Тарихшунослик фанидан


Tarix – inson, zamon va makon falsafasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Tarix – inson, zamon va makon falsafasi 
Tarixni vaqtdan ajratib bo‗lmaydi. U vaqt, muddat va zamonda yuz bergan, ma‘lum bir 
makonda vujudga kelgan voqea-hodisalar birligi. Ana shu zamon va makonda shakllangan 
an‘analar, turlicha qarashlar, ma‘naviy-ruhiy hodisalar, ijtimoiy munosabatlar zamirida hatti-
harakatlar o‗z izini qoldiradi. Harakatlar zamirida esa ma‘lum maqsad va intilishlarni o‗zida 
mujassam etgan voqealar yotadi. 
Tarixning o‗ziga xosligi, ijtimoiy hodisaligi ma‘lum bir davr, zamon va makon mohiyatini 
o‗zida mujassam etganligi bilan, uning butun fenomenini belgilashi bilan baholanadi. Boshqacha 
qilib aytganda, uning mazmun-mohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hodisa sifatidagi o‗ziga 
xosligini ko‗rsatadi. Ayniqsa, yuksak ko‗tarilyshlar, sakrashlar, taraqqiyotning eng baland 
cho‗qqilariga chiqqan davrlarda tarixning sivilizatsiyani vujudga keltiruvchi buyuk hodisa sifatidagi 
fenomeni ko‗zga yaqqol tashlanadi. 
Tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi. Inson ongi va tafakkuri, 
qalbi va tuyg‗ulari orqali yuzaga kelgan hodisa sifatida qadriyatga aylanadi. Ana shu jihatdan 
qaraganda inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyatni taraqqiy ettirish 
yo‗lidagi sa‘y-harakatlari, butun bir xalq, butun bir jamiyat mentalitetini belgilaydi. Ana shu 
mentalitet – millat yoki xalqning umumiy madaniy-ma‘naviy darajasi, aql-idroki va tafakkur 
maydoni nechog‗ligiga qarab taraqqiyotning yoxud tanazzulning mazmun-mohiyati ochiladi. Tarix 
esa ana shu o‗ta murakkab, o‗ta ziddiyatli, ayni paytda nihoyatda qudratli ruhiyat orqali, faoliyat 
orqali xotiraga aylanadi. Turli ijtimoiy-siyosiy hodisalar, voqealar shu tarzda vujudga keladi va 
tarixiy taraqqiyot shajarasining bo‗g‗inlarini tashkil etadi. 
Qadimiy donishmandlarning aytishlaricha, «Ko‗r ko‗rni etaklasa, ikkovi ham jarga qulaydi». 
Ana shu nuqtai nazardan inson tafakkuri va jamiyat taraqqiyoti, insonning madaniy-ma‘naviy 
imkoniyatlari va tarixiy jarayon o‗rtasidagi munosabatlarni aniqlab olish qiyin emas. Qariyb uch 
ming yillik tariximizning turli davrlarida xalq turli holatlarga tushganligining, buning sabablari va 
mohiyatining ildizi qaerdaligini yuqoridagi xulosalardan bilish mumkin. 


42 
Shaxsning jamiyatda tutgan o‗rni, uning jamiyat taraqqiyotidagi roli yana ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Tarix falsafasi, tarixiy tafakkur bizni ana shu ulkan muammolar atrofida 
jiddiyroq mushohada yuritishimizni taqozo etadi. 
Har qanday jamiyat taraqqiyot va tanazzul, turli ko‗tarilish va pasayish davrlarini boshdan 
kechiradi. Tarix qahramonlik davrlarini, har tomonlama shakllangan davlatchilik va boshqaruv 
tizimiga ega bo‗lgan holatlarni, mintaqalararo taraqqiyotlar o‗rtasidagi aloqalar rivojlangan 
zamonlarni ko‗rgan. Sivilizatsiyaning hayotiyligi, yashovchanligi, uning uzluksiz davom etishi 
bevosita odamlarning ma‘naviy darajasi, hayotiy omillarning barqarorligi, inson faoliyatining 
uzviyligi, faolliga va doimiy uzluksiz faoliyatning ta‘minlanganligi bilan belgilanadi. 
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, uzoq o‗tmishimizning yuksak sivilizatsiyalashgan davrlar 
bilan tanazzulga uchragan davrlari, ularning mantiqiy, siyosiy va ijtimoiy asoslari, iqtisodiy zamini 
va siyosiy tafakkuri bilan yaxlit holda tadqiq etilganda uning bir butun falsafasi vujudga keladi. Bir 
butun qiyofasi yaratiladi. Shu tarzda tarix fenomeni orqali ajdodlarimiz fenomeni, millat va xalq 
sifatidagi mentaliteti ko‗zimizga yaqqol tashlanadi. 
Umumjahon tarixini o‗rganish, umuminsoniyat o‗tmishini tadqiq etish inson haqidagi 
tushunchalarimizni boyitishga, inson faoliyati, uning imkoniyatlari xususidagi xulosalarimizni 
kengaytirishimizga yordam beradi. Biz insoniyat tarixini, jumladan, o‗z ajdodlarimiz o‗tmishini 
o‗rganish orqali olamni o‗rganamiz, olam haqidagi tasavvurlarimizni boyitib, xulosalarimizga yana 
ham aniqlik kiritamiz. Bizning olam va odam haqidagi tushunchalarimizni kengaytirishimizning 
yagona yo‗li olamni tadqiq etish, olamni anglash, uni tushunishdir. 
Tarix kishilik jamiyati taraqqiyotining yaxlit mohiyatini tafakkur orqali idrok etiladigan 
suvratdir yoki tafakkur orqali ongimizda mangu chizilgan xotirot. Shunday ekan, biz olamni tarix 
orqali, insoniyat taraqqiyotining bosqichlari, evolyutsiyasi orqali anglaymiz. U orqali bugungi 
kunimizning mazmunini, mohiyatini tushunib olamiz, ertangi kungi maqsadlarimizni, orzu-
umidlarimizni belgilaymiz. Shu jihatdan qaraganda biz o‗zimizni olamdan ajralgan holatda tasavvur 
etolmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, olamdan ayri tusha olmaymiz. Olamdan ayrilsak, 
o‗zimizdan ayrilamiz. Olamni yo‗qotsak, o‗zimizni, o‗zligimizni yo‗qotamiz. Olam va odam 
o‗rtasidagi bog‗liqlik ayni olam yaxlitligi va odam butunligidir. Ayni ana shunday mushtaraklik 
ularning har ikkovini ham, bir-birini ham to‗ldirib turadi va butun o‗tmish, bugun va istiqbolni 
bog‗lab turadi. Tarix xotira-sining abadiyatini, uzviyligini, davomiyligini belgilaydi. Tarixiy 
tafakkur va tarix falsafasining noyob qadriyati, buyuk sabog‗i ana shunda. 
Tarix – inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, kechinmalari, his-
tuyg‗ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki o‗tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, 
ma‘naviy-ruhiy kechinmalari, sodir etgan voqea-hodisalari, maqsad va intilishlari haqidagi fandir. 
Aslini olganda tarix faqat o‗tmish haqidagi ma‘lumotlar yoki xotiralar ham emas. Uning buyuk 
qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o‗tmishni o‗rganish, tadqiq etish orqali bugunni 
baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni yo‗naltirish borasidagi fikrlarni, 
g‗oyalarni o‗zvda mujassam etganida! Agar biz tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‗lsak, 
uning butun ko‗lamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini chuqurroq anglaymiz. Muarrix 
tarixiy sanalar, voqealar, hodisalar atrofida fikr yuritar ekan, u eng avvalo inson, uning dunyosi 
xususida o‗ylashi kerak, dedik. Agar haqiqatan ham inson tarixning tadqiqot ob‘ektiga aylansagina, 
u orqali, faqat va faqat u orqali tarixning butun ko‗lamini, mohiyatini ochib bera olamiz. Aks holda, 
quruq bayonchiliqdan iborat bo‗lgan ma‘lumotlar to‗plamlarini yana yarataveramiz, odamlarni 
bezdiraveramiz. Yuqoridagi xulosalar va mushohadalarni hisobga olib, tarixshunoslikni majoziy 
ma‘noda insonshunoslik deyishimiz mumkin. 
Gegel iborasi bilan aytganda, tarix falsafasi bu dunyoqarashlar, tarixiy tafakkur va tarix 
xotirasi haqidagi fandir. U ma‘naviyat fenomeni, ruhiyat fenomeni sifatida inson va tarixiy tafakkur 
o‗rtasidagi bog‗lyqiikni o‗rganadi. 


43 
Agar chindan ham tarixni ma‘naviyat va ruhiyat fenomeniga aylantirsak, aniqrog‗i, uni 
shunday idrok etib, shunday tadqiq etsak, yana va yana o‗tmishni sana va voqealar orqali emas, 
inson orqali o‗rganishga ehtiyoj sezamiz. Oxir-oqibatda Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi, 
dunyoga keltiruvchi eng oliy xilqat ekanligini va bu rad etib bo‗lmas haqiqat, tengsiz qadriyat 
ekanligini tan olamiz. 
Insoniyat tarixi bu har birimizga bog‗liq bo‗lgan, o‗zligimizni ko‗rsatadigan, bizning olis 
shajaramizni, naslu nasabimizni, insoniy qadru qimmatimizni belgilaydigan, muqaddas va mo‗‘tabar 
voqelik. Biz uni shunday tushunishimiz va shunday qabul qilishimiz kerak. Agar o‗tmishimizga 
shunday munosabatda bo‗lsak, ana shu yuksaklikdan turib unga qarasakkina, tarix ayni tafakkur 
mahsuliga aylangan taqdirdagina bizni ma‘naviy jihatdan boyitishi, ruhiyatimizga qudrat baxsh 
etishi mumkin bo‗ladi. Ana shu jihatdan qaraganda butun hayot shajarasini davom ettirayotgan, 
o‗ziga xos tarix yaratayotgan odamlarning dunyoqarashlari, ma‘naviy-ruhiy kechinmalari, insonlik 
sha‘ni nimalarga bog‗liqligi, uning ildizlari qayoqlarga etib borishi va qanday ma‘naviy 
sarchashmalardan ozuqa olayotganligi aniq bo‗ladi va u bevosita tarix va tarixshunoslik bilan 
bog‗liq ekanligi ko‗zga yaqqol tashlanadi. Agar tarix chindan ham falsafa va tafakkur mahsuliga 
aylantirilsa, zamondoshlarimizning o‗tmishi kimlarga borib taqalishi ayon bo‗ladi va hayotda o‗z 
o‗rnimizni belgilashimizga, o‗zimizning kimligimizni anglab olishimizga yordam beradi. 
Gegel ta‘biriga ko‗ra tarix davlatchiliqdan boshlanadi. «Xalq davlat qurilishisiz hech qanday 
tarixga ega emas», – deydi alloma. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy davlatchilik 
tariximizning qariyb uch ming yilligini nishonlash arafasida turgan xalqimiz o‗z taqdirini butun 
insoniyat taqdiri, kishilik tarixiy taqdiri bilan bog‗liq holda ko‗radi. Ayni ana shu taqdirdoshlik, ayni 
ana shu insoniyat tarixining ibtidosi bilan bog‗liqlik bugun butunlay yangi jamiyat qurayotgan 
xalqimiz qiyofasini ko‗rsatmoqda. O‗zining qadimiy milliy davlatchilik an‘analari bilan jahon 
davlatchiligi ilg‗or tajribalarini uyg‗unlashtirib, sintezlashtirgan holda «o‗zbek modeli»ni dunyoga 
taqdim etib, dunyoni hayratga solayotgan o‗zbek xalqining fenomeni jahon mehvarida paydo 
bo‗lmoqda. 
O‗zbek xalqi tarixi, uning kechmishi bevosita tarix falsafasi va tarixiy tafakkur orqali bugun 
odamlarni uyg‗otmoqda, ular diqqatini o‗ziga tortmoqda. Zamondoshlarimiz ongi, qalbi orqali butun 
o‗gmish o‗z yutuqlari va nuqsonlari bilan yaxlit holda jonlanmoqtsa. Shu asosda xalqimizning 
ma‘naviy qudratiga, ruhiy tayanchiga aylanmoqda, olis istiqbolni belgilashda o‗ta muhim omil 
sifatida xizmat qilmoqda. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling