Тарихшунослик фанидан


Demokratiyaning yangi davri


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Demokratiyaning yangi davri 
Mamlakatimizda tub islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyillarining joriy 
etilishi avvaliga ayrim muxoliflarimizga unchalik ham xush kelmagan edi. Ular buni sustkashlikka, 
ma‘muriy-buyruqbozlik tuzumining illatlariga, yangi hokimiyat demokratik o‗zga-rishlarga qodir 
emasligiga yo‗yishdi. 
Aslini olganda, islohotlarni inqilobiy yo‗l bilan amalga oshirish bizning hayot va tafakkur 
tarzimizga butkul zid narsadir. Bunday yo‗l tutilganda jamiyatni mislsiz fojialarga olib kelishi bugun 
barchaga ayon. Hissiyot aqldan ustun kelgan joyda jamiyat inqirozga yuz tutishini, har qanday 
islohot esa asta-sekinlik bilan odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshirilgandagina yuksak madaniy 


146 
va ma‘naviy mazmun kasb etishini muxoliflar tushunishmas yoki tushuna turib, boshqacha 
maqsadlarni ko‗zda tutishar edi. 
Oradan birmuncha vaqg o‗tgach, avvalo iqgisodiy islohotlarning dastlabki samaralari ko‗zga 
tashlana boshladi. Bu davlat mulkini xususiylashtirihtsan tortib, pul va bank-kredit tizimini butunlay 
yangi izga solish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni tubdan o‗zgartirish, sanoatni 
yangi, ilgor zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashgacha bo‗lgan va boshqa jihatlarni qamrab 
olgan islohotlarni o‗zida mujassam etadi. Ayni ana shu yangilanish jarayonida «o‗zbek modeli» 
vujudga keldi. 
Xo‗sh, O‗zbekistonning tub islohotlardagi o‗z taraqqiyot yo‗li faqat shulardan iboratmi? 
Bugun ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida butunlay yangicha munosabatlar qaror topdi. 
Jamiyat taraqqiyotining aholi ma‘navay-ruhiy, siyosiy-madaniy qarashlaridan kelib chiqqan o‗ziga 
xos yondashish usuli shakllana boshladi. Jumladan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda ham 
muhim bosqich, yangi davr boshlandi. 
Ma‘lumki, XX asr 90-yillarining boshlarida mamlakat mustamlaka tuzumdan meros bo‗lmish 
og‗ir ijtimoiy, iqgisodiy bo‗htonlar girdobida qolgan, demokratiya «o‗yin»lari avj olgan, aholining 
ayrim guruhlarida ehtiroslar junbushga kelgan bir payt edi. Ana shu og‗ir vaziyatdan eson-omon 
chiqib olish, Islom Karimov iborasi bilan aytganda «hech qanday larzalarsiz», qon to‗kmasdan, 
mamlakatda barqarorlikni saqlab turgan holda asta-sekinlik bilan hayotni izga solish yo‗li tanlab 
olindi va qatiyat bilan amalga oshirildi. «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» singari hayot 
sinovidan o‗ggan tajribalar yo‗lidan borildi. Bu g‗oya islohotlarning hamma sohalariga – huquqiy, 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘naviy jihatlariga tegishli edi. Unda siyosatning insonparvarlik 
mazmuni, har bir fuqaro, har bir tirik jon hayotining daxlsizligini ta‘minlashga mas‘ullik, butun 
mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun javobgarlik hissi mujassamlashgan edi. 
Islom Karimov o‗sha paytdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishi xususida fikr 
yuritar ekan, jumladan, shunday degan edi: «Dastlabki kezlarda O‗zbekistonni sustkashlik va 
konservatizmda ayblashardi. Ammo O‗zbekiston bugungi kunga kelib, bozor o‗zgartishlarining 
teranligi, ijtimoiy yangilanishning sur‘atlari va taraqqiyoti yuzasidan sobiq sovet hududidagi aniq 
dasturga ega bo‗lmay turib, asossiz va mulohazasiz islohotlar jarayonini tezlashtirishga uringan
besabrlik qilgan, soxta obro‗ga intilgan ko‗pgina respublikalardan oldinlab ketdi. 
Ming afsuski, ana shu yuzaki urinishlarning hammasi pirovard natijada islohotlarning o‗zini 
ma‘lum darajada obro‗sizlantirdi. Ularga ortiqcha siyosiy tus berdi. Jamiyatdagi ichki qarama-
qarshilikni kuchaytirdi. Bu bor va undan hech qayoqqa qochib qutulib bo‗lmaydi». 
Mana, oradan yillar o‗tib, toshqinlar tindi, atay loyqalatilgan suvlar tiniqlashdi, bulutlar 
tarqaldi. Haqiqiy hayot manzarasi aniq-ravshan ko‗zga tashlandi: siyosatning o‗tkinchi hissiyot va 
tuyg‗ulardan xoli bo‗lgan, aql-idrok va tajribaga tayangan amaliy qiyofasi namoyon bo‗ldi. Aytish 
mumkinki, shu holning o‗ziyoq yangilikni evolyutsion yo‗l bilan amalda joriy qilishning, qatiy 
intizomga tayangan demokratiyaning ma‘naviy qiyofasi edi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida (1995 yil 23 
fevral) Islom Karimov tomonidan demokratiya haqidagi ilmiy-nazariy jihatdan asosli, hayotiy 
jihatdan amaliy xulosalar o‗rtaga tashlandi. Davlat siyosatining demokratik jarayonlarni 
chuqurlashtirishga doir strategiyasi ishlab chiqildi. 
Bugunga kelib hammamizning demokratiya haqidagi tasavvurlarimiz birmuncha kengaydi. U 
hayotimizning muhim va ajralmas qismi, ma‘naviyatimizning ko‗zgusi ekanligini tushundik. 
Hurriyat shunchaki so‗zbozlik va tadbirbozlik, guruhbozlik yoki ko‗cha-ko‗yda ayyuhannos solib 
qichqirish emas, ta‘bir joiz bo‗lsa, haqiqiy demokratiya – qonunlar diktaturasi! 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustda bo‗lib o‗tgan VI sessiyasi 
ijtimoiy hayotimizda demokratik o‗zgarishlarning yangi davrini boshlab berdi va bu jarayonlarni 
chuqurlashtirish tamoyillarini yangi bosqichga ko‗tardi. Buni nimalarda ko‗rish mumkin? 


147 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling