Тарихшунослик фанидан


Milliy o„zlikni anglashda tarixni tutgan o„rni


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
Milliy o„zlikni anglashda tarixni tutgan o„rni. 
O‗zlikni anglash eng avallo o‗tmishni, o‗rganishdan, tarixni bilishga ehtiyoj sezishdan 
boshlanadi. Darhaqiqat, o‗zini anglayotgan o‗zini tushunayotgan har bir odam qanday oilada 
dunyoga kelgani, o‗z ajdodlari kimlar bo‗lgani, ota-bobolari nimlar bilan shug‗illanganligi va 
qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib 
yashaydi. 
Hayotda abadiy yashaydigan mavjudod yo‗q jamiki mavjudodning ibtidosi va intihosi bor. 
Ana shu ibtido va itiho o‗rtasidagi voqelik hayot tarixiga aylanadi. Aslini olganda hayotda faqat 
abadiyat va unga daxldor bo‗lgan tafakkurgina boqiydir. Zamonlar, jarayonlar, hodisa va 
voqealarning biri o‗tkinchi shuning uchun ham vaqt o‗tkinchi, tarix esa abadiydir. 
Voqealar, jarayonlar shaklan o‗zgaraveradi, yani hodisalar yangi voqealar hayot mazmunini 
o‗zgartiraveradi. Turmush tarzini va hatto aqidalarni ham yangilaydi. 
Biroq, yaxlit abadiyatga aylangan hayot va insoniyat shajarasi tarix abadiyatini va 
uzluksizligini so‗zsiz taminlaydi. 
I. A.Karimov o‗zining ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q‖ asarida shunday degan edi: ―O‗zlikni 
anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbotlab bo‗lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga 
ko‗tarilishi zarur‖. Ayni o‗zlikni anglash insonning o‗z o‗tmishi va ajdodlariga qiziqishidan 
boshlanishini uqtirayapti. 
Mustaqilikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‗z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari 
tarixini bilishga, o‗zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki avlod–


150 
ajdodlarini kimligini, nasl – nasabini, o‗zi tug‗ilib voyaga etgan qishloq, shahar xullaski, Vatanning 
tarixini bilishni istaydi. 
Hozir O‗zbekiston deb ataluvchi hudud yani bizning Vatanimiz nafaqat Sharq balki, 
umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‗lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va 
tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar 
etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy bilimlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal 
topgan, eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari shu kungacha ko‗rku fayzini 
mahobatini yo‗qotmagan asori atiqalarimiz qadim–qadimdan yurtimizda dehqonchilik, 
hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaharsozlik sanati yuksak bo‗lganidan dalolat beradi 
degan edi, I.A.Karimov. 
Milliy o‗zligini anglashda xozirgi kelajak avlod nimalar qilishi kerak degan savol turadi? 
Birinchi navbatda dunyoga kelgan har bir bolani ota–ona, keyin esa murabbiy o‗qituvchi uning 
ta‘limi jarayoni bilan birgalikda tarbiyasi bilan ham jiddiy shug‗illanish lozim. O‗likni anglash 
uchun yoshlikdan tarixdagi mashhur olimu fuzalolar, olimlarning, donishmandlarning qilgan 
ishlariyu o‗gitlari orqali shakllantirib borishimiz lozim. 
Masalan, Geradotning ―Tarix‖ kitobida yozilganidek, uch ming yil avvalgi ajdodlarimizda 
qadrlanadigan xislatlarning eng asosiysi jasurlik ekan. Undan keyingi muhim xislat adolatlilik va 
mohirlik bo‗lgan. Har bir ishni bajarganda, jumladan otda yurish ov qilish kabilarni yuqori mahorat 
bilan bajarish ajdodlarimiz uchun fazilat hisoblangan. 
Manaviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan: ―Avesto‖, Firdavsiyning 
―Shohnoma‖ Mahmud Qoshg‗ariyning ―Devonu lug‗otit – turk‖, ―Go‗ro‗g‗li‖ va ―Alpomish‖ 
dostonlari va boshqa asarlarda ajdodlarimizning vatanni sevish, or–nomus va do‗stlariga sadoqat 
kabi sifatlar ularning asosiy ijtimoiy xislatlari hisoblangan. 
Zardushtiylikning muqaddas kitobi ―Avesto‖ da tarbiya hayotning eng muhim tirgakni 
tarbiyalaganda u avallo yaxshi o‗qishni, yozishni o‗rganishi kerak, deyilgan ―Avestoda‖ inson o‗z 
mehnati tufayli barcha yomonliklardan, yovuzliklardan qutilishi mumkin degan g‗oyalar bor, unda 
axloqiylikning asosi – yaxshi fikr, saxovatlilik yaqin kishiga mehribon bo‗lish, muhtojlarga 
ko‗maklashish yovuzlikka qarshi kurashish kishilarning tinchligi va baxt saodatini muhofaza qilish 
ahillik va do‗stlikda yashashga intilish yaxshi niyatlar va fikrlar tushunilgan. Mana shunday yuksak 
fazilatlar, xislatlar orqali hozirgi davrni kelajak avlodni o‗tmishimizdagi buyuk daholarning qilgan 
ishlari orqali ham ularga saboq berib ularni ana shunday ezgulikka, yaxshilikka, xuddi shularday shu 
tutishga chorlamog‗imiz lozim. 
Ana shundagina bizning manaviyatimiz boy bo‗lishi bilan birgalikda o‗tmishimizning naqadar 
chuqur ildiz otganligi va yuksak tahsinga sazovor ekanligini his qilgan holda qalbda jo qilishimiz 
darkor. Mana shular orqali ham aytishimiz mumkinki milliy o‗zlikni anglashda tarixni tutgan o‗rni 
beqiyosdir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling