‗ldi. O‗tish davrida yangi sivilizatsiya manaviyati va 
mafkurasi asoslari shakllandi. Eski dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur 
tarzi Rim imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bo‗lgan ijtimoiy mafkuraviy va axloqiy 
muhitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruhlardan tashkil topgan fuqarolar va qullarning 
manaviy madaniyatining yani sivilizatsiya kurtaklari bo‗lgan xristian manaviyati, dunyoqarashi va 
falsafasiga o‗z o‗rnini bo‗shatib berishi davr taqozosi bo‗lishi bilan birgalikda uning shakllanishiga 
majusiy madaniyat va manaviyat ananalari qattiq qarshilik ko‗rsatadi. Rim imperatorlari bu 
kurashda ijtimoiy siyosiy va manaviy – tashkiliy taqib qilish usullarini qo‗lladilar. Sharqdan kelgan 
dinlarning tarqalishi imperiyaning o‗zida turli bidatchi diniy yo‗nalishlarning faoliyat ko‗rsatishi 
manaviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik 
inson va jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan ta‘limot ekanligini asoslash 
shu ta‘limotni himoya qilish, yani apologik (yun. Oro logia – biron narsani yoki kimsani himoya 
qilish) tadbir ko‗rish ehtiyoji tug‗ildi. 
II va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika 
so‗zining lug‗aviy manosi himoya qiluvchi demakdir. Yani xristian diniy aqidalarini turli 
hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatining xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf 
qilishga intilishi bilan birgalikda o‗zlarining asarida xristianlik ta‘limotini asrashga qolaversa, Rim 
saltanatini oqlab bo‗lmasligini ko‗rsatishga harakat qildilar. Afinada Misrlik oilada tug‗ilgan 
Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga harakat qilgan apologetlardan biridir. U platonizm va 
stoitsizmni chuqur o‗rgangan, xristianlikni qabul qilganidan keyin ham falsafaga nisbatan hurmatini 
saqlagan. Uning fikricha yunon falsafasini xristianlik bilan shunday sog‗lomlashtirish kerakki, 
undagi har bir odam xristian falsafasini qimmatini ko‗ra olsin va yana shuni takidlaydiki, falsafa 
xristianlikka, xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bo‗lishi mumkin, xolos. 
Falsafani xristian etiqodiga nisbatan muqaddima ekanligi, deydi. Kliment, Iso Masihning o‗zi 
tomonidan belgilangan insonlarni qutqarish uchun tanada mujassamlanib kelguniga qodir Iso Masih 
yahudiylarga qonun va ellinlarga falsafa berdi. Shu bilan xristian olamini qutqaruv ishiga tayyorladi. 
Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga to‗g‗ri keldi. Bu 
davrda rivojlangan patristikada (patristikaning lug‗aviy manosi ―ota‖ni anglatib, bu nom ko‗pincha 
hurmat manosida harbiy episkoplarga berilgan) o‗zgacha g‗oyaviy va mafkuraviy vazifalar turgan 
edi. Patristika davrida xristian ilohiyotini tartiblashga harakat qilgan cherkov otalari tomonidan ikki 
sobor Ilkiy (325 – yil) va xalqidan (451- yil) oralig‗ida birinchi muhim asarlar yozildi. Sharqda 
ulardan biri Ioan Zlotust (347-407) dir. G‗arbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin 
bo‗lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354 – 430). 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling