Тарихшунослик фанидан


I.Kant tarixiy – falsafiy qarashlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

 
I.Kant tarixiy – falsafiy qarashlari. 
Kant ota tomonidan Shotlandiyalik bo‗lgan bo‗lsa, ona tomonidan Germaniyalik edi. 
Onasining ismi Reytir bo‗lgan. Onasi diniy ruhda tarbiyalanganligi uchun o‗z farzandlari ongiga 
diniy ta‘limotlarni chuqur singdirishga harakat qiladi. Otasi hunarmandchilik bilan shug‗ullanib, 
ular oddiygina uyda istiqomat qilishar edi. Kant to‗rtinchi o‗g‗il bo‗lgan. Keyinchalik ilohiyot bilan 
shug‗illangan. O‗g‗il tarbiyasi bilan ko‗proq ona shug‗illangan ―onamni men hech qachon unuta 
olmayman va unitishga haqqim yo‗q. Chunki onam meni tabiatga va insonlarga muhabbatli bo‗lish 
ruhida tarbiyalangan. Manaviy kamolotga erishishimda onamning xizmatlari beqiyos ulkandir‖ 
deydi. O‗spirinlik chog‗ida Muls ismli professor Kantda ilohiyotga havas uyg‗otgan bo‗lsa, 
Knuttsen ismli faylasuf esa unga Leybnits ta‘limotini o‗rgata boshlydi. Universitetga kirishdan avval 
u onasidan ajraladi. Bu vaqtda Kant 13 yoshli bola edi. Kant onasining vafotidan keyin tog‗asining 
moddiy yordami bilan Kant universitetning ilohiyot fakultetga o‗qishga kiradi. Onasining vasiyatiga 
binoan Kant universitetning ilohiyot fakultetiga hujjatlarini topshiradi. Kant talabalik yillarining 
daslabki vaqtlarida ilohiyotni havas bilan o‗rgana boshlagan edi. Lekin keyinchalik ovozi past 
bo‗lganligi uchun qiroat bilan ilohiy duolarni o‗qishga ko‗zi etmagach, uni tark etadi. U boshqa 
fanlarga mehr qo‗yadi, uni shu yo‗lga burib yuboradi. Kant besh yil (1740-1745) davomida 
universitetda o‗qib uni tugatadi. 1746 yili otasi vafot etadi. Otasi vafotidan so‗ng uning moddiy 
hayoti yanada og‗irlashadi. Baxtiga o‗gay tog‗asi qo‗llab-quvvatlab turadi. Uning birinchi risolasi 
―Tabiatdagi jonli kuchlarning haqiqiy bahosi haqida fikrlar‖ tog‗asining hisobiga chop etiladi. Bu 
risolani u 23 yoshida yozgan edi. 
I.Kantning falsafiy ijodi asosan ikki qismga bo‗linadi. 
1.Tanqidiy davrdan ilgarigi (XVIII asrning 70 yillariga qadar). 
2.Tanqidiy davri (XVIII asrning 70 yillaridan ijodining oxirigacha). 
Kuno Fisher esa Kantning falsafiy tizimi tarixini quyidagi davrlarga bo‗ladi. 
1) dastlabki davr (naturfalsafa davri).U vaqtda faylasuf ratsionalizm nuqtai – nazarida turgan. 
2) empirizm davri. U davrda Yumning tasiri umuman, Shotlandiya va Angliya falsafasining tasiri 
katta bo‗lgan va nihoyat 3) tanqidiy davr. Bu davrda Kant uzil – kesil mustaqil o‗ziga xos yo‗lni 
tanlagan. Shuni takidlash lozimki, Kant falsafasini davrlarga bo‗lib o‗rganish osonlik tug‗diradi, 
lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki uning o‗zidan oldin hukumronlik qilgan falsafiy 
maktablarga mustahkam munosabati uning barcha asarlarida, yani dastlabki asarida ham, umrining 
oxirida yodgan asarlarida ham o‗z ifodasini topgan. Kant fikricha, ilohiyot mukammal dunyoning 
g‗oyasiga ega bo‗lmog‗i lozim. Buni rad etish demak, xudo fikrlovchi barcha olamlardan yaxshiroq 
olam bor degandek bo‗lamiz. Lekin eng yaxshi haqiqiy olamni xudo yaratgan. Farovonlik g‗oyasi 
bu xudoning maqsadidir. Keyinchalik u yum tasirida o‗zining tanqidiy davridagi faoliyatini 
boshlaydi. Kantning butun umri sof aqlning tanqidiy asarida o‗zining falsafiy ifodasini topgan. Kant 
juda haqgo‗y bo‗lganligi tufayli boshqalardan haqgo‗ylikni talab etadi. Shuni takidlash kerakki 
Kantning falsafiy qarashlari 1762-1765 yillarda shakllandi. U o‗zining ―Hayotbaxshlik haqida‖ 
risolasida dogmatik falsafani ifoda etgan edi. 


113 
―Salbiy meyorlar va real asoslari‖ nomli asarida (1763) Kant o‗zining emperizm va ratsionizm 
o‗rtasida mo‗tadil o‗rin egallaganligi haqida gapiradi. ―Ruhoniyning tushlari‖ (1766) asarida uning 
Yum agnostitsizmiga yaqinlashganligini ko‗ramiz. Oradan ikki yil o‗tgach, yani 1768 yildan 
etiboran emperizmdan krititsizm tomon o‗tganligi haqida fikr yuritadi. Kant mazkur risolada makon 
nima? Uning xossasi nima bilan belgilanadi? – degan savollarni ko‗taradi. Jismlarning makoniy 
munosabati deydi Kant, ularning holatlariga bog‗liq holatlarning o‗zaro munosabatlarini Kant soha 
deb ataydi. 
Soha degan tushuncha nafaqat masofani balki yo‗nalishni ham o‗z ichiga oladi. Bunga kant 
oddiygina misolni keltiradi. Oq qog‗ozga ikki marotaba aynan bir so‗zni yozaylik. Masalan inson, 
inson so‗zining harflari bir xil harflarning joylashishi tartib ham bir xil lekin ikki so‗z yozilishida 
chap va o‗ngda joylashagan. Biz o‗ngga chapga deyish bilan harflarning joylashishini kuzatuvchiga 
qaratamiz. Agar makonning xossasi obe‘ktlarning qismlari o‗rtasidagi munosabatga bo‗g‗liq bo‗lsa 
unda biz ikki predmetni farqiga bormagan bo‗lar edik. Jismlarning o‗zaro bir – biridan farqi 
shundaki bittasi chapga joylashgan bo‗lsa, ikkinchisi o‗ng tomonga joylashagan bo‗ladi. Qizig‗i 
shundaki Kant bunday xulosa chiqaradi Chapga – o‗ngga, yuqoriga – pastga, oldinda – orqada 
degan iboralarimiz mutlaq makonning xossasi bo‗ladi va shundan keyin ularni ham ularni 
kuzatuvchi xossasiga bog‗liqligini hal etadi. Kan oliy darajadagi fikrlarni ilgari suradi. 
Birinchi davrda Kant erishilgan eng katta yutuqlardan biri – bu kosmologik gipotezalar 
to‗g‗risidagi ishlari edi. 
Ikkinchi davr – tanqidiy davrda kant dualistik falsafiy kontseptsiyani ilgari suradi. 
Agnostitsizm va apriorizm uning ajralmas qismi bo‗lib qoladi. 
Kantning yutug‗i shundaki, shak – shubhasiz inson tafakkurining zaruriy xususiyatidir. Shak – 
shubhasizlik to‗g‗risidagi bunday fikrlashni Kant aql doirasiga kiritadi. Kant fikricha, bunday 
fikrlashning predmetini sof aqlning g‗oyasi tashkil etadi. Kant fikricha, sof aql g‗oyasi 3 xildir. 
Jon haqidagi g‗oyalar (psixologik g‗oyalar). 
Yaxlit dunyo to‗g‗risidagi g‗oya (kosmologik g‗oya). 
Xudo haqidagi g‗oya (teologik g‗oya). 
Umuman kant falsafasi mohiyatan ziddiyatlidir. Shuning uchun Kantni ham so‗ldan, ham 
o‗ngdan tanqid qilishadi. So‗ldan materialistlar Kant falsafasining idealisti tomonlarini tanqid 
qilishsa, o‗ngdan idealistlar uning falsafadagi materialistik tomonlarini tanqid qiladilar. Nemis 
klassik falsafasining keyingi taraqqiyoti Kant falsafasini o‗ngdan tanqid qilish yo‗li bilan rivojlanib, 
dunyoni idealistik tushunishni chuqurlashtirib bordi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling