Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi
Sobiq ittifoq va jahon sotsializm tizimining falokatga yuz tutishi bilan halqaro hamjamiyatning
geosiyosi strukturasi o‗zgardi. Xalqaro munosabatlarning ikki buyuuk davlatni AQSh va Sobiq
Ittifoqi o‗rtasidagi kuchlarning ayniqsa harbiy sohadagi nisbiy mutanosibligiga kapitalistik va
sotsialistik tizimlar o‗rtasida dunyoni ―sovuq urush‖ asosida qarama–qarshi bloklarga bo‗linishiga
asoslangan ikki ikki qutbli sistemasi barham topdi halqaro hamjamiyat halqaro munosabatlarning
yangi davriga – yangicha dunyoviy tartibotga qadam qo‗ydi. Jahon siyosatshunosligida dunyoda
yuzaga kelgan yangicha vaziyat to‗g‗risida bahs–munozaralar avj ola boshladi.
“Tarixning intihosi (nihoyasi)” kontseptsiyasi
Mazkur munozaraga birinchilar qatori ―tarixning intihosi‖ ta‘limotining asoschisi amerikalik
siyosatshunos olim Frensis Fukuyama hisoblanadi. Uning fikricha eng buyuk kommunistik davlat –
Sovet Ittifoqining qulashi va ijtimoiy tuzum sifatida sotsializm o‗z–o‗zidan barham topishi
dunyoning bapolyar, yani ikki qutbli tizm tugashi va ko‗pqutblilik holatiga o‗tishi bilan cheklanib
qolmasdan anana‘viy, yani ijtimoiy manoda tarihning ham intihosiga etishini anglatadi. ―Tom
manoda tarix yakuniga etdi: mafkuraviy evolyutsiya tugadi va boshqaruvning so‗nggi shakli sifatida
G‗arb liberal – demokratiyasining universiallashuvi boshlandi‖, - deb yozadi u. Dunyo endi liberal –
demokratiya darajasiga etgan tarixdan keyingi‖ xalqlar va hali ―tarixda mavjud‖, lekin
rivojlanishning asosiy maqsadi mutlaq g‗arblashish (vesternizatsiya) bo‗lgan hamda AQShda
o‗zining yorqin ifodasini topgan g‗arbona qadriyatlar orqali ―tarixdan keyingi‖ mamlakatlar
hamjamiyatiga qo‗shilishidan iborat xalqlarga bo‗linadi. Aynan AQSh jahon hamjamiyatiga
etakchilik vazifasini va yangicha dunyoviy tartibot uchun masuliyatni o‗z zimmasiga oluvchi
yagona buyuk davlat sifatida ko‗rsatmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |