Тарихшунослик фанидан
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To„rtinchidan
- Beshinchidan
Uchinchidan, 80-yillar oxiridagi chuqur iqgisodiy tanazzulni engib o‗tish, makroiqtisodiy va
moliyaviy barqarorlikni ta‘minlash, barqaror iqtisodiy o‗sish uchun zamin yaratish. Aynan iqgisodiy islohotlar «o‗zbek modeli»ning amalga oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki yillarida ishlab chiqarishning keskin, halokatli pasayishini to‗xtatishga, iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini saqlab qolishga, milliy iqtisodiyotni tiklashning mustahkam asoslarini yaratishga erishildi. To„rtinchidan, mamlakatning iqgisodiy mustaqilligini, O‗zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‗lamda qo‗shilishini ta‘minlashga yo‗naltirilgan iqtisodiyotning chuqur tarkibiy qayta qurish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Qisqa davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarini va aholi extiyojlarini o‗zimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari hisobiga ta‘minlash masalasi tubdan hal qilindi. G‗alla mustaqilligi choralari ko‗rildi. Shunday qilib, yonilg‗i va don mustaqilligiga erishildi, bu esa mamlakatning barqaror taraqqiyoti va odamlar farovonligining asosi va kafolatidir. Mamlakatning don va neft bozorlaridagi jahon narxlarining o‗zgarib turishiga tobeligi ancha cheklandi, ulardan bo‗shagan valyuta manbalari esa zamonaviy uskuna va texnologiyalar xarid qilishga yo‗naltirildi. Beshinchidan, bozor infratuzilmasi asoslari, zamonaviy ikki darajali bank tizimi yaratiddi. Hozirgi kunda respublikada sug‗urta kompaniyalari, tovar-xom ashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmog‗i ishlab turibdi, fond birjasi va ko‗chmas mulk birjasi, Markaziy depozitariy va ikkinchi daraja depozitariylari, lizing va konsalting kompaniyalari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‗jaliklari uyushmasi faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. Bularning hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishga yo‗naltirilgan. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling