Тарихшунослик фанидан
Jamiyatni erkinlashtirishning «o„zbek modeli»
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
Jamiyatni erkinlashtirishning «o„zbek modeli» Har qanday jamiyatning ma‘naviy qiyofasi ayni ana shu jamiyat tizimi, uning qanday g‗oyalarga va maqsadlarga ergashayotgani, qanday tafakkur asosida qaror topayotgani bilan bog‗liq. 144 O‗zbekiston tanlagan yo‗l inson manfaatlari to‗la himoya qilingan, uning haq-huquqlari har tomonlama kafolatlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirishdir. Bu, albatta, inson ongi va tafakkurini o‗zgartirish orqali turmush tarzini yangilash singari qator murakkabliklar, qiyinchiliklar, ziddiyatlarni engib o‗tishni taqozo etmoqtsa. Ularni nimalarda ko‗rish mumkin? Birinchidan, eskilik va yangilik o‗rtasidagi ziddiyatlar. Eski tuzum illatlari yashashni istaydi, o‗z o‗rnini bo‗shatishni xohlamaydi. Yangi tuzum g‗oyalari esa jamiyatni yangilash zaruratini taqozo etadi va bu zarurat hayot-mamot mohiyatiga, har bir fuqaro taqdiriga, ma‘naviy va ruhiy ehtiyojiga, asrlar mobaynida shakllangan turmush tarzi va dunyoqarashiga bog‗liq bo‗lgan, uni har jihatdan himoya qiladigan fikr sifatida maydonga keladi. Bu g‗oyaning yashashi va turmush tarziga aylanishi ayni ana shu eskilik illatlari bilan kurashning naqadar og‗ir va hatto iztirobliligi bilan belgilanmoqda. Ikkinchidan, fuqarolar ongi va dunyoqarashining jamiyatni tubdan o‗zgartirish va yangi mazmun bilan boyitish uchun unchalik ham tayyor emasligi. Zotan, 130 yillik mustamlakachilik davri bizni fikrlamay yashashga majbur etdi. Fikriy tanballik, fikriy boqimandalik ko‗nikmalarini vujudimizga singdirib yubordi. Endi esa aqlni ishlatib, o‗z kunimizni o‗zimiz ko‗rishimiz va shu asosda o‗z iqtidorimizni, yaratuvchilik qudratimizni namoyon etishimiz kerak. Bu osonlik bilan yuzaga chiqadigan hodisa emas. Uchinchidan, inson ozodligi, hur va erkin yashash tarzi bu shunchaki «bersang eyman, bermasang o‗laman» qabilidagi turmush tarzi emas. Aksincha, inson ozodligi ozod so‗z, ozod fikr, erkin hatti-harakat orqali jamiyat erkinligini, jamiyat ozodligini va umuman hurriyat mazmun- mohiyatini anglashdan iborat bo‗lgan siyosiy, ijtimoiy, ma‘naviy-ruhiy hodisadir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling