17
Kirish
Ushbu fan jahon falsafiy-tarixiy tafakkurining qadimdan
to hozirgi kungacha
bo‘lgan rivojlanishining asosiy omillari va yo‘nalishlarini yoritishga qaratilgan.
Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy – uslubiy saviyasini oshirishda
jahonda ro‘y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur o‘rganishdagi asosiy konseptual
yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. Hamda, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan
talaba-yoshlarning tarixiy
dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil
fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal
darajada bilish, insoniyat sivilizasiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la
bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va
dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi
dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, ―Tarix falsafasi va metodologiyasi‖ fani haqidagi bilimlarni qaror
topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan
tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or
tajribalar, kadrlar
buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
O‟quv fanining maqsadi va vazifalari
Tarix falsafasi tushunchasi tarix falsafasi va metodologiyasi vazifasi eng avvalo
tarix aniqlovchisi va tarixiy tadqiq usullarini
eng qadimgi davrdan hozirgi
kunlargacha bo‘lgan jarayoni va jamiyatning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi va
ahamiyati bilan belgilangan. Ayniqsa tarix ma‘nosi falsafiy
dunyoqarash masalasi
sifatida chuqur o‘rganiladi. Klassik va hozirgi zamon tarix ma‘nosiga tarixiy ong va
tarixga tarixiy ongning ikki tomonligiga chuqur yondoshilib tadqiq qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: