Тарихшунослик фанидан


Avgustin asarlarida ikki – ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Avgustin asarlarida ikki – ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili. 
Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri ―Ilohiy saltanat haqida‖ risolasidir. 410 – yilda 
Alarix tomonidan Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat 
rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz berdi, deb 
hisobladilar. Avgustin o‗z do‗sti Markellinning iltimosi bilan bunday qarashlarga zarba bermoqchi 
bo‗ldi. U takidlaydiki, davlatning ravnaqi eski ko‗pxudolik dini tufayli bo‗lmagan, chunki rimliklar 
xristianlikni qabul qilganlarida ham mag‗lubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim 
xudolariga sig‗inishi zarur bo‗lmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham 
manaviyatda ham hech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan hamma 
moddiy boyliklarni berishi mumkin. 
Avgustining bu asarida tarix falsafasi o‗ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va 
dunyoviy shahar mohiyatini tashkil qiladi. ―xudo shahri‖ xudoga muhabbat bilan o‗zaro birlashgan 
odamlardan iborat. Dunyovi shaharda o‗z–o‗ziga muhabbat qo‗ygan o‗z sharafi va forovonligiga 
intiluvchi jonzotlar yashaydi. Shunday qilib bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir – biridan 
farqlanuvchilariga bo‗lingan. Shaharlar haqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda 
tutmaydi. Uning qarashlari universal xarakterda bo‗lib, o‗sha paytda keng tarqalgan. Tarix 
qaytarilishlar (tsikl) bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi. Avgustin ikki shahar 
o‗sishi va ravnaqini tahlil qiladi hamda ularning taqdiri haqida bashorat qiladi. Qiyomatdan keyin 
ilohiy shahar aholisi umumiy baxtga erishadi, dunyoviy shahar aholisi esa abadiy jazoga lekin 


71 
Avgustin takidlaydiki, bu shaharlar o‗rtasidagi ikki xil holat vaqtga, zaruriy emas va u xudo irodasi 
bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, yunon tarixchilari ham insoniyat rivojiga bo‗lgan qarashlarida 
buni anglab etmaganlar. Xudo tarix ustida hukmronlik qiladi, unga bo‗ysunmaydi (keyinchalik buni 
Gegel ham aytgan edi) Tarix qaytariqlar bilan emas, to‗g‗ri chiziq bo‗ylab rivojlanadi. Xudo 
yaratganga qadar o‗z ongida ma‘lum vaqtda amalga oshirgan rejaga ega bo‗lgan. Bu rejada ikki 
shahar o‗rtasida kurash mavjudligi ko‗zda tutilgan, oqibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan 
tashqarida g‗ayritabbiy kuchning aralashuvida amalga oshadi Avgustin tarixda hamma odamlarning 
―umumiyligi‖ va ―Yakka‖ligini ko‗radi. Masalan Geradot fors urushida faqat yunonlar va forslar 
o‗rtasidagi kurashni ko‗rgan bo‗lsa, Avgustin butun inson irqining yagonaligini takidlaydi. Bundan 
tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va manaviy jabhada bo‗ladi. Bu kurashning eng 
cho‗qqisi gunoh natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar o‗rtasidagi kurashni ilohiy shahar g‗alabasi 
foydasiga tugatish bo‗ladi. Shunday qilib, Avgustin fikricha tarixning so‗nggi maqsadi undan 
tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin o‗rta asrlar manaviy hayotiga 
juda katta tasir ko‗rsatgan mutafakkirlardan biri edi. U ―cherkov otasi‖ nomiga nisbatan ko‗proq 
faylasuf sifatida mashhur bo‗lgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling