Тарихшунослик фанидан


Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

 
Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi 
Sobiq ittifoq va jahon sotsializm tizimining falokatga yuz tutishi bilan halqaro hamjamiyatning 
geosiyosi strukturasi o‗zgardi. Xalqaro munosabatlarning ikki buyuuk davlatni AQSh va Sobiq 
Ittifoqi o‗rtasidagi kuchlarning ayniqsa harbiy sohadagi nisbiy mutanosibligiga kapitalistik va 
sotsialistik tizimlar o‗rtasida dunyoni ―sovuq urush‖ asosida qarama–qarshi bloklarga bo‗linishiga 
asoslangan ikki ikki qutbli sistemasi barham topdi halqaro hamjamiyat halqaro munosabatlarning 
yangi davriga – yangicha dunyoviy tartibotga qadam qo‗ydi. Jahon siyosatshunosligida dunyoda 
yuzaga kelgan yangicha vaziyat to‗g‗risida bahs–munozaralar avj ola boshladi. 
“Tarixning intihosi (nihoyasi)” kontseptsiyasi 
Mazkur munozaraga birinchilar qatori ―tarixning intihosi‖ ta‘limotining asoschisi amerikalik 
siyosatshunos olim Frensis Fukuyama hisoblanadi. Uning fikricha eng buyuk kommunistik davlat – 
Sovet Ittifoqining qulashi va ijtimoiy tuzum sifatida sotsializm o‗z–o‗zidan barham topishi 
dunyoning bapolyar, yani ikki qutbli tizm tugashi va ko‗pqutblilik holatiga o‗tishi bilan cheklanib 
qolmasdan anana‘viy, yani ijtimoiy manoda tarihning ham intihosiga etishini anglatadi. ―Tom 
manoda tarix yakuniga etdi: mafkuraviy evolyutsiya tugadi va boshqaruvning so‗nggi shakli sifatida 
G‗arb liberal – demokratiyasining universiallashuvi boshlandi‖, - deb yozadi u. Dunyo endi liberal – 
demokratiya darajasiga etgan tarixdan keyingi‖ xalqlar va hali ―tarixda mavjud‖, lekin 
rivojlanishning asosiy maqsadi mutlaq g‗arblashish (vesternizatsiya) bo‗lgan hamda AQShda 
o‗zining yorqin ifodasini topgan g‗arbona qadriyatlar orqali ―tarixdan keyingi‖ mamlakatlar 
hamjamiyatiga qo‗shilishidan iborat xalqlarga bo‗linadi. Aynan AQSh jahon hamjamiyatiga 
etakchilik vazifasini va yangicha dunyoviy tartibot uchun masuliyatni o‗z zimmasiga oluvchi 
yagona buyuk davlat sifatida ko‗rsatmadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling