VII asrdan boshlab o‘lkamiz “Turkiston” nomi bilan
atala boshlagan.
VIII asrdan arab va ajam xalqlarining O‘rta Osiyoga
kirib kelishi mintaqadagi
etnik jarayonlarga katta ta’sir etmagan.
IX–XII asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi.
IX asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy
etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi.
IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir
bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat
madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi.
IX asrda Bag‘dod shaharida “Bayt ul-hikma” tashkil
etilgan.
XII asrda Xorazmiyning “Aljabr” risolasi Ispaniyada
lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi.
XII asrda “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”
kitobi lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat
musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi
astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi.
XII asrda “Al qonun fit-tib” asari lotinchaga tarjima
qilindi.
XVI asrda Ahmad al-Farg‘oniy nomi Oydagi
kraterlardan biriga berilgan.
XVI asrdan Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi
va uning faoliyatiga qiziqishi boshlangan edi.
IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning
madaniy hayotida uyg‘onish davri boshlandi.
XVII asrgacha “Al qonun fit-tib”asari Yevropa
tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida
foydalanilgan.
XV–XVI asrlarda Beruniyning g‘arbiy yarim sharda
katta quruqlik borligi to‘g‘risidagi fikri o‘z tasdig‘ini
topdi.
X–XII asrlarda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda
og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot
yuzaga keladi.
1069-yilda “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”)
asarini Bolasog‘unda yoza boshlaydi
1070-yilda Koshg‘arda tugatadi.
XI asrda Mahmud Koshg‘ariy yashab ijod etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |