Тарихшунослик фанидан


Demokratiya haqida mulohazalar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Demokratiya haqida mulohazalar. 
Milliy istiqlol bilan bog‗liq bo‗lgan butunlay yangi tarixiy-ijtimoiy voqelik, demokratiya 
deganda domlalarimiz uqtirgan, falsafa fanida aniq mazmunga ega bo‗lgan «xalq hokimiyati» degan 
ancha sodda va yuzaki tushuncha mohiyatini xiyla chuqurlashtirdi. Darhaqiqat, bungacha uning asl 
mazmuni, jamiyat taraqqiyotida tutgan o‗rni, inson haq-huquqlarini belgilashdagi vazifasi xususida 
ko‗p ham o‗ylamaganmiz. Chunki bizda bunday sharoit ham, zarurat ham yo‗q edi. 
«Qizil imperiya» demokratiyani o‗zicha tushundi va bizni ham o‗z tushunchasi doirasida 
tarbiyaladi. Qarashlarimiz uning ta‘sirida shakllandi. Ongimiz va tafakkurimizga inson 
manfaatlariga, uning yashash huquqiga zid bo‗lgan g‗oyalar singdirildi. Inson o‗ylamaslik, fikrsizlik 
qobig‗ida qolib ketaverdi. 
Demokratiya – kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab, uning erk-
irodasini, xohish-istagini belgilaydigan mezon bo‗lib kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati 
shakllanish davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har jihatdan chuqur ildiz otgan 
davlatchilik va shu asosda ma‘lum tartib- qoidaga kirib qolgan aniq yo‗nalishlar o‗rtasida katta farq 
bor. Chunki asrlar mobaynida odamlar dunyoqarashi o‗zgarib, talab-ehtiyojlari oshdi. Hayotga 
munosabatlari yangicha tus oldi. U har bir davrning o‗ziga xos mahsuli sifatida yangidan-yangi 
shaklga kira boshladi. 


141 
Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huquqiy, ma‘naviy va boshqa 
jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tashkil etgan aholi umumiy dunyoqarashini o‗zida mujassam 
etadi. Boshqacha qilib aytganda, aholining turmush tarzi, an‘analari va urf-odatlari asosida 
shakllangan ma‘naviy-ruhiy olami jamiyatda qaror topadigan demokratik jarayonlar mazmunini 
belgilaydi. Aks hodda, demokratiya davlat mafkurasi asosida qurilsa, uning o‗z manfaatlariga mos 
keladigan siyosatiga xizmat qiladi. Agar demokratiya siyosiy «o‗yin»lar holatiga kirsa, mamlakatda 
parokandalik, anarxiya vujudga keladi. Zero, har qanday davlat o‗z huquqiy asosiga, siyosiy 
rejimiga boshqaruvdagi aniq tamoyillariga ega bo‗lmasa, fuqarolar esa o‗z haq-huquqlarini himoya 
qilish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi, o‗z mamlakati istiqboli yo‗lidagi vazifalari va 
burchlarini to‗la anglab olmagan taqdirda demokratiya o‗zining tom ma‘nodagi mazmuniga va jahon 
tajribasida tan olingan mohiyatiga ega bo‗la olmaydi. 
Jahon davlatchiligi tarixi turli davrlarda turlicha davlat tizimlarini va boshqaruv yo‗nalishlarini 
ko‗rgan. Demak, inson va jamiyat, davlat va fuqaro o‗rtasidagi munosabatlar turli davrlarda turlicha 
tus olgan. Ana shundan kelib chiqib er sharining turli mintaqalarida xalqlar dunyoqarashi, turmush 
tarzi, an‘analari va urf-odatlari asosida turlicha siyosiy rejimlar, tartib-qoidalar va rusumlar dunyoga 
kelgan. 
Jahon davlatchiligi tajribalari tobora boyib, xalqning o‗zligini anglash jarayoni tobora 
tezlashib borgani sayin demokratiyaning shakli, mazmuni va uning jahon taraqqiyotida tutgan o‗rni 
xususidagi munozaralar avj oddi. Ayniqsa XX asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. Er 
kurrasida ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tuzumning paydo bo‗lishi dunyo davlatchiligi 
tajribasida va jahon xalqlari tafakkurida turlicha bir-biriga zid bo‗lgan g‗oyalarni keltirib chiqardi. 
Ana shu g‗oyalar, tabiiy ravishda, o‗zlari hukmron bo‗lgan hududda odamlar ongini o‗zgartirib 
yubordi. Aniqrog‗i, ular tafakkuriga singib ketdi. Ikki lager o‗rtasidagi bunday siyosiy, huquqiy, 
iqtisodiy va mafkuraviy raqobat kuchayib, bir-birini mahv etishga urinishlar inson huquqlarini 
ma‘lum bir tartibga solib turish, uni himoya qilish maqsadiga yo‗naltirilgan bir qator xalqaro 
tashkilotlarning paydo bo‗lishiga ehtiyoj tug‗dirdi. 
Totalitar tuzumda inson huquqlarining cheklanganligi, mafkuraviy yakkahokimlik jamiyat 
ma‘naviy taraqqiyotini cheklab qo‗ydi. Bu–birinchidan. Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasida ozodlik uchun kurash, milliy davlatchilikka zamin yaratish va shu asosda inson 
huquqlarini himoya qilish, har tomonlama barkamol demokratik jamiyatni vujudga keltirishga 
intilish kuchaydi. Natijada ana shu qit‘alarda milliy ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar 
zamirida insoniyatning azaliy orzu-umidi–ozodlik va hurriyatga erishish, erkin yashash ehtiyoji 
yotardi. 
Qadim Sharqda azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va fuqarolik jamiyatining turli 
elementlari mavjud edi. Bunga uzoq o‗tmishimizdan qoraxoniylar, Xorazmshoh, temuriylar va 
boshqa qator sulolalar davlatchiligini misol keltirish mumkin. Bu davrlar haqiqat va adolat g‗oyasi 
nihoyatda baland ko‗tarilgani va butun mamlakatda aniq tartib-intizom o‗rnatilgani natijasida inson 
hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Agar ana shu davrlarda so‗z va 
fikr erkinligi, g‗oyalar xilma-xilligi mavjud bo‗lmaganda edi, bu qadimiy makonda fan, madaniyat 
va ma‘naviyat rivojlanmagan, jahon taraqqiyotiga bu darajada kuchli ta‘sir ko‗rsatmagan bo‗lur edi. 
Sharq uyg‗onish davri va keskin yuksalish paytlarida dunyoviy ilmlar bilan islom madaniyati 
nazariyasi va falsafasi uyg‗un holda taraqqiy topdi. Uning natijasida vujudga kelgan ma‘naviy-
axloqiy an‘analar turmush tarzimizga aylanib qoldi. Aks holda islom dinining buyuk namoyandalari, 
ulamo va fuzalolarining dunyo tan olgan asosiy ko‗pchiligi qadimiy Turon zaminida etishib chiqmas 
edi. Bu bizga «din – af‘yundir» deb o‗rgatib kelgan, bizni xudosizlikka, imonsizlikka va 
e‘tiqodsizlikka da‘vat etgan, jaholat yo‗lini tutgan yolg‗on mafkuraning yolg‘on umridan darak 
berganidek, islom dini va Sharq turmushi falsafasining abadiyatini, haqiqati va qadriyatlarining 
boqiyligini ham ko‗rsatadi. Sohibqiron Amir Temurning birgina «Kuch – adolatda» degan shiorida 
huquqiy demokratik davlatning ham, fuqarolik jamiyatining ham ayrim belgilari, insonning yashash 


142 
huquqi, uning barcha erkinliklari ham mujassam bo‗lgan. Ayni paytda xuddi ana shular hozirgi 
zamon demokratik harakatlar ilg‗or tajribalarining o‗q ildizini, bosh yo‗nalishini tashkil etadi. 
Albatta bu ancha-muncha munozarali masala. Mamlakatimizda yangi tarixiy sharoitlarda 
yangicha davlatchilik qaror topayotgan bir paytda demokratiya, fuqarolik jamiyati, aholi va jamiyat, 
fuqaro va davlat o‗rtasidagi munosabatlar turli soha mutaxassislari o‗rtasida turlicha talqin 
etilmoqda. Biroq har qanday xulosalardan qat‘i nazar, shu narsa aniqki, qadimiy Sharq 
davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko‗p jihatdan himoya qilingan hamda o‗z davriniig talab va 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, inson ozodligi va hatti-harakatlari erkinligi ta‘min etilgan edi. Bu ayni 
demokratik jamiyatning muhim va asosiy belgilaridan hisoblanadi. 
Endi biz butunlay yangi tarixiy sharoitlarda yashayapmiz. Jahon demokratik jarayonlari tobora 
chuqurlashgan, uning imkoniyatlari ancha kengaygan, odamlarning onglilik darajasi birmuncha 
oshgan bir paytda yashayapmiz. Jahon voqealaridan va ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridan xabardor 
bo‗lish va bu jarayonlarning mamlakatlararo, mintaqalararo va qit‘alararo ta‘siri tobora kuchayib 
borayotgan bir sharoitda kun kechiryapmiz. Bularning barchasi inson ongi, tafakkuri va qalbini hech 
qachon chetlab o‗tmaydi. Endi demokratiyaning shunchaki oddiy «erkinlik», «hurriyat», «ozodlik» 
degan tushunchalari va ayni paytda «xalq hokimiyati» degan mazmuni ham birmuncha 
o‗zgarmoqda. Odamlar ongi va tafakkuri kengaygani sayin, ularning demokratiyaga munosabatlari 
ham o‗zgarmoqda. Ayni paytda demokratiya imkoniyatlari tobora kengayib, miqyosi oshib 
bormokda. 
Bizning yaqin o‗tmishimizda «qizil imperiya» demokratik harakatlar tamoyillariga mos 
keladigan inson erki va yashash huquqini ancha-muncha chegaralab qo‗ygan edi. G‗oyatda 
zo‗ravonlikka tayangan siyosat tabiatan ozodlikni yoqtirmas va tom ma‘nodagi demokratiyani tan 
olmas edi. Amerikalik siyosatchi Diana Revich ta‘biri bilan aytganda, «Totalitar siyosiy tuzumlar 
sustlik va loqaydlik kayfiyatini rivojlantiradi. Tuzum itoatkor va labbaygo‗y fuqarolarni 
shakllantirishga intiladi. Bundan farqli o‗laroq, demokratik jamiyatning fuqarolik madaniyati 
alohida shaxslar va guruhlarning erkin ravishda ixtiyor etgan faoliyati tufayli shakllanadi. U 
mushtarak manfaatlar zamirida birlashgan guruhlarni boshqalar bilan muzokaralar olib borish, 
kelishuvga erishish va konstitutsion tizim doirasida ish olib borishga o‗rgatadi. Ittifoq tuzish sari 
intilar ekan, o‗zaro farqlar mavjud guruhlar tinch yo‗l bilan munozara olib borish, o‗z maqsadlariga 
demokratik yo‗l bilan erishish va pirovardida xilma-xilliklar mavjud dunyoda qay tariqa yashash 
kerakligini o‗rganadilar». 
Demokratiya bir yo‗la qurilgan bino yoki doimiy bir xil tarzda o‗zgarmay turadigan buyum 
emas. Balki, u doimiy harakatdagi jonli hodisadir. Ayni paytda u jamiyat taraqqiyoti va mavjud 
siyosiy rejim ta‘sirida o‗zini o‗zi to‗ldirib, boyitib, yangi tarixiy sharoitlarda yangicha mazmun kasb 
etib boruvchi voqeliqdir. Muxtasar qilib aytganda, demokratiya tajribaga asoslangan va doimiy 
mazmunan boyib, shaklan barkamollashib, mohiyatan chuqurlashib boradigan uzluksiz harakatdagi 
faoliyatdir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling