Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Nikolay Kuzanskiy 
Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) Prir eparxiyasining Kuza deb nomlangan qishlog‗ida 
Germaniyada tug‗iladi. Uning otasi baliq savdosi bilan shug‗ullangan boy savdogar edi. O‗zining ilk 
ma‘lumotini Deventer shahridagi ―umumiy hayot birodarlari‖ maktabida oladi. Bu maktab diniy 
tusga ega bo‗lib, Iso payg‗ambarning hayotiga taqlid qilar edi. Birodarlarning mistik dunyoqarashi 
yosh Nikolay Kuzanskiy fikrlariga katta ta‘sir ko‗rsatdi va uni sxolastik ratsional qarashlarida 
uzoqlashtirdi. Keyingi ma‘lumotini u Geydelberg va Paduya universitetlarida davom ettiradi va bu 
erda kanonip ilmining doktori unvonini oladi, keyinroq u Keln Universitetida o‗qiydi va bu erda 
buyuk Albert tarafdorlari bilan yaqin munosabatlarla bo‗ladi. Nihoyatda iqtidorli olim bo‗lganligi 
uchun u diniy muhitda katta obro‗ qozonadi va yosh bo‗lishiga qaramay kardinool unvonini oladi. 
Kuzanskiyning diniy faoliyatda nihoyatda har taraflama bo‗lgan. U katolik cherkovini 
kuchaytirishda ko‗p xizmat qildi, gusidlar bilan muzokaralar olib bordi pravoslav cherkovini katolik 
cherkovi bilan yaqinlashtirishga harakat qildi. Papa Piy II ning unga bo‗lgan do‗stona munosabati 
Nikolay Kuzanskiyning faoliyatida va mansabining yuqoriligida yordam berdi. Nikolay Kuzanskiy 
o‗zining faol diniy harakatlari bilan bir qatorda ilm sohasida ham shuhrat qozondi. Nikolay 
Kuzanskiyning dunyoqarishga Dionsiy Arepagit, Miyster Ekkart, Shartr maktabining platoniklari
Ioann Skott Eriugen kabi buyuk mistik mutafakkirlar kuchli ta‘siri etadilar. Buning natijasida 
Nikolay Kuzanskiy sxolastikaga xos bo‗lgan ratsional falsafiy qarashlarga tanqidiy yondoshadi va 
o‗zining original neplatonik falsafiy sistemasini yaratadi. 
Nikolay Kuzanskiy o‗z davrining mashhur gumanistlari Eni-Silvie Pikkolomini, Lorentso 
Valla, Ambrod jo Traversari, Paolo Poskanellilar bilan do‗stona munosabatda bo‗lgan. Uning antik 
madaniyatga qiziqishi ham, aynan shu gumanistlarning ta‘siri natijasida bo‗ldi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling