1370-yil 10-aprel Balx shahri Temur qo’shinlariga
taslim bo’ldi. Amir Husayn qatl qilindi
1370-yil 11-aprel Amir Temur ,,Movaruonnahrning
amiri “ deb e`lon qilindi.
1370-yil iyul oyida Amir Temur Samarqandda katta
qurultoy chaqirdi. Qurultoyda markaziy davlat tizimini
shakllantirish va qo‘shin tuzish masalalari muhokama
etiladi.
1372-yildan boshlab Amir Temur Xorazmga 5 marta
yurish qildi
1381-yil Amir Temur tomonidan Hirot, Seiston,
Mozandaron egallandi
1388-yil Xorazm Amir Temur tomonidan to’laligicha
bo’ysundirldi
Movarounnahrdan tashqari o‘z tasarrufidagi barcha
viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o‘limidan biroz
avval o‘g‘il va nabiralari orasida taqsimlaydi:
Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mazondaron va Seyiston
(markazi Xirot)
Mironshohga G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va
Armaniston (markazi Tabriz)
Umarshayxga Fors, ya’ni eronning janubiy qismi
(markazi Sheroz)
Pirmuhammadga Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston
(markazi G‘azna, keyinchalik Balx) suyurg‘ol qilib
berilgan.
Amir Temur qo‘shini o‘ntalik askariy birikmalar asosida
tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi.
tuman – o‘n minglik, o‘n minglik askarni boshqarish
uchun tuman og‘asi
hazora – minglik, minglik bo‘linmalarni boshqarish
uchun mirihazora
qo‘shun – yuzlik, yuzlik bo‘linmalarni boshqarish
uchun qo‘shunboshi
ayl – o‘nlik birikmalariga bo’lingan, o‘nliklar uchun
aylboshi kabi harbiy mansablarni ta’sis etadi.
Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo‘lib qo‘shinga
o‘tsochar qurol – to‘pni olib kirgan.
Tog‘li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus
harbiy qism va bo‘linmalar tashkil qilingan.
Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, Sohibqiron
qo‘shinida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lib, ular
erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va
matonat namunalarini ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |