Тарихшунослик фанидан


O. Shpengler – Yevropaning so„nishi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
O. Shpengler – Yevropaning so„nishi. 
Osvald Shpengler 1880 yilning 29 mayida Gori yaqinidagi mo‗jazgina Blankerburg shahrida 
tug‗iladi. 1887 yilda Shpingler oilasi Zost shahriga ko‗chib o‗tishadi. Shpengler bu erda 
gimnaziyaga o‗qishga kiradi. U yillar o‗tgach yana Goriga ko‗chib o‗tishadi. Shpengler Latinadagi 
o‗quv bilim yurtida o‗qiydi. Bu o‗quv bilim yurti o‗z asoschisi ilohiyotchi, pedagog Avgust German 
Farnke nomida edi. Bu erda qadimiy tillar chuqur o‗rgatilar edi. O.Shpengler nemis faylasufi va XX 
asr tarix falsafasi kontseptsiyasining namoyandasi hisoblanadi. 1904 yilda Shpengler Garida 
―Geraklit falsafasining metafizik g‗oyasi‖ mavzusida imtihon topshirib, gimnaziyada tabbiy 
fanlardan, matematika, tarix va nemis tilidan dars berish huquqiga ega bo‗ldi. 1908 yildan 1911 
yilgacha Gamburgdagi Genrix Gerts gimnaziyasida dars beradi keyinchalik u bu ishni tashlab 
yozuvchilik bilan shug‗illanadi. 
Shpengler keyinchalik Myunxenga ko‗chib borib, u erda hech kim bilan muloqotga kirishmay 
―Evrpoaning so‗nishi nomli mashhur asarining qoralama variantini yozadi. Nihoyat bu kitobning 
birinchi jildi 1918 yilda nashr qilindi va u muallifga shon–shuhrat keltiradi. 1919 yilda 
―Prusschilikva sotsializm‖ nomli uncha katta bo‗lmagan asarini yozadi. 1922 yilda esa, 
―Yevropaning so‗nishi asarining ikkinchi jildi nashrdan chiqadi. 
1925 yilda Shpengler siyosatdan qatiy ravishda uzoqlashadi. U o‗z diqqatini ilmiy faoliyatga 
qaratadi. Shpengler falsafaning metafizik masalalari to‗g‗risida yakunlanmagan qisqa asarlar yozadi. 
Shu bilan bir qatorda Shpengler etnologiya, masalalari bilan ham shug‗illandi. Bu faoliyat uni 
dunyoning yangi tarixini ishlab chiqishga olib keladi. Uning bu g‗oyasi bir necha maqolalarida o‗z 
aksini topadi: ―Amerika madaniyati‖, ―Falak gardishi va uning dunyo tarixidagi ahamiyati‖, 
―Xristianlikning ikkinchi ming yilligida dunyo tarixi masalalariga oid lavhalarda bu maqolalar 
birlamchi savollarda nomli to‗plamda nashr qilinadi. 
Shpengler falsafasining markaziy mavzusi – tarix lekin tarix madaniyat orqali tushuntiriladi. 
Har bir madaniyat aylanma harakatga ega, yani tug‗iladi, ravnaq topadi va halokatga yuz tutadi. 
Yevropa madaniyati ham oxirgi uchinchi bosqichni o‗z boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga 
o‗xshamaydi. Har bir madaniyat o‗z qobig‗iga joylashgan boshqa madaniyatga o‗z yutuqlarini bera 
olmaydi. Shpengler o‗zining tarixiy kontseptsiyasini yaratganda ko‗pgina falsafiy masalalrni 
ko‗taradi. Jumladan, ijtimoiy – siyosiy muammolar ham o‗ziga xos ravishda madaniyat tushunchasi 
orqali o‗z echimini topgan. 


115 
―Yevropaning so‗nishi‖ asari nashr etilishi nafaqat Germaniyaning turli qatlamlari orasida, 
balki rus ziyolilari orasida ham katta qiziqish uyg‗otdi. Tarix falsafasini yaratishda u mistik 
intuitsiyaga tayandi. Xuddi ana shu uslub unga katta muvaffaqiyat olib keldi. ―Yevropani so‗nishi‖ 
asrida Shpengler etiborini Yevropa madaniyati taqdirini ochib berishga qaratilgan. Asarning 
boshlanishi u ‖ hali hech kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan‖, - 
deydi, u o‗zining tarixiy ta‘limotini o‗zi bilgan ta‘limotlarga qarshi qo‗ydi. Lekin ayrim g‗oyalarni 
Nitsshe va Gyotedan olganligini tan oladi. Shpengler tabiat haqidagi fanlarga ruh haqidagi fanlarni 
qarshi qo‗yadi. Tabiat va tarix faqatgina sube‘ktning ongidagina kechinmalaridagina o‗z voqeligini 
oladi. Mustaqil reallik sifatida ular mumkin emas, faqat ruhdagina mavjud, yani subektsiz obekt 
mumkin emas‖ subekt ―umuman ongdir‖, dunyo asosida ―men‖ yotadi, ana shu ―men‖orqali u o‗zini 
nomayon qildi. ―Men‖ – yakka ong emas, balki xalq, madaniyat, insoniyat va turli kechinmalar 
Shpenglerning asosiy g‗oyasi tarix, alohida yashirin madaniyatlarning almashinuvidir. U tarixni 
uzluksiz jarayon sifatida inkor qiladi va tarixiy taraqqiyotni ham inkor qiladi. Shpengler fikricha, 
G‗arb odami uchun tarix butunlay o‗zgacha ko‗rinishga ega. Tarixning markazi ―dunyo tarixining‖ 
bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qildi. Shu manzara, Shpengler takidiga 
mohiyatan, bizning uyg‗oq ongimiz mahsulidir. Shu asosda G‗arb ruhi o‗zini anglaydi, shu zaruriy 
shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi. 
Tarixni faqat his etish kerak, tarixda faqat yashash kerak. Shpengler uchun tarixni bilish uslubi 
o‗xshashliklardir (anologya) shunday qilib qarixiy voqealarni tahlil qilganda, ularning ichki 
qonuniyatlari, mantiqiy bog‗liqliklarini qidirmasdan balki, o‗xshashlikni paralellarini topishga 
harakat qilish ana shu asosda tarixni yaratish kerak. 
Shpenglerning fikricha uni ―Hayot falsafasi‖ namoyandalariga yaqinlashtiradi, lekin shu bilan 
bir qatorda farqi ham bordir, yani tabiat bilan tarix ziddiyati ularning obektlarida emas, balki bilish 
uslublarida farqlanadi. ―Tabiat va tarix – deb yozadi Shpengler – mana shu ikki qarama– qarshi 
uslub, o‗ziga borliqni tartibga solishga urinadi. Agar har bir vujudga kelayotgan jarayonni mavjudlik 
nuqtai nazaridan ko‗radigan bo‗lsak, borliq tabiatga aylanadi, imkoniy vujudni zaruriy vujudga 
(jarayonga) bo‗ysundirsak tarix bo‗ladi, deydi Shpengler. Jumladan tafakkur ishga solinsa, uning 
o‗lik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni tushuntirishga harakat qiladi. 
Ichki ishlarimizga, hissiyotimizga, intuitsiyamizga murojaat qilsak ko‗z o‗ngimizda tarix 
namayon bo‗ladi. Tabiat tafakkur faoliyati natijasidir, bilish oqibatidir. Tarix esa mushohada, 
intuitsiya natijasidir. Har bir madaniyatning hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni Shpengler fikricha 
his qilish kerak. Agar kim uni his qilmasa, tarix bilan shug‗illanmaslik, tabiatni bilishga o‗rganish 
mumkin lekin tarixchi bo‗lib tug‗ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik 
darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay 
olmaydi. 
Tarixning mazmuni uning ruhida namoyon bo‗ladi. Madaniyat ruhiyatning tashqi ko‗rinishidir. 
Shpengler sakkizta madaniyatni sanab o‗tadi. Bular Xitoy, Bobil, Misr, Hind, antik, arab, g‗arb va 
maya xalqining madaniyatidir. Rus madaniyati haqida alohida etibor bilan gapiradi. Har bir 
madaniyat qaytarilmas, o‗ziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida o‗ziga xos ruhiyat 
yotadi. Masalan antik madaniyatda – Apollon ruhiyati arab madaniyatida mistik (afsungarlik) 
ruhiyati g‗arb madaniyatida – Faust ruhiyati yotadi. 
Shpengler tarixchi va faylasuflarni butun dunyo tarixini ―Qadimgi va yangi davr‖ tarixiga 
ajratishlarni tanqid qiladi. Bu ajratish faqat g‗arb mamlakatlariga xosligini Shpengler yozadi va shu 
erda G‗arb tarixchilarining Yevropa markazchiligi tamoyilini tanqid qiladi. 
Shpenglerning ―Yevropaning so‗nishi‖ asari nafaqat tarix falsafasiga bag‗ishlangan, unda 
siyosiy masalalar ham ko‗tarilgandir. U so‗z boshida shunday yozadi: ― Bu kitobda kelajak tarixni 
aniqlashga harakat qilingan, vazifa shundan iboratki, nihoyasiga etayotgan er yuzasidagi yagona 
madaniyatning, yani G‗arbiy Yevropa madaniyatining taqdirini o‗rganishdir‖. Muammo G‗arb 
halokati sivilizatsiya masalasiga kelib taqaladi. U ko‗hna tarixning asosiy masalalaridan biridir. 


116 
Har bir madaniyatning o‗z sivilizatsiyasi bo‗ladi. Sivilizatsiya eng oxirgi, eng suniy holatdir. 
Sivilizatsiya eng madaniyatli insonlarga xosdir. Shpengler sivilizatsiya haqida gapirib, shahar 
to‗g‗risida ham fikr yuritadi. Yani shahar o‗zlikni yo‗qotishlik sifatida ruhiyatning o‗lishi sifatida 
paydo bo‗ladi. 
―Madaniyat – ruhiyat, sivilizatsiya esa tafakkurdir‖ – deb yozadi Shpengler. G‗arbda 
madaniyatdan sivilizatsiyaga o‗tish qadimda qadimda – VI asrda sodir bo‗lgan. Shahar 
sivilizatsiyaning oqibatidir. Madaniyatli insonda quvvat inson ichiga yo‗naltirilgan sivilizatsiya 
inikosida esa quvvat tashqariga yo‗naltirilgan. Hayot imkoniyatni amalga oshirishdir, tafakkurli 
insonlarda imkoniyat cheksiz kengdir. Shpengler qatiy ravishda umumdunyo tarixini inkor qiladi. U 
shunday yozadi: ―Insoniyat men uchun zoologik birlikdir‖. Men G‗arbiy Yevropa faylasuflarining 
fikrlarida insoniyat ravnaqi, maqsadi va yo‗llarini ko‗rmayapman. Tarixni ananaviy tarzda qadimgi, 
o‗rta va yangi davrga bo‗lishni Shpengler juda tor doiradagi provintsializmga kiritadi. Uning uchun 
yagona insoniyat tarixi yo‗q, faqat alohida ajralgan madaniyatlar mavjuddir. Ular tasodifan paydo 
bo‗ladi, rivojlanadi va halok bo‗ladi. Misoli dalada o‗sgan gul taqdirini boshidan kechiradi, 
o‗simliklar, hayvonot olamiga o‗xshash morfologik organizmlar bo‗lgani kabi tarixda ham xuddi 
shunday organizmlar mavjud, bu tarix morfologiyasi har bir madaniy organizm uchun davr va 
bosqichlarni belgilaydi. ―har qanday madaniyat – deb yozadi Shpengler, - insondek hayot kechiradi. 
Ularning o‗z bolaligi, o‗smirligi, o‗rta yoshi va qariligi bo‗ladi‖. 
Shpengler fikricha yagona falsafiy taraqqiyot yo‗li mavjud emas. Shu jumladan turli 
madaniyat mutafakkirlari uchun yagona masalalar ham yo‗q. Sanat asarlari, axloqiy tamoyillar kabi 
falsafiy masalalarni ham faqat o‗z dari ruhiyatida aks ettiradi. Shuning uchun ham, - deydi 
Shpengler tabiat bilan ruhning ziddiyati faqatgina bizning faylasuflarimizni qiziqtiradi. Boshqa 
madaniyat faylasuflari uchun bu masala qiziqish ham uyg‗otmaydi, uni anglamadilar ham. Har bir 
masala o‗z davrining faqat o‗z davrining inikosidir. Har bir shunday falsafa - deb yozadi Shpengler - 
birinchi so‗zidan to ohirgi jumlasigacha mavhum mavzulardan o‗ziga xos xususiyatlarigacha, tarixiy 
chegaralangan insoniyatning sof belgisidir, shuning uchun ham ular o‗tkinchidir, ular o‗z hayotiy 
davriyligiga harakat tezligiga ega. Har bir davrning o‗zining mavzusi bor ushbu mavzu faqat shu 
davr uchun ahamiyatga egadir. 
Paydo bo‗lgan madaniyatning taqdiri qanday bo‗ladi? qanday yo‗lni bosib o‗tadi? Shpengler 
fikricha, bu yo‗l uch davrdan iborat. Birinchisi, eng uzundir. Bu davr tayyorlov davridir, yani xaos 
(tartibsizlik) ning dastlabki holati, bolalik va va kuchning to‗planishidir. Keyin madaniyat davri 
boshlanadi. Bu davr muayyan madaniyatning berilgan ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va 
amalga oshirishdir, suratli ijodiyotdir. Ana shu davrda hamma manaviy qadriyatlar shakllanadi, 
diniy etqodi mustahkamlanadi, metafizik tizimlar tuziladi, sanatning noyob sohalari, asarlari 
vujudga keladi. 
So‗ngra, madaniyat o‗zining uchinchi oxirgi davriga qadam qo‗yadi – orqaga ketish davri, yani 
sivilizatsiya davri boshlanadi. Bu davrda manaviy hayot so‗na boshlaydi, diniy etiqod susayadi, 
falsafiy ta‘limotlar yuzaki bo‗lib qoladi, sana‘t ham o‗ladi. Quruq ratsionalizm va materializm 
dunyoqarash asosini tashkil qiladi. Hayotning tashqi tomonlari ichki ruhiyatni engib boradi. 
Har bir madaniyat davri, hayoti, Shpengler fikricha 1000 yilni tashkil qiladi, sivilizatsiyaning 
oxirgi davri 200-300 yilni tashkil qiladi. Har bir madaniyat, taqdir taqozosi bilan bir xil davrni 
boshidan kechiradi. Shpenglerning tarix falsafasini asosiy g‗oyasi shulardan iborat. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling