Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Pozitivizm. 
Pozitivizm g‗arb falsafasida juda keng tarqalgan yo‗nalish sifatida XIX asrning 30 yillarida 
frantsuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) tomonidan asos solingan. Pozitivizm dastlab 
Frantsiyada, so‗ngra Angliyada va G‗arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida rivojlandi: 
Birinchi davr - O.Kont, E.Littre, E.Renan, Robert (Frantsiyada), D.S.Mill, G.Spenser, 
Dj.Lesevich, N.Mixaylovskiy (Rossiyada), K. Kattanso, D. Ferrari, r. Ardigo (Italiyada) kabilarning 
ijod etgan davri. 
Ikkinchi davri – mexanizm va empiriotkrito‗tsizm davri deb ataladi. Uchinchisi nepozitivizm 
davriga bo‗linadi. 
―Pozitivizm‖ tushunchasini O.Kont quyidagicha tariflaydi: birinchidan yolg‗onga qarshi 
haqqoniylik: ikkinchidan, keraksizlikka qarshi foydalanish: uchinchidan shubhalilikka qarshi 
aniqlik: beshinchidan salbiylikka qarshi ijobiylik va nihoyat oltinchidan buzg‗unchilikka qarshi 
tuzuvchanlik. 
Inson bilimi, tafakkuri oldinga qarab harakat qiladi. Shuning uchun u o‗z tarixiga ega insoniyat 
taraqqiyotni shu tarzda o‗rganish quyidagi qonuniyatni ochishga olib keladi, yani u uch bosqichli 
qonuniyat deb ataladi. Birinchisi – teologik, ikkinchisi – metafizik yoki mavhumlashgan, uchinchisi 
– pozitiv yoki ilmiydir. Inson bilish jarayonida ana shu yo‗llardan, alabatta o‗tadi. Demak bu 
uslublardan uch turdagi falsafiy dunyoqarash yoki umumiy qarashlar tizimi vujudga keladi. 
Birinchisi ijod tafakkurining boshlang‗ich harakatga keluvchi nuqtasi: ikkinchisi – o‗tuvchanlik 
rolini o‗ynaydi: uchinchisi - aniq yakuniy holatdir. 
Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g„oyalari. 
Nemis klassik falsafasi tarix falsafasini o‗rganishning nihoyatda murakkab qismi bo‗lib, uni 
nihoyatda masuliyat bilan o‗rganish zarurdir. Nemis klassik falsafasi frantsuz ma‘rifatchiligi kabi 
eski illatlarni bartaraf etishda hamda kapitalistik munosabatlarning qiyinchiliksiz rivojlanishida 


112 
yangi tuzum manfaatlarini himoya qilgan. Shuning uchun u aqlni eski idealogiyaga qarshi 
hukmronligi to‗g‗risidagi g‗oyani e‘tirof etadi va rivojlantiradi. Nemis jamiyatiga hamda nemis 
ijtimoiy fikrlariga XV asr oxirida bo‗lib o‗tgan frantsuz inqiloblari juda katta tasir ko‗rsatgan. Bu 
inqilob shu davrgacha bo‗lib o‗tgan inqiloblardan izchil va qat‘iy farq qiladi. Germaniyada falsafiy 
va ijtimoiy – siyosiy fikrlarning ma‘lum darajada rivojlanishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Nemis klassik 
– falsafasida Germaniyadagi o‗tmish falsafiy fikrlar an‘analariga nisbatan murosachilik 
munosabatda bo‗lishda diniy nuqtai nazar ustun turadi. Ularning ijtimoiy – siyosiy xulosalari o‗zlari 
ilgari surgan ―sof‖ fikrlash doirasidagi umumiy fikrlarga qarama-qarshi turar edi. Lekin o‗z 
pozitsiyalarida izchil bo‗lmasdan nemis klassik falsafasi falsafiy fikrlar taraqqiyotida muhim qadam 
hisoblanadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling