Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Savollar: 
1.Musulmon tarix teologiyasining tavsifiy xususiyatlarini ayting. 
2.Dunyo va insonning yaratilishi to‗g‗risidagi ta‘limotlar. 
3.Abu Nasr-al-Farobiyning ijtimoiy – siyosiy qarashlari tushuntirib bering. 
4.Ijtimoiy hayotning turlari, shakllari, kelib chiqishi va o‗rganilishi. 
5.Ibn-Xaldun va uning ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini aytib bering. 
 
6-MA‟RUZA: UYG„ONISH DAVRI TARIX FALSAFASI (XIV-XVI ASRLAR) 
Reja: 
1. Uyg‟onish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari 
2. Nikolay Kuzanskiy - “Bilimdon bilimsizlik”/ 
3. Cheksizlik muammosi va kosmologiya 
4. Florentsiyaning Platon akademiyasi 
5. Neoplatonizm ijodini renessans ruhiyatida qayta ishlab chiqish 
6. Insonning erkinligi haqidagi ta‟limot 
7. Leonardo da Vinchi fenomeni 
8. Makiavelli va makiavellichilik 
 
Tayanch iboralar: Uyg„onish davri dunyoqarashining tavsifiy xislatlari. Uyg„onish davri 
insonparvarligi. Jamiyat va shaxs. Uyg„onish davri tarixchiligi. Tarixiy vaqtning ochilishi (kashf 
qilinishi). Uyg„onish davrida tarixiy fikrning asosiy yo„nalishlari. A.Valla. F.Patritsi. L.Leruaa. 
N.Makiavelili. J.Boden. 
 
Uyg‟onish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari 
G‗arbiy Yevropada Uyg‗onish davri deb atalgan davr XIV -XV asrlarni o‗z ichiga qamrab 
olgan va Yevropa madaniyatining eng buyuk davri deb hisoblanadi. Bu davr olamga Nikolay 
Kuzanskiy, Mishel Monten, Leonardo da Vilgi, Dj. Bruno, va ko‗pgina boshqa buyuk mutafakkirlar 
va daholarni berdi. 
Falsafa tarixida Uyg‗onish davrining ahamiyati mavzusida mashhur rus tadqiqotchisi 
Gorfunkel quyoshdagi fikrlarni bayon etadi. Uning fikricha Gegel va Vindelband bu davrni o‗rta asr 


82 
sxolastik falsafasidan G‗arbiy Yevropaning yangi davr falsafasiga o‗tish davri deb hisoblaydilar va 
faqat uyg‗onishga xos bo‗lgan maxsus xususiyatlar va buyuk kashfiyotlar haqida batafsil to‗xtab 
o‗tmaydilar. Mashhur ingliz faylasufi B.Rassel esa uyg‗onish davri falsafasini o‗rta asr metafizik 
naturfalsafa deb hisoblaydi va naturfalsafaga xos bo‗lgan fantastik dunyoqarash elementlarini tanqid 
qilib o‗tadi. Rassel fikricha Spinoza, Leybnits, Dekart ta‘limotidagi ilmiy qarashlar, yangi davr 
falsafasiga asos solgan va bu falsafa uyg‗onishning naturfalsafiy qarashlaridan ko‗ra katta 
ahamiyatga ega. 
Gorfunkel Garen, Ch Vazzoli asarlarida uyg‗onish davri falsafasi G‗arbiy Yevropada yangi 
kapitalistik ijtimoiy-siyosiy tuzumning boshlanish davri deb hisoblanadi va tuzum o‗tlishidagi 
feodal monarxiyalarga qattiq zarba bergan yangi iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltirgan 
madaniyat va ma‘rifatni antik davr madaniyatiga o‗xshash bo‗lgan xususiyatlarini yuzaga keltirgan. 
Uyg‗onish davrining buyuk geografik astrnomik, matematik kashfiyotlari bu davrda 
sayyohatchilar tomonidan yangi erlarning ochilishi falsafiy dunyoqarash doiralarini benihoya 
kengaytirdi. Natijada bu davrning faylasuflari entsiklopedik bilimlarga ega bo‗lgan olimlarga 
aylanishdi. Badiiy adabiyot, san‘at, haykaltorshlikning rivojlanishi esa badiiy obrazli fikr yuritishga 
birinchi darajali ahamiyat berdi. 
Uyg‗onish davri falsafasining markazida inson va koinot masalalari yotadi. Inson koinotni o‗z 
ichiga jamlagani inson-mikrokosmos tushunchasida ifoda etadi. Uyg‗onish davri falsafasi birinchi 
darajali ahamiyatni inson masalasiga qaratdi va bu masalani insonning tabiatda egallagan o‗rni va 
insonni tabiatga bo‗lgan ta‘siri bilan bog‗ladi. 
Bundan tashqari Uyg‗onish davrida astrologiya va magiya ham rivoj topdi. 
Buni biz N. Kuzanskiy va J. Bruno falsafiy qarashlarida ko‗rishimiz mumkin. 
Uyg‗onish deb nomlangan davr o‗rta asrlarda unutilgan antik falsafiy va madaniy merosni 
qaytadan yuzaga keltirdi. Italiya shaharlarida neoplatonik, aristotelik va platonik ta‘limotlarni 
Mandzolli, Fichino Papponadi, Bruno ta‘limotlarida uchratishimiz mumkin. 
Uyg‗onish davri falsafasi panteistik tusga ega, ya‘ni tabiat 
puxatlantiriladi
va tabiatda xudo 
tajalli etadi deb hisoblanadi. Bunday qarash tabiatni ilohiy va muqaddas kuchga aylantiradi. 
Kuzanskiy, Bruno, Mandzolle, Yakob Byome ta‘limotlarida panteistik qarashlari bilan bir 
qatorda astrologiya va magiya bilimlariga xos bo‗lgan elementlar mavjuddir. XX asrning oxirida 
falsafasida inson masalasi yana dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. 
Uyg‗onish davri, Renessans – Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), G‗arbiy 
Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. ―Renessans‖ atamasi dastlab 
Italiyadagi madaniy-ma‘naviy yuksalish (14– 16-a.lar)ga nisbatan qo‗llanilgan, uni o‗rta asrchilik 
turg‗unligidan yangi davrga o‗tish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: 
tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib o‗tib, insonni ulug‗lash, uning 
iste‘dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunon-rum) madaniyatiga 
qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va san‘atda dunyoviy 
go‗zallik, hayot taronalarini qizg‗in kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi 
o‗laroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulug‗vor badiiy asarlar, salobatli 
binolar yaratildi, ilm-fan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va 
mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans g‗oyalarining jarchilari bo‗lib 
maydonga chiqdilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli 
mamlakatlarida buni davom ettirdilar. 
Ammo Renessans, ya‘ni Uyg‗onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit 
olib o‗rgangan olimlarning ishlari shuni ko‗rsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, 
Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9– 12-a.lar) ulkan madaniy ko‗tarilish 
yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg‗or insonparvarlik g‗oyalari jamiyat 
fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida ―Musulmon Renessansi‖ 
(A. Mets) yoki ―Sharq Uyg‗onishi‖ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq uyg‗onish 


83 
davrida Yevropa uyg‗onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo‗shqin ijodiy faoliyat, ulkan 
bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani 
shundan dalolat beradi. 
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, 
qadimiyati, qadimgi davlatchiligi bo‗lmagan xalqda uyg‗onish davri ham bo‗lmaydi. Markaziy 
Osiyoda 9–13 asrlarda o‗z xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qur‘on ma‘rifati bilan 
uyg‗unlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf ta‘limoti, ―ishroq‖ falsafasida namoyon bo‗lgan. 
Shu asosda turli nazariyalar, ta‘limotlar yuzaga kelib, fikriy xilma-xillik rivojlandi. Tasavvufiy 
orifona ta‘limotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga bo‗lgan 
ishonchning nishonasi edi. uyg‗onish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat 
manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar. 
Tafakkurdagi ikki: aqliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yo‗nalish namoyandalari 
zohiran o‗zaro kelishmay kelgan bo‗lsalarda, amalda Yevropa uyg‗onish davrida bo‗lganidek, inson 
ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) g‗uboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu 
bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi. 
Sharq uyg‗onish davri vakillari o‗z xalqlarining qadimgi madaniyat bilan birga, yunon va hind 
xalqlari merosidan ham foydalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8–9-asrlarda arab tiliga tarjima 
qilindi, sharhlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham o‗z ustozlari deb hisoblashgan, Plotin 
qarashlari Ibn al-Arabiyga ta‘sir etib, ―vahdatul vujud‖ falsafasiga turtki berdi. Biroq yunonlar ko‗p 
fikrlarni qadimgi osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati: Abu Rayhon Beruniyning ―Kitob at-
tafhim li avoil sinoat attanjim‖ asari qo‗lyozmasi (13 asr) yuksalishga shaylangan xalq o‗z 
madaniyati va o‗zigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni o‗zlashtirib, yana yuksaklikka ko‗tariladi. 
Sharq uyg‗onish davri keng ko‗lamli: ta‘lim va tahlil, madrasa-maorif rivojlangan, ulkan 
kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yig‗ilgan, ―xazinat ul-hikma‖, ―dor ul-ulum‖larda tolibi 
ilmlar, ustoz-shogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obro‗-e‘tibori yuksak qadrlandi. Sharq 
uyg‗onish davri yutuqlari G‗arbiy Yevropadagi uyg‗onish davriga bevosita ta‘sir etgan. Chunki 12–
14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash 
chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli 
bo‗lgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar 
orqali yoxud bevosita arab tilida o‗qib o‗rganganlar. Ibn Sinoning ―Tib qonunlari‖, ―Ash-Shifo‖, 
Forobiyning ―Ilmlar tasnifi‖, Ahmad Farg‗oniyning ―Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami 
kitobi‖, Muhammad Muso Xorazmiyning ―Aljabr val muqobila‖, Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy 
asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli 
shakllangan. ―Tib qonunlari‖ 7 asr mobaynida Yevropa untiversitetlarida tibbiyot darsligi sifatida 
xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd g‗oyalari Italiya, Frantsiya hurfikrligini boshlab bergan. 
Ibn Sino – Avitsenna, Ibn Rushd – Averroes, Ahmad Farg‗oniy – Al Frageni, Abu Bakr Roziy 
– Al Ramzats, Abu Ma‘shar Balxiy – Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur 
bo‗lgan. ―O‗sha paytda (13–16-a.) jaholat changalidagi Yevropaning ko‗pgina qismida musulmonlar 
ilm charog‗ini yoqdilar...; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; 
shimoliy, g‗arbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon – rumo – arab urug‗idan unib chiqqandir‖ 
(G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib 
borgan. ―Sharqliklar G‗arbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar‖ (Gegel). 
Aniq fanlar va ularni o‗rganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda 
suzish, harbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. ―Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida 
musulmonlarning xizmati buyuk... bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari bo‗lib 
qoldilar‖ (G. Gerder). Yevropa uyg‗onish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilm-fani, 
adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante ―Bazm‖, ―Ilohiy komediya‖ asarlarida Ibn Sino va Ibn 
Rushdni o‗z ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Ahmad Farg‗oniy asarlaridan 


84 
foydalanganini qayd etadi. K. Marloning ―Buyuk Temur‖ dramasida Amir Temur jasur, xaloskor 
inson sifatida tasvirlangan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling