Тарихшунослик фанидан


Yakob Byome panteizmining o„ziga xos xususiyatlari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Yakob Byome panteizmining o„ziga xos xususiyatlari. 
Byome asarlarila kitobxon mantiqiy izchillik, tarixiylik, davriylik va boshqa falsafiy sistemaga 
xos bo‗lgan talablarga binoan qurilgan yaxlitlikni topa olmaydi. Lekin uning asarlari markazida 
xudoning borligi g‗oyasi yotadi va muallifning barcha fikrlari xudo g‗oyasi bilan birlashadi. Buni 
biz quyoshdan taralgan nurlarga o‗xshatishimiz mumkin. Quyosh-bu xudo g‗oyasi bo‗lsa undan 
taralgan nurlar esa Byomening barcha falsafiy fikrlari va g‗oyalaridir. Byome asarlariga intuitiv 
dunyoqarashi xos bo‗lganligi uchun u ratsional sistemaga o‗xshab qurilmagan. Uning falsafasi 
markazida xudo g‗oyasi joylashgan va barcha boshqa g‗oyalar badiiy obrazlar (timsoli) orqali bu 
bilan birlashadi. Vaholanki ratsional dunyoqarshda faylasufning fikrlari bir-biridan mantiqiy izchilik 
bilan kelib chiqishi kerak. Bu talab fanlarning ratsional talablariga ham to‗g‗ri keladi. Byome 
asarlarining barchasi bularga to‗g‗ri kelmaydi. Gorfunkel fikricha, Byome asaridagi yaxlitilik 
irratsional tusga egadir. 
Byome fikricha xudo-bu eng oliy birlikdir. Xudoda barcha narsalar, beqiyos xilma-xil olam 
birlashadi. Lekin faqat buni tan olishgina etarli emasdir. 
Byomemning fikricha xudoning birligini inson tafakkuri tahlil qila olmaydi. Bu shunday sirli 
birlikki. Xudoning o‗zi ham o‗z borlig‗i haqida tushunchaga ega emas. Xudo bu borliqning o‗zi va u 
har qanday bilimdan ustundir va uning borlig‗ini hech qanday bilim olamning doimiy o‗zgarishi 
xudoning yaratish qudarti bilan bog‗liq. Olam bilan xudoning o‗zi ham cheksiz bor, harakatda va 
yaratilishi jarayonidadir. Xudoning o‗zi o‗zgarmas bo‗lsa ham u o‗zining yaratish qudarti orqali 
doimiy o‗zgarishda va yaratilishi jarayonidadir. Olamdagi barcha narsalar er va osmon, sanamlar va 
butlar bular barchasi xudodir. ―Ey nodon inson deydi Byome o‗zining «Erta tong yoki Avrora‖ 
asarida -sen xudoni borliqdan tashqarida axtarmagin, u borliq ichida, pardalar orqasida yashiringan. 
Xudoni yashirgan pardalar esa moddiy olamdagi o‗tkinchi narsalardir. Ularning barchasi xudoning 
liboslari va xilma-xil kiyimlaridir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling