Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Savollar: 
1. 
Neokantlikning Baden maktabi: V. Vindelband, G. Rikkert. 
2. 
B. Krone: Tarix va falsafa. Tarix va tabiat. 
3. 
K.Popper ―tarixiylik qashshoqligi‖. 
4. 
Tarixning ekzistentsional falsafasi. 
5. 
Frantsiyada ―Yangi falsafa‖. 
6. 
Neotomistik tarix falsafasi. 
10-MA‟RUZA: SOVET TАRIX FАNINING FАLSАFIY MUАMMOLАRI 
Tayanch iboralar: Kollektivizm va individualizm. Totalitarizmning ijtimoiy-siyosiy va tarixy 
talqini. Sotsializm g„oyasi. Diktatura maqomi. Sovet imperiyasi. Ijtimoiy kuchlar. Shaxs 
avtonomiyasi, Inson turmush tarzi. 
Inson o‗zining ichki imkoniyatlarini daxlsiz va ozod ijtimoiy vaziyat mavjud bo‗lgan 
sharoitdagina ro‗yobga chiqarishi mumkin bo‗ladi. Zotan, ana shunday sharoitda u o‗zini birmuncha 
erkin his qiladi. Maqsadlar va manfaatlar ro‗yobini ta‘minlashda o‗zining butun imkoniyatlarini 
safarbar etadi. Tashqi ta‘sirni kamroq sezadi. Boshqacha qilib aytganda, atrofidagilarning 
imkoniyatlarni cheklashga, turli buyruqlar va hukmlarga nisbatan bo‗ysunishga, itoatkor bo‗lishga 
imkon bermaydi. 
Kollektivizmda esa uning aksi sifatida belgilangan va oldindan rejalashtirilgan maqsadlar 
atrofida birlashib, kuchlar uyg‗unlashtiriladi. Oldindan tuzilgan va aniq rejalashtirilgan vazifalarning 
bajarilishini kimdir yoki kimlardir nazorat qiladi, buyruq beradi, ommaviy safarbarlikni tashkil 
etadi. Mutloq ko‗pchilik esa itoatgo‗y, labbaygo‗y ijrochiga aylanadi. Bunday holat jamiyatda erkin 
fikr, erkin faoliyat va demokratiyaning boshqa ko‗rinishlarini cheklab qo‗yadi. Natijada totalitarizm 
vujudga keladi, shakllanadi, ildiz otadi va bora-bora avtoritar mohiyat kasb etib, jamiyatni buyruqlar 
asosida boshqarish, ijtimoiy hayotni bir kishining kayfiyati va talablari asosida tashkil etish 
tamoyillari vujudga keladi. Jamiyatni bunday boshqarish usuli, ayniqsa, sotsializm sharoitida asosiy 
qoidaga aylantirildi. 
Garchi sotsializm g‗oyasi va shakllariga munosabatlar hamon turlicha bo‗lsada, 
sotsialistlarning o‗zining orasida ham yondashuvlar va fikrlar xilma-xilligi mavjud bo‗lgan. Lekin 
mohiyati bir xil bo‗lgan. F.Xayek sotsialistlar xulosalarini o‗rganar ekan, tuzumning mohiyati 
xususida gapirib, «ularda. insonning jamiyatdagi mavqeini bevosita davlat belgilab berishi lozimligi 
to‗g‗risida hech qanday tafovut bo‗lmagan. Lekin ularning orasida konkret sinf va guruhlar 
o‗rinlarini belgilashda chuqur tafovutlar bo‗lgan edi va doimo bo‗ladi», degan edi. Аna shu 
holatning o‗zi faoliyatlarni, maqsadlarni rejalashtirish va uni markazlashgan boshqaruv tizimi orqali 
amalga oshirish tamoyili ustuvorligi ko‗zga yaqqol tashlanadi. 


121 
G‗oyaviy hukmdorlik, yakka shaxs fikrining ustuvorligi diktatura maqomini egallaydi. 
Zo‗ravonlik va xudbinlik shaklidagi avtoritar axloq, avtoritar kayfiyat va fe‘l-atvor garchi fuqarolar 
manfaatlariga zid bo‗lsada, o‗ziga xos qadriyatlar darajasiga majburan ko‗tariladi. Natijada 
hammaning bir xil fikrlashi, yuqoridan bildiriladigan har qanday buyruqning muhokamasiz, 
munozarasiz, mushohada qilmasdan to‗g‗ridan-to‗g‗ri qabul qilish va so‗zsiz bajarish tamoyili 
vujudga keladi. Bu o‗z-o‗zidan bir necha asrlar mobaynida shakllangan an‘analar, urf-odatlar, 
turmush tarzi, adabiyot, san‘at va, umuman, yaxlit olganda fuqarolar qalbi va ruhiyatini o‗zida 
mujassam etgan bir butun madaniyatning inqiroziga olib keladi. Natijada fikriy boqimandalik, 
befarqlik, hissizlik kayfiyati butun jamiyat kayfiyatiga, axloqiy me‘yorlariga aylanadiki, bunday 
sharoitda taraqqiyot va istiqbolga o‗rin qolmaydi. 
Yana shuni alohida ta‘kidlash kerakki, kollektivizm ikki bosqichda o‗zini namoyon etadi va bu 
bosqichlarni yaqin o‗tmishimizda – sovet imperiyasi davrida yaqqol ko‗rdik. Birinchi bosqich – 
totalitarizmning «Faqat buyruq berilgan narsanigina bajarish mumkin, boshqasi mumkin emas», 
avtoritarizmning «Faqat siyosatga aralashma, boshqa hamma narsa mumkin» shiorlarida to‗la 
mujassam. Bunday holatni «Kollektivistik tafakkurning fojiasi shundaki, aql-idrokni taraqqiyotning 
oliy omili sifatida ta‘riflansa oqibatda undan voz kechiladi. Chunki bunday sharoitda aql-idrok ongli 
harakatning asosi bo‗lgan jarayonlar noto‗g‗ri talqin qilinadi. Individualizmning o‗zi jamiyatda 
individualizmning tepasida turgan kuchlarning ahamiyatini anglashga imkon berayotgan bir vaqtda, 
kollektiv doktrina paradoksli ravishda «ongli» rejalashtirish tamoyillarini ilgari surgan holda 
majburiy ravishda qandaydir aql-idrokni inkor etuvchi mexanizmga oliy hokimiyat maqomini 
berishga majbur bo‗ladi. Ijtimoiy kuchlar bilan murosa qilish va turfa xil fikrlarga bag‗rikenglik 
bilan yondashish individualizmga xosdir. Bunday insonparvar g‗oya, jamoatchilik hayotining 
yagona kishi tomonidan boshqarilishiga oid har qanday g‗oyaning ortida turgan intellektual 
takabburlikning butunlay aksidir», deb sharhlaydi F. Xayek. 
Demak, kollektivizm sharoitida boshqarish maqomiga ega bo‗lgan shaxsning har qanday 
xulosasi oliy hokimiyat va davlat maqomiga ega bo‗ladi. Uni bajarishga ommaviy majburiylik 
tartiboti o‗rnatiladi. Turli ijtimoiy kuchlar, alohida individlar yoki fuqarolarning xulosalari inobatga 
olinmay, boshqaruvchi – individning hukmi ustuvorlik qiladi. Boshqaruvchilik maqomiga ega 
bo‗lgan individning intellektual takabburlik illatlari ko‗zga yaqqolroq tashlanadi va «dohiy»lik 
singari yuqumli, tuzalmas kasallikni vujudga keltiradi. Sovet imperiyasida ayni ana shu kasallik 
keng tarqalib, bir-biriga ulanib ketgan, vorisiylik maqomiga ega bo‗lgan «dohiy»lar sulolasi bejiz 
paydo bo‗lmagan edi. Natijada bu butun jamiyat ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-axloqiy muhitini 
belgilaydigan bedavo illatga aylangan edi. 
Аslini olganda har qanday avtoritar rejimda ham individual va jamoatchilik kayfiyatlari 
mavjud bo‗ladi. Lekin o‗rnatilgan tartib va qabul qilingan rejim talablari asosida buyruq 
beruvchining shaxsiy xulosalari hal qiluvchi maqomni egallaydi. 
Sotsialistik tuzumga xos bo‗lgan individuallik va kollektivchilik tamoyillarini, ularning o‗ziga 
xos kontseptsiyalarining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotda tutgan o‗rni va rolini, kishilik jamiyati 
rivojlanishida o‗tkazayotgan ta‘sirini tahlil qilar ekan, А. Ivin quyidagi tamoyillarni ilgari suradi: 
zamonaviy tarix eng avvalo G‗arb individual jamiyatlari va kollektiv jamiyatlar o‗rtasidagi 
qarama-qarishliklar hamda kurashlarni o‗zida aks ettiradi; 
zamonaviy G‗arb jamiyati anglangan aniq maqsadga yetishish uchun xizmat qilmaydigan, 
tarix taqozosi bilan ko‗plab tasodifiy tizimlarda yuzaga kelgan murakkab chambarchaslikdir; 
kollektiv jamiyat oldindan ishlab chiqilgan reja asosida paydo bo‗ladi va aniq belgilangan muayyan 
maqsadga erishishni o‗z oldiga vazifa qilib qo‗yadi; 
shaxs avtonomiyasi, inson turmush tarzidagi qarashlar va moyillikning mutloq suverenitetini 
tan olish individualistik jamiyatning asosiy xususiyatlari hisoblanadi; kollektivistik jamiyat esa 
individ va uning erki qadriyat hisoblanuvchi avtonomiyaning har qanday sohasini rad etadi; 


122 
kollektivizmning qat‘iy yagona maqsadga intilishi raqobat o‗rnini bosuvchi markazlashgan 
rejalashtirish mexanizmi yaratilishiga olib keladi; 
kollektiv loyihalar mohiyati davlatning jamiyatda ustuvorligini ta‘minlaydi, individ va 
jamiyatning barcha sohalari nazoratda bo‗lishiga, barcha turdagi individlar va alohida shaxslar 
uchun bir xil qadriyatlar va kollektiv axloq normasi bo‗lgan bir xil fikrlash tartibining o‗rnatilishiga, 
totalitar tuzumning terrori va bag‗ritoshligi bir qarashda yagona maqsadga asoslangan jamiyat 
hayotini ilohiylashtirishga olib keladi va natijada demokratik sotsializm o‗zining xom-xayollik 
mahsuli ekanligini ko‗rsatadi, bunday sharoitda diktatura va totalitarizm muqarrar voqelikka 
aylanadi; 
iqtisodiy erkinlik shaxs barcha huquq va erkinliklarining poydevori hisoblanadi; uning yo‗q 
qilinishi kollektiv jamiyatda shaxsning barcha huquq va erkinliklariga barham berilishiga olib 
keladi; 
sotsializm (kommunizm) va natsionalsotsializm (natsizm) sharoitida kollektivizm butun 
mazmun-mohiyati bilan totalitarizmning uzviy holati va yaqqol qiyofasi hisoblanadi; 
sotsializm va natsionalsotsializm sotsializmning ikkita shaklini o‗zida eks ettiradi; bu – 
baynalminallik va demokratiya shiorlarini ilgari suruvchi radikal yo‗l sotsializm hamda konservativ 
natsizm va irqchilik g‗oyalari bilan jamiyatni boshqarishga asoslangan o‗ng sotsializmdir; 
sotsializmning ushbu shakllari o‗zaro doimiy raqobatda bo‗lsada, individualistik jamiyat ular 
uchun asosiy raqib hisoblanadi; 
natsizm sotsialistik ildizlarga egadir; sotsializmning qator mamlakatlardagi inqirozi 
individualizm imkoniyatlari va intilishlarining ro‗yobiga olib keldi; 
oxir-oqibatda kollektivizm iqtisodiy taraqqiyotning turg‗unligiga olib keladi va iqtisodiy soha 
individualizm raqobatiga dosh bera olmaydi. 
Kollektivizm sharoitida yetishib chiqqan totalitar rejimda partiya asosiy rol o‗ynaydi. Аna shu 
holatda jamiyat boshqaruvi, tuzilgan rejalar va tanlangan yo‗l bevosita partiyaviy rahbarlik orqali 
amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, partiya davlat va hokimiyatning barcha vakolatlarini 
qo‗lga olib, yagona boshqaruvchi va rahbar maqomiga ega bo‗ladi. 
Bir partiyali rejim sharoitida yagona mafkuraning ustuvorligi ko‗zga yaqqol tashlanadi. 
Bunday mafkuraviy yakkahokimlik butun jamiyat barcha qatlamlarini qamrab oladi va ijtimoiy 
hayotning hamma sohalariga o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. 
Mutaxassislarning xulosalariga ko‗ra sotsialistik va natsionalsotsialistik qarashlar ayni 
partiyaviy g‗oyalar asosida shakllanadi va hokimiyat boshqaruvini o‗z yo‗rig‗iga soladi. Buni biz 
Mussolini va Gitler siyosiy yo‗l-yo‗rig‗ida, qarashlarida yaqqol ko‗rishimiz mumkin. 
Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling