Тарихшунослик фанидан


-MAVZU: TARIX FALSAFASI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. TARIX


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
1-MAVZU: TARIX FALSAFASI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. TARIX 
METODOLOGIYASI 
Reja: 
1. Тарих фалсафаси: тушунча ва моҳият 
2. Tarix – inson, zamon va makon falsafasi 
3. Tarixiy tafakkur ehtiyoji 
4. Tarix falsafasi va milliy istiqlol 
5. Tarix fanining predmeti 
6. Tarixiy jarayon va vorisiylik 
Tayanch iboralar: Tarix falsafasi tushunchasi. Tarix falsafasining maqsadlari va vazifalari. Tarix 
fani. Tarix fanining usullari. Tarixning ahamiyati. Tarix ma‟nosi falsafiy dunyoqarash masala 
sifatida. Klassika va hozirgi zamon: tarix ma‟nosiga ikki yondashuv. Tarixiy ong va tarix. Tarixiy 
ongning ikki tomoni. 
 
Тарих фалсафаси: тушунча ва моҳият 
Tarixni ilmiy jihatdan tahlil qilish, uni idrok etish, yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
orqali muayyan davrning siyosiy va ma‘naviy muhitini baholash, har bir davr kishilari ruhiyati, 
ma‘naviy-axloqiy mezonlari, voqea-hodisalarga munosabatini o‗rganish, uni falsafiy idrok etish 
tarix falsafasi tushunchasining mazmunini belgilaydi. 
Tarixni idrok etish va o‗rganishga turli mutaxassislar turli xil yondashishadi. Zotan, inson 
tafakkuri qirralari xilma-xil bo‗lib, o‗tmishni anglash, idrok etishning yagona qolipi yo‗q. Shunday 


39 
qolipni yaratishga urinish ham noto‗g‗ri. Ana shuning uchun ham tarix falsafasining bir qator yirik 
oqimlari dunyoga keldi. 
Tarix falsafasini teologik (ilohiy) nuqtai nazardan idrok etish o‗tmishni Alloh irodasi orqali 
tushunish va unga ilohiy tus berish, ilohiy mazmun orqali anglash hisoblanadi. Metafizik tarix 
falsafasi hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakllarga va 
ko‗rinishlarga kiradigan tushunchalar tizimi hisoblanadi. Idealistik tarix falsafasiga ko‗ra esa asosan 
g‗oyalar, insonning axloqiy tushunchalari, ma‘naviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat 
bildiriladi. Insoniyat tarixiga va hayotiga tabiiy (naturalistik) yondashish tarix falsafasining yana bir 
yirik oqimi sifatida ko‗zga tashlanadi. Unda hissiyot va tuyg‗u orqali inson tabiatiga baho berishga 
va inson tabiati, fe‘l-atvori uning ta‘sir doirasini belgilashiga e‘tibor beriladi. Ana shu hissiyot va 
tuyg‗u orqali olamni anglash, o‗tmishga nazar solish va uni baholash mazkur oqimning mohiyatini 
belgilaydi. Materialistik tarix falsafasi yo‗nalishida asosan iqtisodiy omillarga katta e‘tibor beriladi. 
Unda tarixni yo‗naltiruvchi kuch sifatida tarix haqiqatini, mazmun-mohiyatini moddiy ehtiyoj va 
iqtisodiy zarurat orqali tushunishga harakat qilinadi. 
Kishilik tarixini, inson va jamiyat xususidagi muammolarni o‗rganishda tarix falsafasining 
o‗ziga xos o‗rni va roli bor. Insonning tarixda va umuman insoniyat taraqqiyotida tutgan o‗rnini 
aniqlashning individualistik, ya‘ni alohida, yakka shaxs misolida hamda jamoachilik, kishilar 
guruhi, fuqarolar uyushmasi (kollektiv) jihatlaridan qarab fikr yuritadigan tarix falsafasi 
yo‗nalishlari ham bor. 
Tarix falsafasining tarixiy xotira, tarixiy tafakkur mohiyati va qirralari, tarix fani 
tushunchasining mazmun-mohiyati, tarix haqiqati va hayot haqiqati, inson va insoniyat taraqqiyoti 
kabi muammolarini o‗rganish orqali umuminsoniy va dunyoviy rivojlanish hodisalarining bir-biriga 
bog‗liq jihatlarini tadqiq etish kabi ko‗plab savollarga javob topish mumkin. 
Umuman, taraqqiyot bevosita tarix falsafasining asosi hisoblanadi. Tarix falsafasi Gerodot va 
Fukididning antik davrdagi tarixiy harakat kuchi haqidagi tadqiqotlaridan boshlanadi. 
Ulardan farqli holda Avgustin xristian cherkovi timsolida, uning mazmun-mohiyati va ta‘sir 
doirasidan kelib chiqib, ilohiy davlat tarix falsafasini yaratdi. Uning falsafasi keyingi ming yillikda 
katta mavqega ega bo‗ldi. 
Avgustin va uning bir qator izdoshlari tarixni ilohiylashtirishga, tarixiy tafakkurni va tarix 
falsafasini ilohiy falsafa va ilohiy tafakkur orqali idrok etishga da‘vat etgan edilar. Ular voqealar 
mohiyatini, uning sabablarini ilohiy qudrat va karomatdan izladilar. Insoniyat evolyutsiyasini, 
kishilik hayoti davomiy-ligi va uzviyligini, tarix va taraqqiyot birligi g‗oyalariga ta‘sirini o‗tmishni 
ilohiylashtirish orqali tadqiq etishdi. 
Tarix falsafasining takomil bosqichlari va ana shu ming yillikda yashagan xalqlar ma‘naviy-
ruhiy ehtiyojlari nuqtai nazaridan qaraganda, qaysidir darajada, davr odamlari tafakkuri, ma‘naviy- 
ruhiy ehtiyojlari bilan Avgustin falsafasi o‗rtasida o‗zaro yaqinlik, uyg‗unlik mavjud edi. Shuning 
uchun ham Avgustin falsafasi birmuncha uzoqroq yashadi va ommalashdi. 
Faqatgina XVIII asrga kelib tarix falsafasi sohasida Avgustin g‗oyalari va ta‘limoti doirasini 
sindirib chiqqan yangi ta‘limot dunyoga keldi. Butunlay yangi g‗oya – tarixda yakka shaxslarning 
ruhiy kechinmalari, individualizm orqali hayotni anglash, hayot qonuniyatlari ayni ana shular 
ta‘sirida amalga oshishini istaydigan, jamiyatni ruhiyatlashtirishga moyil bo‗lgan g‗oyalar Avgustin 
falsafasini sindirib tashladi. 
Gegel esa to‗g‗ridan-to‗g‗ri dunyoviy aql - zakovat, umuminsoniy tafakkur, insoniyat hatti-
harakati va aql-idroki uyg‗unligi asosida vujudga kelgan, ong va tafakkur hukmron bo‗lgan yaxlit 
borliqni tarix deb tushunadi. O‗z falsafa maktabini ana shu g‗oya asosida quradi. 
Shunday qilib, Gegel falsafasi, uning tarixga munosabati tarix falsafasining yangi davrini 
ochib berdi. U tarix falsafasiga hayot qonuniyati, ma‘naviy shakllanish jarayoni va inson 
rivojlanishining ma‘naviy ehtiyoji sifatida qaraydi. Har qanday g‗oyalar, maqsadlar va intilishlar ana 
shu ichki ehtiyoj hamda shaxsning ma‘naviy-ruhiy etuklik darajasidan kelib chiqishini ko‗rsatib 


40 
berdi. Bu, yaxlit holda, tarix–inson tafakkurining, ma‘naviy- ruhiy va axloqiy kamolotining mahsuli 
degan xulosaga kelishga imkon beradi. 
XIX asr va XX asr boshlarida vujudga kelgan tarix falsafasi ayni XVIII asr tarix falsafasi bilan 
ma‘lum darajada yaqinlashadi. Biroq, ba‘zi hollarda, u bilan bahs ham yuritadi. Bu davrlardagi tarix 
falsafasi ayrim paytlarda tarixiylikka, tarixiy haqiqatga, Artur Shopengauer, Osvald Shpengler 
misolida tushkunlikka, pessimizmga moyil, ba‘zi paytlarda esa Arnold Toynbi kabi optimizmga, 
tafakkur jo‗shqinligi va baland ruhdagi mushohadalar oqimiga og‗ib turadi. 
Ayni paytda dinga e‘tiqod qiluvchilarning ilohiy tarix falsafasi ko‗proq yoyilmoqda. Kishilik 
hayotini, butun sayyoramizni chulg‗ab olishga intilmoqda. Biroq bu ham ko‗p ming yillik insoniyat 
o‗tmishida mavjud bo‗lgan tarix falsafasi tushunchasi atrofidagi oqimlarning biri, xolos. Albatta, 
turli davrlarda vujudga kelgan ma‘naviy-ruhiy ehtiyojlar va dunyoqarashlar orqali tarix falsafasining 
oqimlari yangidan shakllanib, turlanib turadi. Biroq bir narsa aniqki, ularning barchasining tagida 
aniq tarixiy tafakkur, inson va insoniyat taqdiri, uning ma‘naviy-ruhiy olami, aql-idroki va ana 
shular asosida vujudga kelgan voqea-hodisalar tizimi yotadi. Ana shu tizim, ana shu shajara butun 
insoniyat tarixi haqiqatini ham, hayot haqiqatini ham belgilaydi. 
Demak, bir so‗z bilan aytganda, tarix falsafasi–tarixiy tafakkur muammolari bilan 
shug‗ullanadigan, insoniyat taraqqiyoti asosiy yo‗nalishlarini qamrab olgan mustaqil bilimlar tizimi 
hisoblanadi. 
Marksizm asoschilari tarixiy materializm g‗oyasini ilgari surdilar. Tarixni falsafiy 
umumlashtirish, uning asosiy qonuniyatlarini o‗rganishga bag‗ishlangan o‗zlariga xos «ilmiy» 
g‗oyani maydonga olib chiqdilar. 
Umuman olganda, tarixiy tafakkur va tarix falsafasini shakllantirish, uni o‗rganish va tadqiq 
etishda turli-tuman, bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor etadigan g‗oyalar hamon yashayapti, 
hamon tarix falsafasini tadqiq etishning turli-tuman yo‗nalishlari, shakllari va oqimlari paydo 
bo‗lmoqda. Bu tabiiy hol. Zotan, hayot davom etmoqda, tarixiy tafakkurning shakllanish jarayoni, 
tarix falsafasini anglash hodisasi ham insoniyat hayoti bilan birga davom etmoqda. Ilmiy taraqqiyot, 
ong va tafakkur rivojlanishining esa chegarasi yo‗q. 
Biroq, masalaning muhim tomoni, muammoga yondashishning eng adolatli va ishonchli jihati 
shundaki, bizning fikrimizcha, inson va insoniyat tarixi, uning taraqqiyot evolyutsiyasi har qanday 
qonuniyatlarga ham sig‗avermaydi. Birgina misol: kommunistik mafkura nazariyachilari o‗ylab 
topgan turli-tuman «izm»lar kishilik tarixining butun ko‗lamini, miqyosini hayot haqiqati nuqtai 
nazaridan to‗la qamrab ololmadi. 
Marksistik mafkura insonning tarixiy tafakquri va qarashlari xolis hamda erkin rivojlanishiga, 
shaxsga, ma‘naviy ehtiyojga aylanadi. Bugungi milliy mansublik, turli ma‘muriy chegaralar va 
insoniyat taraqqiyoti tarix va hayot oldida nisbiy ekanligini, o‗sha davrda yashagan ajdodlarimiz 
qaysi tilda gaplashganlaru qanday umrguzaronlik qilgani, an‘analari va urf-odatlaridan qati nazar, 
mana shu muqaddas zaminda yashab o‗tganlar bizning ajdodlarimiz ekanligini chuqur his qilgan va 
anglagan hodda o‗tmishga yondashishimiz kerak. 
Birinchi Prezident Islom Karimov «har qanday sivilizatsiya ko‗pdan-ko‗p xalqlar, millatlar, 
elatlar faoliyatining samarali ta‘sirining mahsulidir. Bir so‗z bilan aytganda, ko‗chmanchilar, 
bosqinchilar kelib -ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi», – 
deganida tarixan shu zaminda yashagan xalq tarixi bugungi avlod boyligi, unga ajdodlaridan qolgan 
buyuk meros ekanligini ta‘kidlaydi. Tarixiy taqdirga taqdirdoshlik hissini uyg‗otadi. 
Tarix haqiqatini anglash uchun va ayniqsa, o‗tmishi soxtalashtirilgan, boy ma‘naviy va 
madaniy merosidan axratib tashlangan, zo‗ravonlik va hukmron g‗oyalarga mahkum etilgan, unga 
xizmat qildirilgan tarix haqiqatini qaytadan tiklash uchun ana shunday ma‘naviy-ruhiy yaqinlikni his 
etish, o‗sha jarayonlarni bevosita qalb orqali o‗tkazish zarur. Qalbimizda hamisha tarixga vorislik 
tuyg‗usi bilan «u mening mulkim, mening boyligim, mening naslu nasabim, ajdodlarim ruhi jo 
bo‗lgan ma‘vo, mening insoniy daxldorligim va insoniy sha‘nimning qaysidir bo‗lagi» deb 


41 
qaraganimizda uning naqadar mazmuni chuqur, mohiyati beqiyos qadriyat ekanligini anglaymiz. 
Ana shunday tuyg‗u bilan biz tarixning ichki mohiyatini, uning sir-asrorlarini ocha olamiz. Insoniyat 
taqdiriga daxldor bo‗lgan buyuk ma‘naviyatni kashf etamiz. 
Albatta, tarixni o‗rganishda, avval aytganimizdek, turli yondashuvlar, turli g‗oyalar va oqimlar 
bor. Biroq, ularning hammasi sof insoniylik munosabati, bevosita daxddorlik va javobgarlik hissi 
oddida hech ish emas va ular ilmiy soxtalikka, yuzakilikka olib keladigan illatlardir. Ana shu 
jihatdan qaraganda haqiqiy tarix falsafasi bu inson va tarix, inson taqdiri va tarixiy jarayon
insoniyat taraqqiyoti va voqealar, hodisalar o‗rtasidagi konkret bog‗liqlik mahsuli sifatida dunyoga 
keladi. Ayni paytda ana shu ikki qutb o‗rtasidagi uyg‗unlik, ikki olam o‗rtasidagi mushtaraklik 
tarixshunoslik fani taraqqiyotining va tadrijiy xotirani tiklash asosida tarixiy tafakkurni 
shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. 
Yangilanishlar davri va butun hayot bizdan tarixga munosabatni jiddiy ravishda o‗zgartirishni 
taqozo etmoqda. Bu bevosita tariximizni qaytadan o‗rganishimizni, uning butun yutuqlariyu fojialari 
bilan yaxlitligicha tadqiq etishni talab qilmoqda. Buning uchun biz eng avvalo, tarixga shunchaki 
bayonchilik munosabatidan xalos bo‗lib, uni o‗zimizga, o‗zligimizga, shaxsimizga daxldor bo‗lgan 
ma‘no, butun insoniy qadriyatimizni o‗zida mujassam etgan muqaddas xotirot darajasidagi tafakkur 
mezoniga aylantirmog‗imiz darkor. Tarixiy xotirani tiklash, uni qadriyat darajasiga ko‗tarish 
yo‗llarini izlamog‗imiz kerak. 
Tarixiy tafakkur, tarix falsafasi bizning ko‗p ming yillik o‗tmishimizni yaxlitligicha idrok 
etishimizga, uning butun mohiyatini anglab etishimizga va xolisona baholashimizga yordam beradi. 
Shu jihatdan biz o‗tmishga yondashuvning tafakkur va falsafa orqali baholash yo‗liga o‗tmog‗imiz 
lozim. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling