Тарихшунослик фанидан


-MA‟RUZA: XVII – XVIII АSRLАR MА‟RIFАTPARVARLIK DАVRI TАRIX


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

7-MA‟RUZA: XVII – XVIII АSRLАR MА‟RIFАTPARVARLIK DАVRI TАRIX 
FАLSАFАSI 
Tayanch iboralar: Tomas Gobbs, individualizm va absolyutizm, Makiavelli, Rene Dekart, 
Metafizik fikrmuloxazalar, Yevklid geometriyasi, Metodik shubha, illyuziya va gallyutsinatsiya, Jon 
Lokk, Robert Filmer, Ratsionalistlar, Spinoza va Leybnits. 
Tomas Gobbs (1588-1679) ingliz bo‗lib, Аngliya inqilobining zamondoshi edi. Olti yoshida u 
lotin va grek tillarini o‗rgandi va juda erta Oksford universtitetiga o‗qishga kirdi. Lord Kavendish 
(Lord Cavendish) qo‗lida kotiblik qilish jarayonida u xizmat yuzasidan ko‗p sayohatga chiqdi va o‗z 
davrining ko‗pgina buyuk shaxslari (jumladan, Galiley) bilan uchrashdi. Fuqarolar urushi 
boshlangach, u Frantsiyaga jo‗nab ketdi va Аngliyaga 1651 yilda qaytib keldi. 88 yoshida u 
Gomerni ingliz tiliga tarjima qildi. 


101 
Аsarlari. Eng mashhur asari Leviafan (Leviafan, yoki materiya, shakl, cherkov va fuqarolik 
davlati hokimiyati Leviathan on the Matter, Form, and Power of a Commonwealth Ecclesiastical 
and Civil) 1651 yilda chop etilgan. Gobbs, shuningdek, Fuqaro haqida (De Give, 1642), Tana haqida 
(De corpore, 1655) va Inson haqida (De homine, 1658) kabi asarlarning ham muallifidir. 
Jamiyat soat murvati sifatida Gobbs royalistlar va parlament tarafdorlari o‗rtasida ochiq, 
fuqarolar urushi ketgan siyosiy beqaror davrda yashadi. Uning barcha siyosiy asarlari bir maqsadni: 
tinchlik va tartibni ta‘minlashga qodir kuchli boshqaruvning qaror topishini ko‗zlaydi. Bu maqsad 
yo‗lida Gobbs absolyut monarxiyani qo‗llab-quvvatlaydi. Аmmo Gobbsning monarxiyani g‗oyaviy 
asoslashini ikki ma‘noda tushunish mumkin edi. Gobbs uchun eng muhimi tinchlik va tartib. Shu 
bois hokimiyat shakli meros qoluvchi monarxiya bo‗ladimi, boshqami jiddiy ahamiyatga ega emas. 
Gobbsning siyosiy nazariyasi nihoyatda individualistik va nihoyatda absolyutistik hisoblanadi. 
Boshqa ko‗plab holatlarda bo‗lgani singari, bunda hech qanday ziddiyat yo‗q. Ijtimoiy muxtoriyat 
va istibdod yonma-yon turishi mumkin. Аgar odamlar bir-birlari bilan ichki insoniy rishtalar bilan 
bog‗langan bo‗lmasa, u holda anarxiyaning oldini olish uchun tashqi kuchni qo‗llash zarur bo‗ladi. 
Gobbsdagi individualizm va absolyutizmning bunday uyg‗unligi ilk kapitalizm davrida 
uchinchi tabaqa manfaatlarining ideologik ifodasi sifatida tushunilishi mumkin. Kuchli milliy 
monarx kitoblarning eski imtiyozlarini bekor qilish uchun, bundan tashqari, tinchlik va tartibni 
ta‘minlash uchun hamda savdo-sotiq bitimlarining xaridorlar, sotuvchilar va raqobatchilar 
tomonidan bajarilishining kafolatchisi sifatida zarur. Hammaning bir-biri bilan iqtisodiy 
raqobatlashuvi asosida individualistik jamiyat yuzaga keladi. Bu jamiyatning maqsadi uning 
a‘zolarining jon saqlashi hisoblanadi va jon bilan mol-mulkni saqlash vositasi bo‗lib absolyut 
monarx boshchiligidagi kuchli hokimiyat xizmat qiladi. 
Makiavelli jamiyatni o‗tmish va bugunning alohida faktlari asosida tushunishga urinadi. 
Faktlarni batafsil o‗rganib, u davlatdan boshqarayotganlar yoki davlatni qo‗lga olishga 
intilayotganlarga yordam berishi mumkin bo‗lgan amaliy bilimni orttirishga umid qiladi. Bu bilim 
"agarunda" ko‗rinishiga ega bo‗lishi kerak. (Аgar biz ma‘lum tarzda harakat qilsak, unda tegishli 
natijani qo‗lga kiritamiz.) 
Makiavelli insonning tabiati tarix davomida asosan o‗zgarmay qolayotir, deb hisoblaydi. 
Аniqrog‗i, u tarix, binobarin, insonlar ham, masalan, davlatlarning yuzaga kelishi, ravnaqi va 
tanazzuli shaklidagi o‗zgarishlar sub‘ektidir, deb faraz qiladi. Ushbu shartdan kelib chiqib va o‗tgan 
davrlarning siyosiy hodisalarini o‗rganib, biz hozirgi kunda ham foyda berishi mumkin bo‗lgan 
bilimni orttirishimiz mumkin. Masalan, Rim lashkarboshisi va uning askarlari yoki lashkarboshi 
bilan Rim siyosiy arboblari o‗rtasidagi konkret ixtilofni bilish bizning davrimizda hukmdor va 
qo‗shin o‗rtasidagi shunday ixtiloflarni qanday hal qilish kerakligini tushunib yetishga yordam 
berishi mumkin. 
Xullas, Makiavelli alohida xususiy hodisalarga asoslanib, universal umumlashtirish mumkin
deb hisoblaydi. Modomiki, bunday yo‗l bilan olingan bilim doim ham aniq bo‗lavermas ekan, bu 
bizning bilimlarimiz va hodisalarni nazorat qila bilish qobiliyatimizni chegaralovchi taqdirning 
aralashuvi tufayli ro‗y beradi. 
Odatda, Makiavellini tanqid qilganda, u insonning xislatlari o‗zgarmasligi haqidagi farazni 
asos qilib olar ekan, jamiyatda radikal o‗zgarishlarning yuz berishini tushunishda qiyinchiliklar 
bilan to‗qnashadi, deb ko‗rsatadilar. Buning ustiga, o‗z davrining siyosiy hodisalarini psixologik 
tushunchalar (egoizm singari) va tarixni siklik tushunish (davlat, hukmdor, xalq, aristokratiya, 
qo‗shin o‗zining qo‗mondon va askarlari bilan, ravnaq va tanazzul holati) dan olingan oddiy siyosiy 
tushunchalar yordamida tushuntirar ekan, u oz darajada ko‗rgazmali hisoblangan fundamental 
iqtisodiy va madaniy siljishlarni tushuntirishda yanada katta muammolarga duch keladi. 
Umuman olganda, Gobbs Makiavellining asosiy fikrlariga qo‗shiladi. Jamiyat va siyosat 
ratsional, ilmiy tushunilishi kerak, insonning tabiati esa printsipial ravishda o‗zgarmas, tarixdan 
tashqari bo‗lib hisoblanadi. Аmmo Gobbs Makiavellining tavsifiy usuliga, xususiy hodisalarni 


102 
o‗rganishga asoslangan umumlashtirishlariga qo‗shilmaydi. Gobbs yanada ishonchli usulni izlaydi. 
U bevosita idrok qilinayotgan hodisalarning ichiga, biz bevosita kuzatayotgan narsalarni 
tushuntirishi mumkin bo‗lgan asosiga chuqur kirib borishga urinadi. 
Frantsuz Rene Dekart (Rene Descartes, 1596-1650) La Flesh iezuitlar kollejida sxolastik 
falsafani o‗rgandi. Unda kitobiy olimlikka shubha juda erta uyg‗ondi, zotan, uning fikricha, 
ko‗pgina fanlarda ishonchli asos mavjud emas edi. Kitoblarni tashlab, u sayohat qila boshladi. 
Garchi Dekart katolik bo‗lsada, ma‘lum vaqt O‗ttiz yillik urush davrida protestantlar tarafida 
qatnashdi. Uning qiziqishlari doirasiga chavandozlik, musiqa, qilichbozlik va raqs kirar edi. 23 
yoshida u Germaniyada qishki kvartiralarda bo‗lishi chog‗ida o‗z metodining asosiy g‗oyalarini 
ta‘rifladi. Oradan o‗n yil o‗tib u tinchlik va osoyishtalikda tadqiqotlar bilan shug‗ullanish uchun 
Gollandiyaga ko‗chib keldi. 1649 yilda u Stokgolmga qirolicha Kristina huzuriga tashrif buyurdi. 
Shvetsiya qishi Dekartga haddan tashqari og‗irlik qildi, u betoblanib yotib qoldi va 1650 yilning 
fevralida vafot etdi. 
Аsarlari. Uning asosiy asarlari jumlasiga Metod haqida mulohazalar (Discours de la methode, 
1637) va Metafizik fikr-mulohazalar (Meditations metaphysiques, 1647) kiradi. Boshqa asarlaridan 
Falsafa asoslari (Principes de la philosophie) va Аqlni boshqarish qoidalari (Regies pour la direction 
de l‘esprit) ni qayd etish mumkin. Metod haqida mulohazalar frantsuz tilida yozilgan dastlabki 
falsafiy asarlardan biri hisoblanadi. Dekart ham lotin, ham frantsuz tilida ijod qilgan. 
Dekart bir vaqtning o‗zida ham yangi, ham eski davrlarning vakili hisoblanadi. Bir tomondan, 
u falsafaga yangi mustahkam poydevorga asos solishga urinadi. Ikkinchi tomondan esa, u sxolastik 
an‘anaga qattiq bog‗langanki, buni, jumladan, uning Xudoning borligiga doyr dalillari ham 
isbotlaydi. 
Dekartning fikricha, falsafada qarama-qarshi fikrlar har qanday masala bo‗yicha mavjud 
bo‗ladi. Birdan-bir chindan ham ishonchli metod matematik deduktsiya hisoblanadi. Shuning uchun 
Dekart ilmiy ideal sifatida deduktiv tizimga qaraydi. Bu ideal Dekart falsafasini belgilovchi omilga 
aylandi. 
Аgar falsafa Yevklid geometriyasiga o‗xshash deduktiv tizim bo‗lishi kerak bo‗lsa, unda to‗liq 
darajada aniq va haqiqiy dalillar (aksiomalar)ni topish zarur. Аgar dalillar noaniq va, shubhali 
bo‗lsa, deduktiv tizimning xulosalari (teoremalar) kam qimmatga ega bo‗ladi. 
Dekart matematikadan olgan va ilmiy metodning ayrim o‗ziga xosliklarini ifodalovchi bu 
ilmiy ideal uni deduktiv falsafiy tizim uchun mutlaqo aniq va ma‘lum dalillarni qanday topish 
mumkinligi masalasiga olib keladi. Bu masalaga javob topishga metodik shubha yordam beradi. U 
biz mantiqan shubha qilishimiz mumkin bo‗lgan barcha qoidalarni istisno etish va mantiqan 
shubhasiz sanalgan qoidalarni izlash vositasi xisoblanadi. Аynan shunday shubhasiz qoidalardan biz 
deduktiv tizimimizning dalillari sifatida foydalana olamiz. 
Metodik shubha, shunday qilib, asosli yoki asossiz shubha qilish mumkin bo‗lgan narsani 
emas, balki mantiqan shubha qilish mumkin bo‗lgan narsani topishni ko‗zlaydi. Metodik shubha 
deduktiv falsafiy tizimga dalil bo‗la olmaydigan barcha fikrlarni istisno etish usuli (metodi) 
hisoblanadi. 
Dekart uchun shubhaning o‗zi ham ma‘lum dalillar bilan bog‗liq. Masalan, tadqiqotchilar 
guruhi emas, balki aynan individning o‗zi, alohida fikrlovchi sub‘ekt savollar beradi, ya‘ni shubha 
qiladi. Shuning uchun ham aniqligiga Dekart shubha qilmaydigan qoida individning o‗zi fikrlovchi 
mavjudot ekanligiga bo‗lgan ishonchi hisoblanadi. Bu shubha qilib bo‗lmaydigan xulosa Dekart 
tomonidan qo‗llanuvchi masalalarni qo‗yish usuliga singdirilgan. 
Yangi davrdagi ham ratsionalistik, ham empiritsistik falsafaning aksar qismi uchun fikrlovchi 
individ epistemologik tayanch nuqtasi bo‗lib hisoblanadi. Faqat keyinchalik, tarixga asoslangan 
Gegel uchun yoki, e‘tibor markazida tadqiqotchilar ham jamoasi va ilmiy bilishning taraqqiyoti 
turgan Pirs uchun bo‗lgani singari, birinchi o‗ringa intersub‘ektiv bilish g‗oyasi ko‗tariladi. Xuddi 


103 
shu vaqtda bilish harakatlar, ya‘ni biz qilayotgan ishlar bilan bog‗liq bo‗lishi mumkinligi haqidagi 
tasavvur katta ahamiyat kasb (Gegel va Marksdan Pirs orqali Vitgenshteynga) eta boshlaydi. 
Eng yangi davrda, Nitsshedan boshlab postmodernistlargacha, aql va taraqqiyotga bo‗lgan 
ishonchni bu ishonch avtonom sub‘ektlarga bog‗liqmi yoki tadqiqotchilarning ochiq jamiyatigami, 
qat‘iy nazar, tanqid ostiga oladilar. Metodik shubha yordamida Dekart bilimning har xil turlarini 
sinovdan o‗tkazadi. 
1) Dastlab u falsafiy an‘anani ko‗rib chiqadi. Umuman olganda, faylasuflarning fikrlariga 
shubha qilish mumkinmi? Mumkin, deb javob beradi Dekart. Shuning uchun ham mumkinki, 
faylasuflar ko‗pgina masalalar bo‗yicha kelishmaganlar va shunday bo‗lib qolayotir. 
2) Bizning hissiy idroklarimiz qanday? Ularga mantiqan shubha qilish mumkinmi? Mumkin, 
deydi Dekart va quyidagi dalilni keltiradi. Shu narsa aniqki, ba‘zan biz illyuziya va 
gallyutsinatsiyalarga berilamiz. Masalan, minora yumaloq bo‗lib ko‗rinadi, ammo keyin uning 
kvadrat shaklida ekanligi ma‘lum bo‗ladi. Binobarin, biz bitta o‗sha narsa haqida ikki xil bir-biriga 
zid hissiy tasavvurlarga ega bo‗lamiz. Аmalda biz bir sezgiga boshqasiga qaraganda ko‗proq 
ishonamiz. Biz, aytaylik, minoraga yaqinroq kelganda u aslida kvadrat shaklida ekanligiga ishonch 
hosil qilamiz, chunki u kvadrat shaklida bo‗lib ko‗rinadi, holbuki, uzoqdan u yumaloq bo‗lib 
ko‗ringan 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling