Islom teologiyasi va tarix falsafasi Reja: Arab-islom dunyoviy falsafasining vujudga kelishi
Download 404.14 Kb.
|
Islom teologiyasi va tarix falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arab-islom tarix falsafasining xususiyatlari.
Islom teologiyasi va tarix falsafasi Reja: 1. Arab-islom dunyoviy falsafasining vujudga kelishi. 2. IX-XIV asrlarda Sharq Uyg‘onish davri tarix falsafasi va metodologiyasi (Abu Rayxon Beruniy) 3. Ibn-Xaldun va uning ijtimoiy taraqqiyot nazariyasi. Arab-islom tarix falsafasining xususiyatlari. Arab islom tarixshunoslik maktabi Arabiston yarim arolida islom dini qaror topgach, qo‘shni xududlar istilo etila boshlagach shakllana boshladi. Lekin uning ildizlari ancha uzoqqa boradi, deyish mumkin. Chunki VII asr boshlariga qadar asosan ko‘chmanchi chorvachilik bilan mashul bo‘lgan arablar madaniy jihatdan bir muncha qaloq bo‘lib, ularda tarix fani rivojlangan emas edi. Ammo tarixiy xotiralar, ishlab chiqarish, qabila hayotini va jamoani boshqarish malakalari xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lgan qo‘shiqlar, dostonlar, rivoyat va ertaklar, qissalar orqali avloddan avlodga o‘tib kelmoqda edi. Rivojlangan xududlarni bosib olgan arab qabilalari o‘sha xududlardagi madaniy yutuqlarni, shu jumladan tarixnavislik borasidagi yutuqlarni ham o‘zlashtirib bordilar. Shuning uchun endi shakllanib borayotgan arab-islom tarixshunosligiga Vizantiya va Sosoniylar tarixchilarining ta’siri katta bo‘lganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki arab xalifaligi tarkibiga kiritilgan o‘z davrining rivoj topgan xududlari hisoblangan yerlarning katta qismi arab istilosiga qadar Vizantiya va Sosoniylar davlatlarining tarkibida edi. Musulmon tarixshunosligi bevosita shariat va islom aqidalari bilan bog‘liqdir. Musulmon olimlari tarixiy voqea va hodisalarni islom aqidalari, Allohning qudrati va qazoi taqdir bilan bog‘laydilar. «Qur’oni karim»da aytilishicha, inson tirik ekan, u Allohning irodasi bilan ish ko‘radi. Tarixchi esa jamiyatda yuz beradigan voqealarning sabablarini shariat qoidalari bilan uyg‘unlashtirishi zarur edi. Chunki har qanday mantiqiy fikrlash tarixiy voqea va hodisalarning sabablarini o‘rganish va ochib berishni talab etadi. Arab-islom tarixchilari bu murakkab vaziyatda o‘ziga xos yo‘l topdilar. Ular tarixiy voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini bayon etib, bu sabablar ham Allohning irodasi ekanligini e’tirof etdilar. Bu esa diniy arboblarni ham qanoatlantiruvchi yo‘l edi. Musulmon tarixchilari ko‘p o‘rinlarda «Qur’on» suralari va oyatlariga asoslanadilar. Aynan shu usul boshqa fan vakillari tomonidan ham ilgari surilgan bo‘lib arab-islom madaniyatida fanlarning barcha sohalarini rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. Islom ta’limoti Arabistondan tashqariga ham yoyilgan paytdan boshlab tarix fani sezilarli ravishda rivoj topa boshladi. Tabariy, Beruniy, Maqsidiy, ibn Xaldun va boshqalar arab-islom tarixshunoslik maktabiga asos soldilar. Arab-islom tarixshunoslik maktabining tarixshunoslari turli o‘lkalardan etishib chiqqan va turli xalqlarning vakillaridan iborat edi. Ularni birlashtirib turuvchi asoslardan biri islom dini va ta’limoti bo‘lsa, ikkinchisi arab tili va yozuvi edi. Ularning dastlabkisi tarixchilar uchun g‘oyaviy asos va yo‘nalish bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi islom diniga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning o‘ziga xos g‘oyalarini va ilmiy yutuqlarni o‘zaro ta’sirga kirishishiga, bir-birini to‘ldirib mukammallashuviga olib keldi. Musulmon tarixshunosligida yaratilgan ko‘pgina tarixiy asarlar odatda yerda hayotning paydo bo‘lishi, Odam Ato va Momo Havoning yaratilishi, payg‘ambarlar tarixi va xalqlarning kelib chiqishi hamda tarqalishi masalalarini qisqacha bayon etishdan boshlanadi. Shundan so‘ng asosiy masalaga o‘tiladi hamda har bir muhim tarixiy voqea va hodisalar muqaddas «Qur’oni karim»ning oyat va suralari bilan asoslab boriladi. Misol uchun odatda oz sonli qo‘shin ko‘p sonli lashkar ustidan g‘alaba qazongan tarixiy voqea bayon etilayotganda Badr jangi misol tariqasida keltirilib, shu jang haqidagi oyat ta’kidlanadi. Musulmon tarixshunosligining «Qur’oni karim» bilan bog‘liqligi yana shunda ko‘rinadiki, arab – islom tarixshunoslik maktabining dastlabki vakillari ko‘p hollarda «tafsir» yozish bilan ham shug‘ullanishgan. «Qur’oni karim»da ham ko‘pgina tarixiy voqealar bayon etilgan bo‘lib, ularga tafsif berish uchun tarixni chuqur o‘rganish talab etilardi. Tafsirlar yozish VIII asrgacha juda kam yozilgan bo‘lib, keyinchalik ko‘payib bordi. 750-1050 yillar davomida esa 50 ga yaqin tafsirlar yaratilgan. Misol tariqasida mashhur arab tarixchisi Tabariyning 30 jildlik «Tafsir» asarini olishimiz mumkin. Bu asar shunchalik mashhur ediki, hajmi juda katta bo‘lsada hattotlar uni qayta qayta ko‘chirganlar, shuning uchun ham uning nusxalari juda keng tarqalgan. Mashhur muhaddis olim imom al-Buxoriy ham o‘z davrining atoqli tarixchisi edi. Uning «Jomeh at- tavorix» asari Kichik tarix, o‘rtacha tarix va Katta tarix deb nomlangan 3 qismdan iborat edi. Ismoil Buxoriyning «Kichik tarix» va «O‘rtacha tarix» kitoblari 1974-yili topilgan bo‘lib, hozirda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Sharq qo‘lyozmalari fondida saqlanmoqda. Download 404.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling