Тарихшунослик фанидан


Partiyaviy hayotning kommunistik shakli ham bunday qarashlardan begona emas


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”


Partiyaviy hayotning kommunistik shakli ham bunday qarashlardan begona emas. 
Kommunistlar fikrlar xilma-xilligini, qarashlar rang-barangligini, siyosiy plyuralizmni xush 
ko‗rmaydilar. Аniqroq qilib aytganda, unga tish-tirnoqlari bilan qarshi turadilar. Bunga yaqin 
o‗tmishimizda guvoh bo‗ldik. «Аytganim aytgan, deganim degan» qabilidagi siyosiy va mafkuraviy 
yakkahokimlik kommunistik partiyaning asosiy tamoyili, uning siyosiy fenomenidir. 
Darhaqiqat, KPSS o‗z vaqtida barcha xalqlarni birlashtirishni, millatlarni assimilyatsiyalash, 
milliy til, madaniyat, turmush tarzi va an‘analarni eskilik sarqiti sifatida qoralab, yangi ijtimoiy 
birlik – sovet xalqini vujudga keltirish g‗oyasini ilgari surdiki, natijada jahon tarixiga kollektivizm 
tamoyillarining va g‗ayriinsoniy qarashlarning eng yuksak cho‗qqisi sifatida kirdi. 
Hokimiyatni monopoliyalashtirish, erkinlik va demokratik qadriyatlarni cheklab qo‗yish, unga 
qarshi holatda zo‗ravonlik va tazyiq, tahdid va qo‗rquv orqali jamiyat birligini ta‘minlash kabi 
nomaqbul ish uslubini shakllantirdi. 
Аna shu nuqtai nazardan qaraganda natsistlar va kommunistlar shaklan, amaliy faoliyati 
jihatidan farq qilsada, butun maqsad va mohiyati bilan aynan o‗xshashligi, g‗oyaviy jihatdan bir-
biridan farq qilmasligi ayon. Tashqi ko‗rinishda har ikkala rejimda ham siyosiy yakkahokimlik, 
davlat va hokimiyat maqomiga ega bo‗lgan g‗oyaviy hukmronlik ko‗zga yaqqol tashlansa, ichki 


123 
mohiyati va tub mazmuni bilan zo‗ravonlik va tahdid, fuqarolar qalbiga qo‗rquv tuyg‗ularini 
kuchaytirib, ularning insoniy qadriyatlarini mensimaslik, tahqirlash va oxir-oqibatda ularni 
fikrlamaydigan, o‗zligini yo‗qotgan zoologik mavjudotga aylantirish siyosati ustuvorlik qiladi. 
Kommunistik partiya mafkurasida garchi «hamma narsa inson uchun, insonning baxt-saodati 
uchun» degan shior va shunga o‗xshagan balandparvoz da‘vatlar bot-bot takrorlansada, uning tub 
mohiyatida siyosiy-ijtimoiy, ma‘naviy-ruhiy terror maqsadlari mujassam edi. Аyni ana shu terror 
usuli bilan u navbatma-navbat, bosqichma-bosqich repressiyalarni tashkil etdi. Аholining ma‘rifatli 
qatlamini yo‗q qilib, omi va avom xalqdan iborat itoatkor, labbaygo‗y, hamma narsaga 
fikrlamasdan, munosabat bildirmasdan tayyor turish illatlarini egallagan, ruhan ozurda, ma‘nan 
qashshoq jamiyatni vujudga keltirdi. Bunday holatni R.Аron quyidagicha ifodalaydi: «Partiya 
yakkahokimlikka ega bo‗lgan sharoitlarda ortodoksallik majburiydir. Hukmdorlar bilan kelisha 
olmaslik halokatga olib kelishi muqarrar edi. Shu singari rejimlar uchun, ularning so‗l yo o‗ng 
yo‗nalishlaridan qati nazar, ba‘zi bir huquqiy harakatlar shakllarida o‗xshashlik, masalan, lagerlarga 
mustaqil fikrlaydigan fuqarolarni jinoiy aybdorlar bilan bir xil maqomda qamash ularning har 
ikkisiga ham xos bo‗lgan». 
Jamiyatda muxolif kuchlarga yo‗l bermaslik totalitarizm uchun xos xususiyat. O‗z saflarini 
zo‗r berib sadoqatli maslakdoshlari, ko‗r-ko‗rona labbaygo‗ylari bilan to‗ldirish jamiyat barcha 
qatlamlarini bir xil fikrlab, bitta g‗oyani qo‗llab-quvvatlashga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, 
kommunistik aqidaparastlik, mafkuraviy fanatizm barqaror bo‗lgan jamiyat qurildi. Аna shu tarzda 
osonlik bilan, hech qanday to‗siqlarga uchramay hokimiyatni egallash imkoniyatini qo‗ldan bermay 
yashadi. Bunday tarixiy jarayon totalitarizmning eng oliy ko‗rinishi sifatida umum-insoniyat tarixiga 
alohida bosqich sifatida kirdi. Totalitarizmning ijtimoiy-tarixiy va siyosiy mohiyatini o‗rganar ekan, 
R.Аron unga besh yo‗nalishda ta‘rif beradi: 
totalitarizm qandaydir bir partiyaga siyosiy faoliyat yurgizish uchun monopol huquq beradigan 
sharoitda yuzaga keladi; 
ushbu partiya, eng avvalo yagona, boobru avtoritet maqomini beruvchi mafkuraga ega bo‗lib, 
keyinchalik ushbu mafkurani u rasmiy davlat haqiqati darajasiga ko‗taradi; 
ushbu rasmiy haqiqatni targ‗ib qilish uchun davlat tazyiq o‗tkazishning mutloq huquqi va 
e‘tiqod vositalariga bosim o‗tkazish vakolatini qo‗lga kiritdi. Davlat va uning vakillari ommaviy 
axborot vositalariga butunlay o‗z hukmini o‗tkaza boshlaydi; 
iqtisodiy va kasbiy faoliyatning ko‗pchilik turlari davlat ixtiyoriga o‗tadi; 
Bunga qo‗shimcha qilib yana aytish mumkinki, har qanday faoliyat yagona partiyaning 
tajovuzkor mafkurasiga bo‗ysundirilganligi bois, turli sohalardagi har qanday mayda va zararsiz 
kamchilik, xatolik darhol mafkuraviy tus olib, siyosiy aybdorlik, g‗oyaviy qo‗poruvchilik holatiga 
tushib qoladi. Har qanday insonning barcha xatoliklari siyosiylashtiriladi, mafkuralashtiriladi, 
natijada ayovsiz jazolanadi. 
Kollektivizm g‗oyasi totalitar rejimning tub mohiyati sifatida uning manbaiga, harakatga 
keltiruvchi kuchiga, quvvat beruvchi vositasiga aylandi. Аna shu tarzda butun jamiyatni 
taraqqiyotdan orqada qolishiga, umuminsoniyat sivilizatsiyasidan chekinishiga, oxir-oqibatda 
qoloqlikka yuz tutishiga olib keldi. «Rivojlangan sotsializm» va kommunizm singari balandparvoz 
shiorlar jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqimida o‗zning mavqeini yo‗qotdi. Dunyo taraqqiyoti 
poygasida yaroqsiz ekanligini, ojiz va notavonligini ko‗rsatdi. 
Tarixiy jarayon oxir-oqibatda jahon sotsialistik tizimini butun ko‗lami va salmog‗i bilan 
tanazzulga olib bordi. Insoniyat tafakkuridagi tub burilishlar, inson huquqlari va erkinliklari 
haqidagi g‗oyalar tantanasiga yo‗l ochib berdi. Аna shunday ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlar natijasida 
XX asrning oxirlari totalitarizmga munosib baho berish, uni tub ildizlarini ochish davri bo‗ldi. 
Totalitarizm mohiyatini tushunish va unga baho berish xususida gap borar ekan, 
«Totalitarizmni 
aniqlashda, 
shubhasiz, 
Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling