Тарихшунослик фанидан


Anglo-frantsuz tarix falsafasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
Anglo-frantsuz tarix falsafasi 
Keyingi yuz yilliklarda jahon tarixini o‗rganish, uni tadqiq etishda sivilizatsiyaviy yovdashuv 
tendentsiyasi ustuvorlik qilmoqda. Bu Osvald Shpengler falsafasining Arnold Toynbi tomonidan 
davom ettirilganligi va lokal sivilizatsiya nazariyasi mumtoz shaklining vujudga kelganligi bilan 
belgilanadi. 
Darhaqiqat, Toynbi «Mashhur sivilizatsiyalar soni unchalik ham katta emas, bizga faqat 
yigirma bitta sivilizatsiyaga bo‗lish mumkin bo‗ldi. Biroq ularni davom ettirish mumkin. Turli 
xalqlar, davrlar va mamlakatlarda o‗ziga xos turli rivojlanish hodisalari yuz bergan. Biroq har 
tomonlama mustaqil va jiddiy sivilizatsiyalar soni o‗ndan ortmaydi», – deydi. Toynbi shunday qilib 
yigirma bir sivilizatsiya hodisasini e‘tirof etadi. Ular qatoriga Arab, Xitoy, Shumer, Mayam, Hind, 
Ellin, G‗arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, 
Vavilon va boshqa sivilizatsiyalar kiradi. 
Frantsuz falsafasining yirik namoyandalaridan biri Reymon Arondir. U milliy tarix falsafasiga 
ratsionalistik yo‗nalishning yorqin namoyandasi sifatida faoliyat ko‗rsatdi. Uning tarixni o‗rganish 
va tarixiy tafakkur masalalariga bag‗ishlangan «Falsafaga kirish», «Tanqidiy tarix falsafasi», 
«Tarixiy tafakkur o‗lchovlari», «Sotsiologik tafakkur taraqqiyoti bosqichlari», «Taraqqiyot 
sog‗inchi», «Demokratiya va totalitarizm» singari asarlari frantsuz tarix falsafasi maktabida 
butunlay yangi yo‗nalishni boshlab berdi. 
 
Nemis tarix falsafasi 
Nemis tarix falsafasining yirik namoyandalaridan biri Osvald Shpenglerdir. U o‗zining 
mashhur «Yevropa quyoshining so‗nishi» asarida tarix falsafasining o‗ziga xos yo‗nalishi haqidagi 
g‗oyalarini ilgari suradi. Shpengler dunyoni mistik qarashlar orqali anglash, insonning intuitsiyasi, 
ichki hissiyot va voqelikni his qila olish imkoniyatlari xususida fikr yuritadi. 
Shpengler xulosasiga ko‗ra «Qancha odam va madaniyat bo‗lsa, shuncha dunyo mavjud. Har 
bir alohida inson uchun yagona, mustaqil, abadiy dunyo mavjud. Dunyoning bunday mavjudligi har 
bir inson uchun doimiy yangi, bir marta amalga oshadigan, hech qachon qaytarilmaydigan 
kechinmadir». Bir qarashda, darhaqiqat, har bir odam alohida va mustaqil olam. Uning o‗z dunyosi 
bo‗lganidek, o‗z ibtidosi va intihosi ham bor. U tashqi dunyoni o‗zining ichki olami orqali o‗zicha 
tushunadi, o‗zicha anglaydi, unga o‗zicha baho beradi. Demak, insoniyat tarixi har bir odam uchun 
garchi u yaxlit, bir butun tarix, real tarixiy jarayon bo‗lsa-da, uni anglashda o‗ziga xoslik, unga 
yondoshishda xususiylik bo‗lishi tabiiy. Demak, real tarixiy jarayon real inson tasavvurida real fikr-
xulosaga aylanishi mumkin. Ana shu holatdan kelib chiqib ham Shpengler «ilmiy bilish bu o‗z-
o‗zini anglashdir» degan g‗oyani ilgari suradi. 


109 
Tarixni anglash, tarixni falsafiy tushunish orqali inson o‗zligini anglaydi va o‗ziga xos 
qadriyatga aylanadi. Bunday jarayon insonda intuitiv imkoniyat, his qilish qobiliyati orqali ham 
yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun Shpengler tarixni tushunish va tarixga munosabatda 
intuitsiya, his-tuyg‗u mohiyatini ustuvor qiladi. Ana shundan kelib chiqib tarix mushohada, 
voqelikni to‗g‗ri his qila olish, tabiiy intuitsiya natijasi degan g‗oyani ilgari suradi. Hatto, u tarixni 
hissiyot orqali tushunish g‗oyasini ilgari surar ekan, «agar kim buni his qilmasa, tarix bilan 
shug‗ullanmasin, tabiatni bilishga o‗rganish mumkin, lekin tarixchi bo‗lib tug‗ilish kerak. 
Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda 
biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi», – deydi. Ana shu fikrdan ma‘lum 
bo‗ladiki, tabiatni bilish uchun bilimning o‗zi etarli, tarixni anglash uchun esa uni his qila olish, 
tarixiy jarayon ortida yotgan inson taqdiri, mohiyati, hayot mazmuni va kechinmalari, sevinch va 
iztiroblari yotganligini ham anglamoq zarur ekan. Ana shunda har bir tarixiy voqelik tarix 
falsafasiga aylanadi. Demak instinkt va his qila olish qobiliyati, intuitsiya quvvati tarixchi uchun 
noyob va qimmatli fazilatdir. 
Shpengler sivilizatsiyani madaniyat belgisi sifatida tushunadi va har qanday madaniyat o‗z 
taraqqiyot bosqichlariga, o‗zining sivilizatsiyasiga ega degan goyani ilgari suradi. Uning nazarvda 
sivilizatsiya madaniyatli insonlarga xos hodisa sifatida namoyon bo‗ladi. 
O.Shpengler madaniy taraqqiyot, tarix rivoji, uning dinamizmi xususida fikr yuritar ekan, «har 
qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o‗z bolaligi, o‗smirligi, o‗rta yoshliga va 
qariligi bo‗ladi», - deydi. Demak, har qanday madaniyat o‗zining ibtidosi va intihosiga ega. Shuning 
uchun ham turli davrlarda yuz bergan turli mintaqalardaga sivilizatsiyalar qaysidir darajada 
susayish, orqaga ketish holatlarini ham boshdan kechirgan. Ana shu tarixiy dalillar hamda insoniyat 
o‗tmishidagi buyuk ko‗tarilishlar va tanazzullarni nazarda tutib O.Shpengler har qanday sivilizatsiya 
tanazzulga mahkumdir, degan fikrni ilgari suradi. Sivilizatsiyalar taqdiri, uning istiqboli xususida 
gapirar ekan, «mening fikrimning markazini taqdir g‗oyasi tashkil qiladi. O‗tib ketganlarning taqdiri 
ham shunday bo‗lgan, hozirgi G‗arbiy Yevropa madaniyatini ham halokat kutmoqda», deydi. 
Shunday 
qilib, 
O.Shpengler 
insonning 
biologik 
mavjudot 
sifatida 
yaratuvchilik 
imkoniyatlarini, bu imkoniyatlarni ro‗yobga chiqaruvchi ilohiy qudrat ruh, e‘tiqod ekanligini 
ta‘kidlaydi. Dunyoni anglashda, olamni tushunishda uning ana shu g‗oyalari yaqqol ko‗zga 
tashlanadi va «tabiatni mushohada qilish asnosida diniy e‘tiqod yotadi. Dindan oldin paydo bo‗lgan 
tabiiy bilim yo‗qdir. Ana shu nuqgai nazardan qaraganda katolikcha va materialistik tabiatni bilish 
o‗rtasida hech qanday farq yo‗qdir. Ular bir narsa to‗g‗risida, lekin har xil tilda gaplashadi. Hattoki 
ateistik soha ham diniy asosga egadir. Hozirdagi mexanika ham xristian aqidalaridan andoza 
olgandir», deydi. Bu bilan O. Shpengler ruh birlamchi, e‘tiqod hatti-harakatlar va voqeliklarni 
boshqaruvchi ilohiy qudrat degan xulosaga keladi. Uning nazarida insoniyat tarixi – bu juda uzoq va 
ming yilliklarni qamrab olgan yaxlit olam, ruh va e‘tiqod orqali inson tomonidan amalga oshirilgan 
buyuk haqiqatdir. 
Olamni anglash o‗z-o‗zini anglashdan boshlanadi, deydi O. Shpengler. Bunday qarashlar 
qaysidir darajada undan bir necha asrlar oldin Sharqda yuzaga kelgan ruh falsafasini eslatadi. 
Jumladan, A.Bedil, J.Rumiy, A.Nasafiy, N.Kubro va boshqalar ilgari surgan g‗oyalarda ruh 
birlamchi, jism esa o‗gkinchi, ruh – botin, jism – moddiy tariqasida talqin etiladi. Jumladan, 
A.Nasafiy «... ulug‗ olamning avvalu oxiri, zohiru botini, mohiyat va shakllarini anglab etish uchun 
o‗zining mohiyatini, zohiru botinini anglab etkin. Bundan boshqa yo‗l yo‗q», degan edi. 
Nemis tarix falsafasi maktabi jahon falsafa fanining I.Gerder, V.Gumboldt, G.Gegel, I.Kant, 
A.Shopengauer, G.Rikkert, V.Diltey, E.Trelch singari yirik namoyandalarini etishtirib berdi. 
Mutaxassislarning fikriga ko‗ra nemis tarix falsafasi ingliz-frantsuz ma‘rifatparvarligi qarashlariga 
teskari bo‗lgan yo‗nalishni ishlab chiqdilar va o‗z g‗oyalarini ilgari surdilar. E. Trelchning 
xulosalariga ko‗ra nemis va ingliz-frantsuz tarix falsafasi o‗rtasidagi farq ko‗zga yaqqol tashlanadi. 


110 
Nemis maktabi o‗zining diniy-mistik xarakteri bilan alohida ajralib turadi. O‗z navbatida ingliz-
frantsuz maktabi tarix cho‗qqisini ma‘rifatparvarlik ideallari orqali kashf etdi. 
Tarixiy taraqqiyotning universal kontseptsiyasi Gegel tomonidan vujudga keltirildi. Ayni u 
tarixiy dinamika nazariyasini yaratdi va bu sohada o‗ziga xos olamshumul yangilikni vujudga 
keltirdi. Yoki boshqacha qilib aytganda, E.Trelch xulosalariga ko‗ra «barcha tarixiy taraqqiyot 
nazariyalari qandaydir undan chekinganday, unga qarshi turganday ko‗rinsada, biroq ularning 
barchasi uni butunlay inkor eta olmadi. Shuning uchun ham tarixiy dinamikaga doir barcha 
tadqiqotlar tarixiy dialektika tushunchasidan kelib chiqmog‗i darkor». 
Ayni ana shu tarixiy dialektika tarixiy taraqqiyot dinamikasini, uning taraqqiyot 
qonuniyatlarini, rivojlanish omillarini o‗zida mujassam etadi va barcha tarix falsafasiga doir 
qarashlar, yo‗nalishlar, kontseptsiyalar va metodologiyalarga asos bo‗lib xizmat qiladi. Tarixiy ana 
shunday holatdan kelib chiqib, K.Yaspers «Bu kontsentratsion lagerlarning real voqeligi, bu 
azoblovchilar va azoblanuvchilar doirasidagi kelishilgan harakat, inson ma‘naviy qiyofasining 
bunday yo‗qolishi barchaga halokat tahdidini soluvchi kelajak imkoniyatlaridan darak beradi... 
ushbu xavf atom bombasidan ham qo‗rqinch-li, chunki u inson qalbiga tajovuz qiladi», deydi. 
Bir qarashda Yaspers sivilizatsiya oqibatlarini, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini tushkunlik 
bilan qabul qilganday ko‗rinadi. Biroq uning qarashlarida yuksak ko‗tarinkilik, optimistik ruh 
yaqqol ko‗zga tashlanadi. Xususan, insoniyat kelajagi to‗g‗risida gapirar ekan, har qanday 
sivilizatsiya tasodifiy hodisa emas, aksincha, insonning aql-zakovati, fe‘l-atvori mahsulidir, degan 
xulosaga keladi. O‗tmishda yuz bergan barcha yutuqlar bilan birga tanazzullar va fojialarni butun 
ko‗lami bilan anglab etish, undan zarur xulosalar chiqarish, buning uchun esa tiniq va keng qamrovli 
tafakkur kerakligini uqtiradi va, jumladan, shunday deydi: «O‗tmishning fojialarini unutishga yo‗l 
qo‗ymaslik kerak. Negaki, bizdagi qo‗rquv o‗tmishda sodir bo‗lgan voqealar qaytarilishi, tarqalishi, 
butun dunyoni qamrab olishi mumkinligi tufayli paydo bo‗ladi. Biz xavf bilan faol kurashga 
aylanuvchi ushbu qo‗rquvni saqlashimiz lozim». 
Shunday qilib, G‗arb tarix falsafasi XVIII asrdan keyin jahon tarixini o‗rganishning misli 
ko‗rilmagan metodologik asosini yaratdi. Bu bevosita butun ko‗lami, ilmiy-nazariy yaxlitligi, inson 
va uning mohiyati, insoniyat tarixi taraqqiyoti tajribalari haqidagi Sharq mutafakkirlari ilmiy-
metodologik qarashlarining, falsafiy yo‗nalishlari va g‗oyalarining yangi sivilizatsiyaviy shakli 
sifatida o‗zini namoyon etdi. Zotan, G‗arb mutafakkirlaridan biri «Hyp – Sharqdandir» degan edi. 
Bu dono bashorat har ikki ma‘noda – hayot manbai bo‗lgan quyoshning Sharqdan chiqishiga, 
tafakkur manbai bo‗lgan aql-idrok, daholik quvvati va zakovat mo‗‘jizasi ham Sharqda yuz bergani 
va keyinchalik butun insoniyatni zabt etganiga haqqoniy ishora edi! 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling