Тарихшунослик фанидан


Bruno ta‟limotida makon va zamon


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Bruno ta‟limotida makon va zamon 
Bruno Aristotel ta‘limotidagi bo‗shliqni inkor etuvchi haqidagi g‗oyani inkor etadi. Bruno 
o‗zining makon haqidagi ta‘limotida bo‗shliq va xaos to‗g‗risidagi fikrlarni aytib o‗tadi. Bruno 
fikricha makon materiya bilan birgalikda bo‗shliq sifatida mavjud bo‗lgan. Materiya joylashgan 
bo‗shliq Bruno fikricha makondir. 
Makon materiyaning joylashgan joyi bo‗lib materiyaning harakati ham makonda bo‗shliq 
mavjud bo‗lganligi uchun ham mumkindir. ―Makonning bo‗shlig‗i bu moddiy narsalarning 
harakatga keladigan joyidir» deb yozadi Bruno. 
Bruno Aristotel tomonidan vaqtni harakatdan materiyadan va makondan ajratilgan holatda 
tushinishga qarshi chiqadi. Bruno fikricha vaqt materiyaning harakati va makon bilan bog‗liqdir. 
Shuning uchun vaqt nisbiydir. Bruno vaqtni materiyaning harakati bilan bog‗lar ekan uni 
davomiylik sifatida tushunadi. 
Vaqt borliqdagi osmon jismlarining harakati bilan ham bog‗liqdir. Har xil moddiy jismlarning 
harakatlari bilan bog‗liq bo‗lgan vaqt ham har xildir. J.Brunoning makon va zamon haqidagi 
ta‘limoti uning yangi kosmogonik nazariyani yaratishi bilan bog‗liq edi. 
 
Brunoning yangi kosmologiya uchun kurash 
Brunoning yangi kosmologiyasi uning naturalistik panteizmi bilan bevosita bog‗liq edi. Bruno 
Kopernikning kashfiyotini faqat matematik nazariya deb hisoblashga qarshi chiqdi va uni 
rivojlantirib, o‗zining yangi kosmologiyasining asosiga qo‗ydi. Kopernik nazariyasini maqtar ekan 
Bruno uni N. Kuzanskiy ta‘limoti bilan bog‗laydi va buning natijasida Kopernikning nazariyasi 
Bruno kosmologik ta‘limotida o‗zgargan holatda ishlatiladi. 
J.Brunoning kosmologiyasining asosiy g‗oyalari Aristotelning ratsionalitsik formal mantiqga 
asoslangan falsafiy ta‘limotidagi g‗oyalarga qarshi qaratilgan edi. Brunoning kosmologiyasida 
koinot cheksiz shuning uchun unda hech qanday markaz yo‗q. Hatto quyosh ham koinotning 
markazinini tashkil etmaydi. Cheksizlikdagi har bir nuqta markaz bo‗lishi mumkin. Bu kosmologik 
nazarriyadan Bruno olamning yagonaligi va birligi haqidagi fikrni ham shakllantiradi. 
Borliqning yagonaligi haqidagi g‗oya koinotdagi barcha jismlarni bir turdagi ruhlangan 
materiyadan tashkil topganligiga olib kelar edi. Er, va boshqa osmon jismlari bir-biri bilan bevosita 
aloqada va ularning harakatlari bir xil qonunlarga bo‗ysunadi. Er va erdagi hayot koinotdagi barcha 
borliq jismlarga va ulardagi hayotga o‗xshaydi. 
Tiriklik va hayotiylik materiyaning asosiy xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun boshqa 
sayyoralarda ham hayot mavjud. Lekin uning shakllari har xil bo‗lishi mumkin. Bundan tashqari 


98 
Bruno fikricha kosmosdagi barcha osmon jismlar xuddi erga o‗xshash ruhlangandir. Ularni o‗ziga 
xos ongi mavjud. Demak boshqa osmon jismlarida ham ongli mavjudotlar bo‗lishi mumkin. Butun 
koinot tirik, harakatda va onglidir. Koinotdagi osmon jismlari tinimsiz harakatda bo‗lgan barcha 
narsalar o‗tkinchidir. Shuning uchun osmon jismlari va ulardagi turli tuman mavjudotlar 
qachonlardir paydo bo‗lgan vaqt o‗tgandan so‗ng yo‗qoladilar. Brunoning xulosasi: Koinotdagi 
barcha narsalar o‗tkinchidir, lekin koinotning o‗zi abadiydir. Bruno ta‘limotida koinot materialistik 
ta‘limotdagi koinotdan katta farq qiladi. Undagi koinot ruhlangan ongga ega va undagi harakat 
manbaasi qalbi bo‗lgan olamiy jon mahsulidir. Brunoning panteistik ta‘limoti irratsional xarakaterga 
egadir. Unda materiya va ruh birlashgan. Materializm va idealizmga xos bo‗lgan birlamchi ekanligi 
masalasi Bruno falsafasida o‘xshyamaydi materialistilar ta‘limotida materiya birlamchi, ruh esa 
ikklamchidir idealistlarda ruh birlamchi, materiya esa ikklamchi edi. Brunoning panteistik natur 
falsafasida esa nima birlamchiyu nima ikklamchi masalasi qo‗yilmaydi. Uning o‗rniga Bruno 
materiyani ham ruhiy ruhlangan shaklda tushunadi. Materiya o‗zi Bruno uchun Ollohning qalbi 
bo‗lgan olamiy jonning mahsulidir. Bunday dunyoqarashni XX asr falsafasida irratsionalizm deb 
atashdi. Brunoning panteistik naturfalsafasidagi juda ko‗p g‗oyalar ayniqsa makon va zamonning 
nisbiyligi vaqtni davomiylik sifatida tushunish ularning harakat bilan bog‗liqligi materiyaning 
ruhlanganligi, materiyada hayotiy jo‗shqinlik mavjudligi va bu hayotiy jo‗shqinlik ijodkorlik 
kuchini tashkil etishi Bergsonning hayot falsafasidagi nihoyatda ko‗p fikrlar bilan bir xildir. 
Koinotning cheksizligi 
Brunoning fikricha koinotning o‗zi cheksiz, undagi osmon jismlari chegaralangan ya‘ni ular 
qachonlardir paydo bo‗lgan va qachonlardir yo‗qoladi. Undan tashqari bo‗shliqda ularning o‗z o‗rni 
bor. Koinot esa abadiydir. Koinot hech qachon yo‗qolmaydi. U harakatsizdir va undan tashqarida 
hech qanday makon va zamon yo‗q. Bo‗shliq, undagi harakat qiluvchi jismlar nisbiy makon va 
nisbiy zamon bularning barchasi koinotga xosdir. Lekin koinotning o‗zi abadiydir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling