Tarix 12-ma’ruza
Download 26.98 Kb.
|
Tarix 12- ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati”
Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; i.ch.dagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar qamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish.
2) Bugungi kunda xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada YUNESKO tomonidan 1995-yil Parijda “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 16-noyabr “Bag‘rikenglik kuni” deb e'lon qilgan. Ma'lumki, bag‘rikenglik g‘oyasi - turli millat va elatlar vakillarining bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz ezgulik g‘oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanib kelgan. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka chorlagan. Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari farovon yashashi, osoyishta hayot kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va oqilona siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlar va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Milliy qadriyatlar diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik - o‘zligini anglagan millat vakillarini boshqa millat vakillarining kamsitishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan tinch-totuv hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg‘usi insonning xulq atvori, odob-axloqi, siyosiy-ma'naviy pokligi, o‘z xalqiga va milliy-tarixiy qadriyatlariga munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag‘rikenglik, baynalmilallik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Mazkur masalalarni kengroq tushuntirish va bu borada xodimlarning bilim va madaniyatini yanada oshirish maqsadida bugun Iqtisodiyot vazirligida “O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan ma'naviyat-ma'rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning markaziy apparati hamda tasarrufidagi tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarining birinchi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Rus pravoslav cherkovining O‘rta Osiyo okrugi Toshkent va O‘zbekiston Yeparxiyasining vakili Protoiyerey Sergiy Alaxtayev, O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyev, Rus madaniyat markazining raisi Aleksandr Aristov hamda Qozoq madaniyat markazining raisi Serikbay Usenovlar O‘zbekistonda bag‘rikenglikka doir ma'ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbirni vazir o‘rinbosari Sh.Fayzullayev ochib berib, birinchi so‘zni Protoiyerey Sergiy Alaxtayevga berdi. S.Alaxtayev o‘z ma'ruzasida bag‘rikenglik tushunchasini Xristian dini nuqtai nazaridan izohlab berib, u, birinchi navbatda, ota-bobolardan qolgan urf-odatlarga tayanishini, agar insoniyat ham madaniy, ham diniy urf-odatlarini saqlab qololmasa, natijada o‘zligini butkul yo‘qotishini aytib o‘tdi. O‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p qayd etilgan. “O‘zstandart” agentligida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’naviyat soati”da yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikni asrab-avaylash, bizning ma’rifatimizga yod bo‘lgan illatlardan ogoh bo‘lish masalalari chuqur tahlil etildi. Uchrashuvda Davlat Xavfsizlik xizmati xodimi J.Najmiddinov ishtirok etdi. Yig‘ilishni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J.Shukurov kirish so‘zi bilan ochib, belgilangan mavzuning naqadar dolzarb ekanligi, tinchligimiz, taraqqiyotimiz uchun o‘ta xavfli bo‘lgan bunday illatlarga qarshi murosasiz kurash olib borish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek uchrashuv davomida xodimlarga DXX xodimi tomonidan olib kelingan filimning namoyishi ham tashkil etilib, so‘ngra mulohazalar, takliflar va tavfsiyalar bildirildi. Sir emas, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Mazkur hududlarda go‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to‘qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o‘rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo‘layotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmay qo‘ymaydi. Ushbu holatlar davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat’iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne’mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda. 3) Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.
Download 26.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling