Тарихшунослик фанидан
-MA‟RUZA: MUSTAQILLIK YILLARIDA TARIX FALSAFASI VA TARIXIY DAVR
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
11-MA‟RUZA: MUSTAQILLIK YILLARIDA TARIX FALSAFASI VA TARIXIY DAVR
Tayanch iboralar: I.A.Karimovning asarlari. Barkamol insonni shakllantirishda tarixning tutgan o„rni. Tarix – xalq xotirasi. Tarixning milliy g„oya va milliy mafkuraning shakllanishida tutgan o„rni. Tarix va milliy taraqqiyot masalalari. Mustaqillik va tarixga yangicha nazar. Tarixni xolisona o„rganish masalalari. Milliy istiqlol va g„oyaviy-siyosiy dunyoqarash. Vatanparvarlik g„oyasi va tarix. Milliy o„zlikni anglashda tarixni tutgan o„rni. Tarixiy va falsafiy merosni o„rganish masalalari. Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi. Tarix va ma‟naviyat. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Insonparvarlik g„oyasi va tarix. Dunyoviy tafakkur va milliy xavfsizlik . XX asrning so‗nggi o‗n yilligi insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Totalitarizm, ma‘muriy-buyruqbozlik va zo‗ravonlik g‗oyalariga tayangan sotsializm barbod bo‗ldi. G‗ayriinsoniy goyalar tashviqotchisi bo‗lgan kommunizm mafkurasi inqirozga uchrab, mustamlakachilikning so‗nggi qo‗rgonlari quladi. Bashariyat taqdirvda inson va jamiyatni ozod etishning yangi bosqichi, yalpi yangilanishlar jarayoni boshlandi. Bunday tarixiy o‗zgarishlar dunyo iqtisodiy, ma‘naviy hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining ilgari misli ko‗rilmagan keng miqyosli yangilanishlar pallasiga kirganliganing ravshan ifodasidir. Umumjahoniy yangilanishlar jarayoni avval muayyan mamlakat, keyin bir guruh davlatlar, oxir-oqibatda barcha mamlakatlar taqdiriga, jamiyatlar va jamoalar, alohida insonlar hayotiga bevosita va bilvosita ta‘sir ko‗rsata boshladi. Dunyo yangilanishlari jarayoniga har bir davlat o‗z taraqqiyot ko‗lami, ilmiy-ma‘rifiy va ma‘naviy saviyasi, kamoloti darajasidan kelib chiqqan holda qo‗shila boshladi. O‗zbekiston umumplanetar o‗zgarishlar jarayonlari oqimida o‗zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‗lgan mamlakat sifatida o‗ziga xos va o‗ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta‘sir o‗tkazishga qodir bo‗lgan davlat sifatida o‗zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. O‗zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‗lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. O‗zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo‗ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o‗zgarishlarni o‗z vaqtida o‗rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil etish, baholash hamda ilmiy-nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish O‗zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‗ziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg‗unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart- sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da‘vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayoni boshlanishiga nazariy poydevor qo‗yidtsi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma‘naviy dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o‗zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‗li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‗lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta‘sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi. 136 O‗zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o‗zaro uzviy bog‗langan yo‗nalishlarda amalga oshirishga kirishdi. Birinchisi, mamlakatning ichki dunyosida, ya‘ni iqtisodiyot, ma‘naviyat, siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar majmuidan iborat bo‗lsa, ikkinchi yo„nalish – xalqaro ijtimoiy muhit manzarasini takomillashtirish, ya‘ni qarama-qarshi kuchlar o‗rtasidagi ziddiyatlarni barqarorlashtirish, kolliziya muhitidan murosa, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga o‗tish, millatlararo, davlatlararo, konfessiyalararo tolerantlik munosabatlarini chuqurlashtirish, insoniyatga umumiy xavf tug‗diruvchi terrorizm, narkobiznes, ekstremizmga qarshi xalqaro tashkilot tuzilmalariga asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi. O‗zbekistonda yalpi yangilanishlar jarayoni Islom Karimovning qonunlar o„zgarishlar Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling