Тарихшунослик фанидан
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
Oltinchidan, kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini mo‗ljalli ijtimoiy
himoya bilan ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni, fuqarolar osoyishtaligini va millatlararo totuvlikni ta‘minlash borasida aniq natijalarga erishildi. Mustaqillik yillarida sodir etilgan iqgisodiy o‗zgarishlar natijalariga berilgan bunday umumiy baho ham isloh qilish dastlabki bosqichlarining asosiy vazifa va maqsadlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Davlat iqtisodiy islohotlar o‗tkazish uchun huquqiy, tashkiliy va iqgisodiy sharoitlar yaratish bilan birga ayrim korxonalarni, sohalarni, ba‘zan esa butun iqtisodni boshqarishning bozor tamoyillariga o‗tishini ta‘minlashga harakat qildi. Buvda davlat boshqaruvi vazifalari va mexanizmlari tubdan o‗zgarib, ma‘muriy-buyruqbozlik tamoyillari o‗rniga iqgisodiy va moliyaviy tartibga solish tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi. Ko‗p qirrali islohotlar davrida, jamiyat mentaliteti tubdan o‗zgarayotgan, tuzum yangi mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir paytda aholi ma‘naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos keluvchi, 140 xalqni istiqbolga etaklovchi hayotbaxsh intilishlar ifodasi bo‗lgan g‗oyalar va maqsadlar bilan qurollantirish katta ahamiyatga egadir. Shunday ekan, islohotlar samarasi xalq dunyoqarashi, madaniy va ma‘naviy qadriyatlariga ongli munosabati bilan bevosita bog‗liq hodisadir. Agar yangilanishlar odamlar ongi va dunyoqarashi, qalbi va ruhiyati orqali o‗zini namoyon etsa, u yashovchan va samarali bo‗ladi. Shuning uchun ham O‗zbekistonda davlatning yangilanishlar strategiyasi sifat jihatidan o‗zgarayotgan jamiyat, yangicha tafakkur asosida vujudga kelayotgan ijtimoiy guruhlarning qadriyat mo‗ljallari bilan uyg‗unlashib ketgan. Madaniyat va ma‘rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi ma‘naviy voqelik sifatidagi takomillashuv jarayonining chin insoniylik mohiyatini belgilaydi. Inson ayni ana shu qadriyatlar orqali kamolotga etadi, hayotda, jamiyatda o‗z mavqeiga, o‗rniga, nufuziga ega bo‗ladi. Inson faoliyatlari mahsuli ayni ana shu ma‘naviyat va ma‘rifat orqali qadriyatga aylanadi. Islom Karimovning qadriyatlar ustuvorligi kontseptsiyasi xuddi ana shu jihatlar tufayli ham qimmatli. U ma‘naviyatni, ma‘rifatni jamiyatning yo‗naltiruvchi kuchi deb biladi. Ana shu nuqgai nazardan ham «Men ma‘rifatli jamiyat qurmoqchiman» deydi. Ma‘rifatli jamiyatda esa inson, ma‘naviyat, axloq, tafakkur mezonlari hal qiluvchi mazmun kasb etadi. Shuning uchun ham Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «Ma‘naviy sog‗lom, kuchli jamiyat islohotlarga tayyor bo‗ladi», degan edi. I.Karimov mamlakat istiqboliga doir tadbirlar tizimini belgilar ekan, uning eng avvalo yuksak ma‘rifat va madaniyat mamlakati bo‗lishi, shu asosda barcha islohotlarning ma‘rifiy negizini yaratish nuqtai nazaridan ish tutadi. I.Karimov iqgisodga, huquqiy va siyosiy islohotlarga, shuningdek, jahon muammolarini hal etish, tinchlikni ta‘minlash masalalariga ham ma‘rifiy ko‗z bilan qaraydi, yuksak madaniy va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida yondashishga da‘vat etgandi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan Islom Karimov «Ilmiy va madaniy sohadagi mavjud imkoniyatlarni saqlab qolish, qayta tiklash, ko‗paytirish maqsadida bundan buyon fundamental fanning, madaniyat va san‘at muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga, aqliy va ijodiy mehnat xodimlarining obro‗yini oshirishga davlat tomonidan zarur mablag‗lar ajratilave-radi», – degan edi. O‗tish davrida iqgisodiy jihatdan birmuncha qiyinchiliklar sezilayotgan bir paytda ma‘naviy hayotimizga davlat e‘tiborining ustuvor mavqe kasb etishi insoniy g‗amxo‗rlikning yorqin ko‗rinishidir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling