Tarix-7 2017.(Uzb). indd


Diniy-ritsarlarning ordenlari


Download 3.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/127
Sana06.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1693258
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127
Bog'liq
7-sinf-Jahon-Tarixi

Diniy-ritsarlarning ordenlari. Falastinda tashkil etilgan 
diniy-ritsarlik ordenlari odatdagi rohiblar ordenlaridan 
tubdan farq qilgan. G‘arbda oddiy rohiblarning asosiy ishi 
ibodat va mehnat qilish bo‘lsa, diniy-ritsarlik ordeni a’zo-
larining asosiy vazifasi urush edi. 
Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar ordeni 
bo‘lgan. Uni ba‘zida ioanniylar ordeni ham deyishadi. 
Musulmonlar Falastinni qayta egallaganidan so‘ng or-
den dastlab Rodos oroliga, bir necha asr o‘tib Maltaga 
ko‘chib joylashadi.
Quddusga kelayotgan ziyo 
ratchilarni himoya qilish 
uchun tuzilgan ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab tampliyerlar 
deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik 
nomi bilan atalgan.
Tampliyerlar xayriya va in’omlar olishdan tashqari, 
sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan. Yevropada ularning 
boyliklari haqida afsonalar to‘qilgan. 


85
III BOB. JAHON XALQLARI O‘RTA ASRLARNING RIVOJLANGAN DAVRIDA
Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi 
Maryamga bag‘ishlangan. Undagi ko‘pchilik ritsarlar Ger-
maniyadan bo‘lgani uchun, uni Nemis (lotincha Tevton
ordeni deyishgan. 
Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. Musulmon hukm-
dorlari Sharq va Janub tomondan salibchilarni siqib 
kel 
moqda edi. Ularga qarshi kurashish uchun Yevropa 
feodallari ikkinchi salib yurishini uyushtirdilar. Ikkinchi 
salib yurishi XII asr o‘rtalarida bo‘lgan. Fransiya qiroli 
o‘z qo‘shini bilan ishtirok etgan bu yurishlar muvaffaqi-
yatsiz tugagan. 
Musulmonlar tez orada kuchli davlat tuzadi. Misr 
sultîni Sàlîhiddin Àyubiy 1187-yilda sàlibchilàrdàn Qud-
dusni tîrtib îlàdi. Bu vîqåà Yevropadà 3-sàlib yurishlàri 
(1189–1192) tàshkil qilinishigà îlib kålàdi. Àmmî gårmàn 
impåràtîri, Fransiya qirîli và Àngliya qirîli ishtirokidagi 
bu yurishlàr hàm muvàffàqiyatsiz tugaydi.
1. Nima sababdan Vizantiya imperatori Aleksey I 
salibchi-ritsarlardan qasamyod talab qilgan?
2. Xaritadan birinchi salib yurishi ishtirokchilari 
Yaqin Sharqda asos solgan davlatlarni ko‘rsating.

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling