Тарихшунослик фанидан


Beruniyning tarix falsafasi (973-1048)


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

 
Beruniyning tarix falsafasi (973-1048) 


76 
Ulug‗ Sharq mutafakkiri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy Sharq tafakkur 
olamining o‗ziga xos yo‗nalishini ochib berdi va insoniyat tarixi, uning vujudga kelishi, taraqqiyoti 
hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga aniqlik kiritdi. Turli zidtsiyatli qarashlarni butun 
mohiyati bilan o‗rganib, unga o‗ziga xos yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib, uning 
o‗zanini o‗zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi, insonning vujudga 
kelishi, xalqlarning taraqqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalar, ularning mohiyatini 
ilmiy asosda o‗rganish maktabini yaratdi. Ushbu maktab bugun mohiyat-e‘tibori bilan dastlab Sharq, 
keyinchalik G‗arb falsafiy tafakkurining tamal toshini qo‗ydi. 
Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashhur bo‗lgan «Tahqiq mo lil-
hind min ma‘qula maqbula fil-aql av marzula», ya‘ni «Hindlarning aqlga sig‗adigan va 
sig‗maydigan ta‘limotlarini aniqlash» deb nomlangan asarida bayon etilgan betakror ilmiy g‗oyalar 
odam va olam haqidagi tasavvurlarni keskin o‗zgartirib yubordi. Bu asar butun mohiyati bilan tarix 
falsafasining o‗ziga xos va noyob ko‗rinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning omillari va 
mohiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan xulosalar ilmiy asoslangan holda 
o‗rtaga tashlandi. 
Asarning o‗ziga xos tarixiy, ilmiy va falsafiy qadriyati shundaki, u hamon jahon xalqlari 
tarixini o‗rganishda muhim manba bo‗lib xizmat qilmoqda va tarix falsafasi taraqqiyotida, tarixni 
falsafiy anglash jarayonida zabt etib bo‗lmas cho‗qqi darajasiga chiqdi. Darhaqiqat, bu asarga 
Mag‗ribu Mashriq olimlari, yirik mutaxassislari doimo qiziqish bilan qaraydilar. Uni juda katta 
ehtiros bilan o‗qiydilar. Shuning uchun ham taniqli olim V.R.Rozen «Sharq va G‗arbning qadimgi 
va o‗rta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo‗q», degan edi. 
Asar garchi «Hindiston» deb nomlansada, «hindlarning aqlga sig‗adigan va sig‗maydigan 
ta‘limotlarni aniqlash»ga bag‗ishlangan bo‗lsada, uni butun mohiyati bilan insoniyat o‗tmishining 
tarixiy-falsafiy talqinini, ilmiy-nazariy echimlari va asoslagan xulosalarini nazarda tutib ushbu 
yo‗nalishda G‗arbu Sharqning butun dunyo dinlari, qarashlari va dunyoviy tafakkur o‗lchovlarining 
sintezi sifatida yuzaga kelgan nodir asar deyish mumkin. Aslida ham shunday. Zotan, unda inson 
kelib chiqishining diniy va dunyoviy qarashlari, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlari, davrlari, 
podsholiklar va payg‗ambarlarning dunyoga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy
ma‘naviy, madaniy va axloqiy ta‘sirlari, qarashlari va munosabatlari qiyosiy tarzda o‗rganiladi. 
Beruniyning ushbu asari o‗z davrining mutlaq yagona voqeligi emas edi. Chunki bu paytda 
podsholiklar va payg‗ambarlar hayotiga bag‗ishlangan turli-tuman xotiralar, afsonalar va 
rivoyatlarga asoslangan ma‘naviy-ma‘rifiy asarlar, sayohatnomalar, badialar ko‗pdan-ko‗p yozilgan 
edi. Beruniyning daholik qudrati shundaki, u o‗zigacha yaratilgan va mavjud bo‗lgan manba hamda 
adabiyotlarning eng asosiylarini mumkin qadar chuqur o‗rganib, ularning har biriga munosib baho 
berib, eng asosli xulosalarni ilgari surdi. Bu xulosalar hozirga qadar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, 
nazariy asoslanganligi, muhim kontseptual ahamiyatga egaligi va ulkan ijtimoiy mohiyat kasb 
etganligi bilan alohida qadrli. 
Tarixni o‗rganar ekan, insoniyat kelib chiqishi va uning rivojlanish dinamikasini tahlil qilar 
ekan, Beruniy haqiqatga ishonmovchi kishilar bilan munozara qilib, ularni skeptitsizmda ayblaydi 
va bular «qatiy hujjatlarni qabul etishda xuddi sherdan qo‗rqib qochgan eshaklardek qochadilar», – 
deydi. 
Sharq tarix falsafasining o‗ziga xosligi shundaki, unda turli davrlarda hukm surgan 
podsholiklar va ularning sulolalari tarixiy davr sifatida qabul qilinadi va ana shu davrda yuz bergan 
barcha voqealar, ma‘naviy-axloqiy mezonlar, madaniy va ijtimoiy taraqqiyot bevosita ana shu 
podsholiklar va ularning sulolalari yurgizgan siyosat asosida o‗rganiladi. 
Beruniy ham ana shu tartibotdan unumli foydalangan. U o‗zining «Osor al-boqiya» deb 
nomlangan asarida turli davrlarda hukm surgan podsholiklar va sulolalarning ko‗pdan-ko‗p 
jadvallarini kiritgan: Makedoniyalik batlimuslar (ptolemeylar), rum, xristian, qadimgi Eron, 
sosoniylar sulolasi podshohlari, arab xalifalari (ummaviylar va abbosiylar) kabilarning o‗z davriga 


77 
xos shajaraviy-tarixiy jadvalini yaratdi. Ular o‗ta aniq va ishonchli manbalardan olingan bo‗lib, 
podshohlarning hukmronlik qilgan davrlari deyarli to‗g‗ri ko‗rsatilgan. Ular boshqa tarixiy kitoblar 
bilan solishtirish natijasida to‗la isbot etilganligi bilan alohida ajralib turadi. Beruniyning ushbu 
asari insoniyat tarixini o‗rganuvchi mutaxassislar, tarixchilar, sotsiologlar, faylasuflar, etnograflar va 
demograflar uchun muhim manba bo‗lib xizmat qilmoqda. 
Atoqli manbashunos Ismatulla Abdullaev Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» asari xususida fikr yuritar ekan, alloma o‗z davrining ijtimoiy muhiti, kishilik tarixiy 
taraqqiyoti, xalqlar, urf-odatlar, madaniyatlar va olamni avaylash borasidagi qarama-qarshi fikrlarni 
ancha chuqur egallaganligini bayon etadi. Jumladan, Beruniy yunonlar, rumliklar, eroniylar, 
sug‗diylar, xorazmliklar, qibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha bo‗lgan arablar va 
musulmonlarning vaqt o‗lchovlari, yil hisoblari, hayitlari va muqaddas kunlarini ijtimoiy-tarixiy, 
madaniy va ma‘rifiy jihatdan ancha chuqur o‗rgangan. Bu insoniyat tarixini bevosita falsafiy 
o‗rganish, mantiqiy xulocalar chiqarishga asos bo‗lgan. 
Beruniyning tarix falsafasi ayni ana shu turli xalqlar, mamlakatlar, mintaqalarda mavjud 
turmush tarzi orqali rivojlanish omillari, taraqqiyot yo‗nalishlarini o‗rganadi va tegishli xulosalar 
chiqaradi. Bu bevosita antropologiya, antropogenez, demografiya va etnografiya bilan bog‗liq 
bo‗lgan qomusiy tadqiqot usulini taqozo etadi. 
Beruniy qadimgi xalqlar tarixi, ularning ma‘naviy-madaniy yodgorliklari, ijtimoiy-axloqiy 
qarashlari xususidagi ushbu asarini qanday maqsadda yozganini quyidagicha ifoda etadi: 
«Adiblardan biri mendan (turli) xalqlar haqidagi tarixlar, ularning boshlanishlari va shoxobchalari, 
ya‘ni oylar va yillari ustida u tarix egalarining ixtiloflari va bu ixtilof sabablari, mashhur bayramlar, 
(har xil) vaqtlar va yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning ba‘zisi amal qilib, ba‘zisi 
amal qilmaydigan boshqa (marosimlar) haqida so‗radi va meni imkon boricha ularni juda ravshan 
bayon etib, o‗quvchi fahmlaydigan, (turli) kitoblarni axtarish va shu kitob egalarini surishtirishga 
ehtiyoj qolmaydigan (bir asar yozishga) da‘vat etdi». 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling