Тарихшунослик фанидан
Yakob Byome panteizmining o„ziga xos xususiyatlari
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”
Yakob Byome panteizmining o„ziga xos xususiyatlari.
Byome asarlarila kitobxon mantiqiy izchillik, tarixiylik, davriylik va boshqa falsafiy sistemaga xos bo‗lgan talablarga binoan qurilgan yaxlitlikni topa olmaydi. Lekin uning asarlari markazida xudoning borligi g‗oyasi yotadi va muallifning barcha fikrlari xudo g‗oyasi bilan birlashadi. Buni biz quyoshdan taralgan nurlarga o‗xshatishimiz mumkin. Quyosh-bu xudo g‗oyasi bo‗lsa undan taralgan nurlar esa Byomening barcha falsafiy fikrlari va g‗oyalaridir. Byome asarlariga intuitiv dunyoqarashi xos bo‗lganligi uchun u ratsional sistemaga o‗xshab qurilmagan. Uning falsafasi markazida xudo g‗oyasi joylashgan va barcha boshqa g‗oyalar badiiy obrazlar (timsoli) orqali bu bilan birlashadi. Vaholanki ratsional dunyoqarshda faylasufning fikrlari bir-biridan mantiqiy izchilik bilan kelib chiqishi kerak. Bu talab fanlarning ratsional talablariga ham to‗g‗ri keladi. Byome asarlarining barchasi bularga to‗g‗ri kelmaydi. Gorfunkel fikricha, Byome asaridagi yaxlitilik irratsional tusga egadir. Byome fikricha xudo-bu eng oliy birlikdir. Xudoda barcha narsalar, beqiyos xilma-xil olam birlashadi. Lekin faqat buni tan olishgina etarli emasdir. Byomemning fikricha xudoning birligini inson tafakkuri tahlil qila olmaydi. Bu shunday sirli birlikki. Xudoning o‗zi ham o‗z borlig‗i haqida tushunchaga ega emas. Xudo bu borliqning o‗zi va u har qanday bilimdan ustundir va uning borlig‗ini hech qanday bilim olamning doimiy o‗zgarishi xudoning yaratish qudarti bilan bog‗liq. Olam bilan xudoning o‗zi ham cheksiz bor, harakatda va yaratilishi jarayonidadir. Xudoning o‗zi o‗zgarmas bo‗lsa ham u o‗zining yaratish qudarti orqali doimiy o‗zgarishda va yaratilishi jarayonidadir. Olamdagi barcha narsalar er va osmon, sanamlar va butlar bular barchasi xudodir. ―Ey nodon inson deydi Byome o‗zining «Erta tong yoki Avrora‖ asarida -sen xudoni borliqdan tashqarida axtarmagin, u borliq ichida, pardalar orqasida yashiringan. Xudoni yashirgan pardalar esa moddiy olamdagi o‗tkinchi narsalardir. Ularning barchasi xudoning liboslari va xilma-xil kiyimlaridir. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling