Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
A.Toynbi kontseptsiyasi 
Arnold Toynbi 1889 yilda dunyoga kelgan. U ham XX asr falsafasining yirik vakillaridan biri 
hisoblanadi. U 33 yoshida Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi mahkamasida katta lavozimda 
ishlaydi. U shu paytda tarixiy jarayonni tadqiq qilish dasturini tuzadi va ― tarix davrlari‖ nomli 12 
jilddan iborat asosiy asarini yozadi. 


117 
Toynbi dunyoviy tarixni harakatga keltiruvchi kuchli sivilizatsiyani tug‗diruvchi va halokatga 
olib keluvchi imkoniyatlarni ochib berishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. XX asrning boshlarida 
esa sivilizatsiyalar ham yo‗q bo‗lib ketuvchi xususiyatga egaligi aniq bo‗lib qolgan edi. Jumladan 
birinchi jahon urushi, kimyoviy qurollarning qo‗llanilishi, suv osti va samo urushlari, Xirosima va 
Osventsim hodisalari fikrimizning dalili bo‗la oladi. Shunday davrda madaniyatning tug‗ilishi, 
rivojlanishi va halokati dolzarb masalaga aylanadi. Toynbi o‗z tadqiqotini rivoji va halokati dolzarb 
masalaga aylandi. Toynbi o‗z tadqiqotini tarixiy jarayonning predmet chegarasini (hamma uchun 
tushunarli tilda) aniqlab olishdan boshlaydi. U Angliyaning tarixiy yo‗lini o‗rganadi, va shunday 
xulosaga keladiki, bunday birlik milliy davlat bo‗la olmasligini tasdiqlaydi. Buning sababi
Angliyaning tarixi boshqa mamlakatlar tarixi bilan minglab sotsiomadaniy rishtalar orqali 
chambarchas uzviy bog‗lanib ketgan edi, uni bu munosabatlardan uzib olib, xolis o‗rganish bajarib 
bo‗lmaydigan vazifaga aylanadi. Shuning uchun ham tahlil sifatida tarixchi yuqoriroq birlikni olishi 
zarur. 
Toynbini tushunish uchun uni diniy faylasuf ekanligini xotirada tutish lozimdir. Diniy 
xristianlik ongi uchun esa haqiqat mezoni tafakkurini ham, ilohiy anglashni ham o‗z ichiga oladi. 
Shuning uchun Toynbi o‗z ijodida qatiy ilmiy bilish hamda ratsional intuitsiya uslublaridan 
foydalangandir, u inson orqali amalga oshadi, shu jihatdan uni bilish ilohiy anglashni talab qiladi. 
Ilohiy anglash bo‗lganligi uchun tarix mazmunga egadir. Inson ana shu mazmunni egallashi shart. 
Toynbi butun tarixni egallashni istaydi, shuning uchun ham xuddi shifokor bemorining alohida 
organizmini o‗rgangandek, tarixni tashkil etuvchi qismlarini tahlil qilishga kirishadi tadqiqotning 
maqsadi esa sotsiogenezning mexanizmini ochib berishdan iboratdir. Bu mexanizm yuqori darajada 
umumiylikka ega bo‗lishi kerakki, alohida sivilizatsiyalarni ham jumladan butun tarixni ham 
qamrab olsin. Toynbi sotsiogenezisni harakatga keltiruvchi umumiy kuchni topish mushkulligini 
anglab etadi. U ana shu kuchni qanday ishlash mexanizmini ochishga intiladi. 
Toynbi sivilizatsiya genezisini uch komponentdan iborat deydi. Ular universal davlat, 
dunyoviy cherkov va qabila harakati. Ana shu tuzilmaning mavjudligi sivilizatsiyani tashkil qiladi. 
Biroq sivilizatsiyalar o‗z-o‗zidan shakllanmaydi. Uning rivoji uchun o‗ziga xos tarixiy davr bo‗lishi 
shart. Bunday davrni Toynbi ―Chaqiruv va javob‖ deb belgilaydi. Garchi sivilizatsiya genezisida 
uch komponentning xammasi mujassam bo‗lib, chaqiruv bo‗lmasa, u holda javob xam bo‗lmaydi, 
natijada sivilizatsiya taraqqiy etmaydi. 
Chaqiruv davri – shunday davrki, bunda jamiyat qandaydir xavf ostida bo‗ladi. Chaqiruv 
turlicha bo‗lishi mumkin. Chaqiruv davrini qadimgi Yunoniston shahar – davlatlari o‗z boshlaridan 
kechirganlar ular aholi soni o‗sib ketishi oqibatida ozuqa maxsulotlarining kamayib ketishi va 
eroziya natijasida hosildor erlarning qisqarib ketishidan azob chekkanlar. Shahar davlatlar (polislar) 
bu chaqiruvga turlicha javob berganlar: ayrimlari (korinf, Xolkida) O‗rta er dengizi qirg‗oqlarida 
yashovchi mahalliy aholini kaloniyalarga aylantirganlar: ayrimlari (spartaliklar) harbiy yurishlar 
uyushtirib qo‗shni aholini bosib oldilar va va o‗zlariga bo‗ysundirdilar, uchinchilari (Afina) qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarini import qilib, hunarmandchilikni jadallik bilan rivojlantirishga kirishdilar. 
Shunday qilib bitta chaqiruvga uch hil javob berishdi. Buning natijasida bir – biridan tubdan farq 
qiladigan uch xil jamiyat va madaniyat tashkil bo‗ldi. 
Jumladan, Avstriyaning rivoji, Toynbi fikricha, Turkiyaga qarshi turishga olib keldi, 
Yevropaning forportiga aylandi. Daryolar o‗rtasidagi sivilizatsiyaning va Misrning rivoji tabiat 
chaqiruviga javob tarzida shakllanadi – bu vaqti-vaqti bilan daryoning toshib turishi bilan 
bog‗lanadi. Demak, yangi sivilizatsiya genezisining asosi uchun chaqiruv davrining bo‗lishi 
majburiydir, usiz sivilizatsiyaning spontan taraqqiyoti mutlaqo mumkin emas. 
Shunday qilib, chaqiruv va javobning o‗zaro munosabatidan iborat bo‗lgan tarix yo‗li abadiy 
ravishda turg‗unlik yoki halokat o‗rtasida harakat qiladi. Chaqiruv va javob har bir madaniyatning 
tarixiga oiddir, ular doim bir birlari bilan o‗rin almashdi. Toynbi madaniy genezisning universal 
kalitini topishga intilmaydi, u ana shu genezisning ishlash mexanizimini o‗ziga xos mazmun bilan 


118 
to‗ldiradi. Toynbining sivilizatsiyasi ba‘zi kamchiliklardan ham xoli emas. Unda qilingan xulosalar 
yaxlitlikni tashkil qilmaydi. Shunday bo‗lsa ham, Toynbining tarix falsafasi ochiq tizimdir va 
insoniyat dunyo hayotining har bir chaqiruviga javob berishga qodirdir. 
Demak, Toynbi madaniyat va insoniyat tarixini tsikllik (davriy) rivoji g‗oyasini ilgari suradi. 
Uning fikricha, yagona dunyoviy tarixiy jarayon mutlaqo bemanilikdir. Dunyoviy tarix, alohida 
mustaqil ―sivilizatsiyalar‖ tarixidan iborat. Sivilizatsiyalar esa o‗ziga xos madaniy tuzilmadir.Ular 
o‗z hayot yo‗llarida uch davrni bosib o‗tadilar : shakllanadi, unib – o‗sadi, gullaydi va nihoyat halok 
bo‗ladi. Boshqasining tuzilishi uchun o‗z o‗rnini bo‗shatib beradi. 
Shpinglerdan farqli ravishda Toynbi shuni takidlaydiki, yani sivilizatsiyalarni birlashtiruvchi 
holqa mavjuddir. Bu holqa insoniyatning manaviy kamol topishini o‗z ichiga oladi. Shunday bo‗lsa 
ham, Toynbi Shpinglerning ko‗pgina g‗oyalaridan foydalanadi. Lekin u professional tarixchi sifatida 
aniq yorqin dallilarga suyangan holda o‗z nazariy umumxulosalarini bayon etadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling