Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

birinchidan, har bir tarixiy jarayon, ijtimoiy-siyosiy voqelik qandaydir siyosiy manfaat asosida 
dunyoga keladi. Ayniqsa bosqinchilik, bir hukmdor tomonidan ikkinchi bir mamlakatni zabt etish 
jo‗g‗rofiy-siyosiy strategik maqsad ekanligi tabiiy hol. Shuning uchun ham ayni ana shunday 
jarayonlarni o‗rganayotganda, uni baholayotganda siyosiy mezonlar nuqgai nazaridan turib ham 
baholash zarur. 
Ikkinchidan, tarixning iqtisod bilan bog‗liqligi. Davlatlar o‗rtasidagi o‗zaro nizolar va 
bosqinchilik harakatlari bevosita mag‗lub mamlakat va xalq iqgisodiy imkoniyatlarini zo‗ravonlik 
bilan o‗zlashtirish, tarixan shu zaminda yashab kelgan xalq boyliklarini talon-toroj qilish, er osti va 
er usti boyliklariga egalik qilish maqsadining mahsulidir. Demak, xalqlar va mamlakatlar tarixi 
o‗rganilganda uning iqtisodiy imkoniyatlariga e‘tibor bermoq lozim. 
Uchinchidan, tarixiy jarayonning mantiq bilan bog‗liqligi muayyan bir hodisaning nima 
uchun boshqa shaklda emas, aynan shu shaklda, nima uchun oldinroq ham emas, keyinroq ham 
emas, ayni shu paytda yuz berganini o‗rganish bilan belgilanadi. Zotan, har qanday voqea tagida 
mantiq yotishi shubhasiz. Aks holda mamlakatlar, saltanatlar orasidagi kurashlar maqsadsiz va 
natijasiz bo‗lardi. 
To„rtinchidan, masalaning falsafa bilan bog‗liqligi shundaki, tarixiy haqiqat falsafiy tafakkur 
orqali tahlil qilinsa, o‗quvchi fikrlashga o‗rganadi. Tarixni o‗qish va tarixiy jarayonlarni o‗rganish 
asnosida uning mushohadasi kengayadi, dunyoqarashini o‗zgartiradi, tafakkuri boyiydi. 
Beshinchidan, tarixni jamiyatshunoslikdan alohida qilib, ajratib olib o‗rganib bo‗lmaydi. 
Chunki, har qanday tarixiy jarayon ma‘lum bir jamiyatning mahsuli bo‗lib, uning ijtimoy-siyosiy va 
ma‘naviy qiyofasini belgilaydi. Har qanday jamiyat esa odamlar tafakkuri va hukmron siyosat 
mahsulidir. Demak, ma‘lum bir davrda, ma‘lum bir jamiyatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
o‗sha jamiyatda va o‗sha davrda mavjud bo‗lgan muhitdan kelib chiqib tahlil qilinmasa o‗z isbotini 
va mantig‗ini topa olmaydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling