Тарихшунослик фанидан


Demokratiyaning siyosiy madaniyati


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
Demokratiyaning siyosiy madaniyati 
Hakli ravishda savol tug‗iladi. Xo‗sh, O‗zbekiston demokratiyaning qaysi yo‗nalishlaridan 
bormoqda? Huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish oliy 
maqsad ekan, unga erishishning yagona yo‗li demokratiyani chuqurlashtirishdir. Ayni paytda 
O‗zbekistonda davlatchilikning xuddi ana shu jihatiga qanday qaralmoqda? 
Eng avvalo shuni ta‘kidlash kerakki, demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro tamoyillari, 
dunyo tan olgan, e‘tirof etgan, barcha uchun umumiy bo‗lgan yo‗riqlari mavjud. 
Bu bevosita fuqaroning o‗z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning 
ko‗pchilikka bo‗ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy 
e‘tiqodidan qat‘i nazar teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylash-
saylanish huquqi va boshqalardir. 


143 
Bular qariyb barcha mamlakatlar konstitutsiyalarida qat‘iy belgilab qo‗yilgan tartib-qoidalar 
hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqib demokratiyaning turli shakllari vujudga kelishi muqarrar. 
Ayrimlar O‗zbekistondagi demokratik jarayonlar, uni hayotga tatbiq etishning sharqona tamoyillari 
haqida gapirar ekan, demokratiya demokratiya-da, uning sharqonayu g‗arbonaligi bormi?– degan 
fikrlarni bildirishmoqda. To‗g‗ri, yuzaki qaraganda demokratiya – demokratiya-da. U hamma uchun 
birday ijtimoiy hodisa! Biroq, uning mag‗zini chaqsangiz, mazmunini chuqurroq anglasangiz, 
masala ancha-muncha murakkab ekanligini sezish qiyin emas. Erkin fikr, eng avvalo, fikrlash 
tarzidan, ma‘naviy ruhiy ko‗nikmadan, erkin hatti-harakat esa, turmush tarzidan, axloqiy 
mezonlardan kelib chiqadi. Ana shuning o‗zi G‗arbda g‗arbonalikni, Sharqda sharqonalikni taqozo 
etadi. Demak, demokratiyani hayotga tatbiq qilishda xalqning milliy ehtiyojlaridan kelib chiqib 
yondashish kerak bo‗ladi. Aks holda, demokratiya tadbirbozlik va kompaniyabozlikka aylanib 
qolishi mumkin, xolos. 
Ma‘lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o‗zi kifoya qiladimi? Faqat 
shuning o‗zi aholining barcha ehtiyojlarini qondira oladimi, ma‘naviy-ruhiy olamini qamraydimi? 
Yo‗q! Chunki, har bir xalqning o‗z turmush tarzi, tarixiy an‘analari, hayotga munosabatlari va 
boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashish usuli bor. Ana shu nuqtai nazardan 
qaraganda Islom Karimov «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‗ziga xos va 
o‗ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‗lmaydi. Ya‘ni Sharqda demokratik 
jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‗zgarishlar yasashga 
urinishlar g‗oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‗arb olimlari ham «ijtimoiy 
taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar. 
Erkinlik, demokratiya hayotimizni ham, o‗zimizni ham zabt etdi. Mustaqillik bunga yo‗l ochib 
berdi, shunday imkoniyat yaratdi. Endi biz o‗zimizni anglashimiz, dunyoni tushunishimiz va shu 
bilan birga demokratiyaning butun mohiyati va imkoniyatlarini chuqurlashtirishimiz lozim. Ana 
shunda biz ham, demokratiya ham, mustaqillik ham buyuk ne‘matga, hech narsa bilan o‗lchab 
bo‗lmaydigan oliy qadriyatga aylanadi. Xullas, hazrat Mir Alisher Navoiy aytganlaridek, 
To hirsu havas xirmani barbod o„lmas,
To nafsu havo qasri baraftod o„lmas,
To zulmu sitam jonig„a bedod o„lmas,
El shod o„lmas, mamlakat obod o„lmas. 
Darhaqiqat, to ma‘naviy kamolotga etmaguncha, to hatti-harakatlarimiz, munosabatlarimiz 
aqlu idrok va umumiy manfaat doirasi bilan chegaralanmaguncha demokratiyaning mazmuni ham, 
ko‗lami ham kutganimiz darajasida bo‗lmaydi. Bu bevosita fuqarolar ongi va dunyoqarashini tubdan 
o‗zgartirish, yaqin o‗tmishimizdan qolgan loqaydlik va boqimandalik kayfiyatlarini yo‗qotish, shu 
asosda milliy davlatimiz, milliy vatanimiz istiqboli uchun kuyinish tuyg‗ularini kuchaytirish kabi 
murakkab, uzoq muddatli jarayon bilan bog‗liq. Ana shundan kelib chiqib Islom Karimov 
«...demokratiya o‗z-o‗zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat 
qilib, ter to‗kib, hayotning achchiq-chuchugini obdan totib, qiyin, aytish mumkinki, hatto fojiali 
tajribalarni ham boshdan o‗tkazib, og‗ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish 
mumkin», – degan edi. Zero, ana shu juda murakkab jarayonga hamma va har bir kishi alohida 
tayyorgarlik ko‗rishi, o‗zini tayyorlab borishi, eng muhimi, o‗zini o‗zi ichki bir ma‘naviy qudrat 
bilan tarbiyalab borishi kerak. Shuning uchun ham Islom Karimov «demokratik o‗zgarishlar va 
yangi demokratik jarayonlarni boshqarishni, hayotga tatbiq qilishni hamda ularni himoyalashni 
jamiyatning o‗zi anglamog‗i darkor», – deb alohida ta‘kidlaydi. Ana shuning o‗zi bizning jamiyat 
odtsidagi, yangilanayotgan hayot odtsidaga va butun kelajak oldidagi vazifalarimizni belgilaydi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling