Тарихшунослик фанидан


Tarix falsafasi va milliy istiqlol


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Tarix falsafasi va milliy istiqlol 
Birinchi Prezident Islom Karimov tarixga munosabatni tubdan o‗zgartirish hayot taqozosi 
ekanligini dolzarb masala qilib ko‗tardi. Bugun tarixga munosabatning, tarixnavislikning 
metodologiyasini, tadqiqot usuli va uslubini tubdan o‗zgartirish hayot talabi ekanligini ko‗rsatib 
berdi. 
Yurtboshimiz o‗tmishimizni qayta ko‗rib chiqib, uni milliy qadriyat darajasiga ko‗tarib, 
butunlay yangi nazar bilan g‗alvirdan o‗tkazishni kun tartibiga qo‗ymoqda. Buning quyidagi asoslari 
bor: 
Birinchidan, bugungi O‗zbekiston jahon xaritasida endigina paydo bo‗lgan tasodifiy 
mamlakat emasligini, uning ildizlari nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko‗rsatish va 
farzandlarimiz ongiga singdirish. 
Ikkinchidan, sobiq sho‗ro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan 
tarixni o‗z o‗rniga qo‗yish, tarix haqiqatini, hayot haqiqatini ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash. 
Unga munosib baho berish orqali millatimiz izzatini joyiga qo‗yish. 
Uchinchidan, shu asosda xalqimiz, ayniqsa yosh, navqiron avlodimiz qalbida milliy g‗urur, 
milliy iftixor, o‗z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‗ularini kuchaytirish. Buyuk o‗tmishga munosib 
buyuk millat bo‗lish. Ertangi kunga katta ishonch va istiqlol g‗oyalariga e‘tiqod bilan yashashni 
turmush tarziga aylantirish. Masalaning yana ham jiddiyroq tomoni bor. Bu bevosita tarixshunoslik, 
tarixnavislik muammosi bilan bog‗liq. Hammamizga ma‘lumki, sho‗ro hukumati davrida xalqni 
ataylab savodsizlantirish, o‗z o‗tmishidan ajratib qo‗yish, ajdodlari, naslu nasabi va bugun tarixidan 
bexabar qilish siyosati mavjud bo‗lib, u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan, kommunistik 
mafkuraning butun mazmun-mohiyatini tashkil etgan edi. Shuning uchun ham yozilayotgan ilmiy 
kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bo‗lib, ma‘lumotnoma tusini olgan edi. Ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarga bunday yuzaki munosabat va tarixiy sanalarnigina sanab o‗tish kabi tarix fani 
metodologiyasi yaratildi. Bu metodologiyaning asosiy maqsadi odamlar ongini zaharlash, ular 
fikrini chalg‗itishdan iborat edi. Shuning uchun ham, eng avvalo, yuz bergan voqealar va tarixiy 
jarayonlar nihoyatda jozibasiz, haroratsiz, o‗quvchiga ta‘sir qilmaydigan, uning qalbidan va 
shuuridan o‗rin olmaydigan, aksincha, uni zeriktiradigan va oxir-oqibatda esa butun tarixdan ixlosini 
qaytaradigan qilib bayon etildi. 
Natijada millatlarni yo‗q qilib tashlash, fuqarolar qalbidagi milliy g‗urur, milliy iftixor 
tuyg‗ularini so‗ndirish, ular dunyoqarashini chegaralab qo‗yish uchun harakat qilindi. O‗ziga ham, 
o‗tmishiyu kelajagiga ham befarqlik va loqaydlik bilan qaraydigan aholi qatlami «tarbiya»lab 
etishtirildi. 
Ana shunday noqobil va g‗ayriinsoniy siyosat barbod bo‗lgach, endi o‗z tariximizni qaytadan 
tiklash, uni ilmiy, tarixiy va hayotiy haqiqat nuqgai nazaridan turib yangitdan yaratishni davlatning 
o‗zi talab qilmoqda va bunga homiylik qilmoqda. O‗zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix 
institutining O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarqatib yuborilishi va uni 
qaytadan tashkil etish to‗g‗risidagi qarorining siyosiy qadriyatini, ma‘naviy va ijtimoiy ahamiyatini 
alohida ta‘kidlash joiz. Hukumat qarori va shaxsan Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi 
bilan Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida «O‗zbekistonning yangi tarixi» markazining 
ochilishi fikrimizning yorqin dalilidir. 
Tarixnavislikda sho‗ro davrida shakllangan biqiq «metodika» barcha tarixga qiziquvchilarni va 
o‗rganuvchilarni qolipga solib qo‗ydi. Yuz bergan hodisalar va ijtimoiy-siyosiy voqealar atrofida 
fikrlamasdan, faqat bayonchilik bilan shug‗ullanish, xabarkashlik tendentsiyasi vujudga keldi. Bora-


47 
bora bu ilmiy «maktab»ga aylandi. Bu nomaqbul maktabning esa nihoyatda nochoru notavon, 
g‗oyaviy jihatdan buzuq, mafkuraviy jihatdan aynigan, ilmiy jihatdan soxtalashgan, siyosiy jihatdan 
yaroqsiz ilmiy uslubi va hayotdan uzilgan aqidasi vujudga keldi. 
Tarixga munosabatning o‗zgarayotganligi va tobora jiddiy tus olayotganligi ijobiy hodisa. 
Biroq hamon shoshmashosharlik, masalaga yuzaki yondashish, har tomonlama puxta o‗rganmasdan 
xulosalar chiqarish illatlari bizni tark etgani yo‗q. Natijada ilmiy haqiqatdan uzoq, tarix haqiqati 
buzilgan darsliklar paydo bo‗lmoqda. 
Oldinlari bir tomonga og‗ib ketgan bo‗lsak, endi boshqa tomonga og‗yapmiz. Vaholanki, 
ilmda muvozanat bo‗lmog‗i kerak. Endi tariximizni tiklaymiz degan ehtiroslaru chinakam aql-
idroqdan uzoq bo‗lgan hissiyotlar jo‗sh urib ketdi. Natijada palapartishlik, tarixiy dalillarning ola-
quroqligi, voqealarning ma‘lum bir tizimga solinmaganligi va tarixiy izchillikning yo‗qligi ko‗zga 
yaqqol tashlanmoqda. Ayrim darsliklar nuqul rivoyat va badiiy asarlardan yaxlit ko‗chirmalar holida 
nashr etilmoqda. 
Tarixnavisligimizdagi yana bir muammo shundaki, biz hamon mustaqil fikrga ega 
bo‗lolmayapmiz. Hamon kimlarningdir soxta g‗oyalariga tayanyapmiz. Ma‘lumki, sobiq sho‗ro 
tuzumi davrida olimlarimiz har bir fikr-mulohazasini marksizm- leninizm klassiklari uydirmalaridan 
ko‗chirmalar olib «asoslab» berishardi. Istiqlol yillarida ham o‗zlarining ilmiy jihatdan ojiz va 
nochor «fikr»lariga chetdan tirgak izlayotgan tarixchilarimiz yo‗q emas. Ayniqsa, bir paytlar «ilmiy 
ateizm» fanining darg‗alari hisoblangan ayrim olimlarimiz bugun tariximizni butkul diniy yo‗singa 
burib yuborish bilan ovora bo‗lmoqdalar. Ba‘zilar hatto yurtimizga islom dini kirib kelgunga qadar 
bo‗lgan davrni «majusiylik», «johiliyat» davri deb atay boshladi. Bobolarimizning islomgacha 
bo‗lgan buyuk vatanparvarlik jasoratlariga to‗la tarixiga, ulkan bunyodkorlik, yuksak madaniyatiga 
nopisand munosabat yaqqol sezilmoqda. «Johiliyat» davri atamasi zamirida islomgacha bo‗lgan 
davrni kamsitish mazmuni yotmaydimi? Demak, xalqimiz tarixining o‗ziga xos atamalarini to‗g‗ri 
belgilash vazifasini tezroq hal etmog‗imiz kerak. 
Bugun biz tariximizning olis-olis qatlamlariga nazar tashlar ekanmiz, hayot mantig‗ini hisobga 
olmasdan tarix haqiqatini tiklay olmaymiz. Birgina misol keltiraylik: Samarqand, Buxoro, Xiva, 
Shahrisabz (Kesh), Termiz, Qarshi va boshqa shaharlarimizning yoshi 2700-3000 yilga borib 
taqalishini mutaxassislar e‘tirof etishmoqda. Xo‗sh, bizning tariximiz, ana shu zamin, ana shu 
jannatmakon tuproq tarixi bilan bog‗liq bo‗lgan shu o‗lka xalqlarining tarixi shuginamikin? Axir 
shaharlar yoshi bilan xalqlar tarixi belgilanadigan bo‗lsa, biz yana xato qilmayapmizmikin? Har 
tomonlama barkamol, dunyo xalqlari diqqatini o‗ziga tortgan, ulkan fan va madaniyat markaziga 
aylangan shaharlarning dunyoga kelguniga qadar ham odamlar shu erda yashashgan-ku! Kishilik 
hayotining madaniylashish jarayoni, ong va tafakkurning rivojlanishi, insonning daholik qudrati va 
zakovati evolyutsiyasini nazarda tutsak, shahar paydo bo‗lgunga qadar bir necha ming yillik hayot 
mavjudligini nega unutmog‗imiz kerak? 
1998 yilda buyuk mutafakkir Ahmad al-Farg‗oniy tug‗ilganining 1200 yilligi nishonlandi. 
Ulug‗ bobokalonimiz tug‗ilgan va voyaga etgan ko‗hna Shahriston xarobalaridan miloddan oldingi 
asrlarda yasalgan shaffof, niliy shisha idishlar topildi. Bejirimligi bilan ko‗zimizni qamashtirayotgan 
bugungi guldonlaru billur qadahlar chiroyidan qolishmaydigan bunday shisha buyumlarini yasash 
uchun insoniyat tarixi necha asrlarni bosib o‗tgan? Uning texnologiyasini ishlab chiqish, xom ashyo 
tarkibi va ranglar jilosini topish uchun qancha vaqt ketgan, qancha avlod yashab o‗tgan? 
O‗sha paytlarda hozirgidan o‗n chandon mustahkam sopol quvurlar ishlab chiqarilganligi va 
shaharlar to‗la kanalizatsiyalashtirilganligi xalqimiz tafakkurining buyukligini ko‗rsatmaydimi? Ana 
shu tafakkurning shakllanishi uchun necha asr kerak bo‗lgan? Bunday savollarga javob 
topganimizdagina tarix haqiqati tiklanadi. Birinchi Prezident Islom Karimov tarixga ana shu nuqtai 
nazardan qaraydi va xalqimiz o‗tmishini tiklashda ana shunday siyosat, ana shunday mantiq va 
falsafa lozimligini talab etmoqda. 


48 
Tarix – tafakkur mahsuli. O‗tmishimizda bo‗lgan har bir hodisa ma‘lum ma‘naviy-ruhiy, 
ijtimoiy-siyosiy muhit ta‘sirida yuz bergan. Demak, unga nazar solganda, voqealar zamiridagi 
mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat, iqtisod, qo‗yingki, har bir davrning o‗ziga xos shukuhiyu 
tashvishlari, sevinchu iztiroblari ko‗zga yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Ongimiz va shuurimizga 
mustahkamroq o‗rnashsin. Ana shunda kishini fikrlashga, o‗tmishni idrok qilib, kelajakni aql 
yo‗rig‗i bilan belgilashga yordam beradi. Tarixning tafakkur mahsuli va ulug‗ murabbiyligi, oliy 
qadriyat ekanligi ana shu bilan belgilanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, tarixnavislik bevosita mantiq, falsafa, iqtisod, 
huquq, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, ruhshunoslik va badiiyat bilan uzviy bog‗langan hodisa. 
Bularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Mabodo ana shu unsurlarning biri etishmasa
nomukammallikka yo‗l qo‗ygan, tarix haqiqati va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mantig‗ini buzgan 
bo‗lamiz. Faqat, ma‘lum bir davr tarixi ustida ishlar ekanmiz, eng avvalo, tarixnavislik nazaridan ish 
tutib, boshqa unsurlardan yordamchi, to‗ldiruvchi vosita sifatida foydalanmog‗imiz lozim. Chunki, 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling