Тарихшунослик фанидан


J.J. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

J.J. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari. 
J.J. Russo 1712 yil Jenevada soatsozlar oilasida dunyoga keladi. U dastlabki ta‘limni o‗zi 
tug‗ilib o‗sgan joyidan oladi. U 1741 yili Parijga kelib, u erda Golbax Didro va boshqalar bilan juda 
yaxshi munosabatda bo‗ladi. Russo Didro tashkil etgan ―Entsiklopediya‖da uning taklifiga binoan 
ishtirok etadi. Russoning jamoatchilikka keng tanilishida uning ―fan va sanat haqidagi mulohazalar‖ 
(1750) asri muhim ahamiyat kasb etganligi malum. 
Russoning ―Insonlar o‗rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari to‗g‗risida 
mulohazalar‖ asri uning obro‗siga yana obro‗ qo‗shadi. U ―fanlarning manaviyatga tasiri‖ asarida 
o‗zi yashab turgan sivilizatsiyani tengsizlik sivilizatsiyasi deb tanqid qiladi. Shuningdek, u 
takidlaydiki, fan taraqqiyoti inson tabiatini, manaviyatini takomillashtirmaydi. Albatta bu bilan u fan 
va madaniyatga qarshi chiqqan, deyish noto‗g‗ridir. Fanga hujum qilayotganim yo‗q, lekin ezgulikni 
himoya qilayapman deydi u. Russo ijtimoiy muammolar va huquqsizlik, zulmining manbaini 
ijtimoiy tengsizlikda, yani mulkiy tengsizlikda ko‗radi. Mulkiy tengsizlik azaliy emas. U quyidagi 
bosqichlardan iborat. 
Ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichi – boy va kambag‗alning yuzaga kelishi. 


111 
Davlatning kelib chiqishi bunda boylar bilan kambag‗allar bitm tuzadilar. Qonuniy 
hokimiyatninig zo‗ravonlikka aylanishi. Avval xalq podsho va huquq tomonidan aldangan bo‗lsa, 
zo‗ravonlikda esa zo‗ravon qonunlar xalqni aldaydi va unga hamla qiladi. 
Keyinchalik uning asarlari hukumat tomonidan taqib qilinia boshlandi. U xibsga olinishidan 
qo‗rqib, Fransiyadan qochib, Shvetsariya (1762) ga keladi. Russo ko‗p yillar Volterbilan bahs 
munozaralar yuritgan. Russo faylasuflar bilan munozaralarda takidlaydiki, xudo aql va yaxshilik 
manbaidir . Russoning ijtimoiy–siyosiy qarashlari uning ijodida markaziy o‗rin egallaydi. Tenglik 
jamiyatning tabiiy holati inson o‗z mohiyati jihatidan xoh ishlab chiqarishda xoh istemolda hech 
kimga bog‗liq emas. Bunday jamiyat idealdir. Kelajakda bunga erishish mumkin emas, lekin unga 
qaytish mumkin. Unda kishilar boylik, xususiy mulk nimaligini bilishmasdi. Xususiy mulk 
bo‗lmagan erda adolatsizlik bo‗lishi mumkin emas. Xususiy mulkning kelib chiqishi insonlar 
manfaatlariga ziddir. Bu aslida birovlar hisobiga boyish demakdir. Umumiy erk umumiy 
manfaatlarni nazarda tutadi. Barchaning erki shahsiy manfaatlarini hisobga oladi. U yakka – yakka 
manfaatlar yig‗indisidan iborat. U feodalizmni qoralab, adolatli jamiyat tashkil etish yo‗lida ijtimoiy 
kelishuvni ishlab chiqdi. U o‗z ijtimoiy qarashlarida fransuz jamiyatining kambag‗al fuqarolar 
manfaatlarini himoya qildi. Shuning uchun ham Russo ijodining markazida inson muammosi va 
ijtimoiy tengsizlik masalasi yotgan. Faylasuf ijtimoiy fikrlar tarixida o‗zining ijtimoiy axloqiy 
muammolar va tarbiya nazariyasi bilan mashhur bo‗lgan. ―Yangi eloiza‖ romani ―Emil yoki Tarbiya 
haqida‖ gi risolalarida axloq va tarbiya masalalarini mohirlik bilan ifodalagan. Russoning siyosiy 
ideali – to‗g‗ridan – to‗g‗ri demokratiyadir. Unda qonunlar bevosita barcha fuqarolarning majlisida 
qabul qilinadi. Albatta, bu g‗oyalarni hududiy jihatdan kichik bir davlatlarda amalga oshirish 
mumkin. Russoning axloqiy ta‘limoti tenglik g‗oyasi va shaxs erkinligi bilan chambarchas bog‗liq. 
Bu axloq – fuqaro jasorati, respublikachining vatanparvarligidir. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling