Tarix-7 2017.(Uzb). indd
Lotin imperiyasi (1204–1261)
Download 3.8 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf-Jahon-Tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vizantiyaning tiklanishi.
- Mixail VIII Paleolog
Lotin imperiyasi (1204–1261). Lotinlar (vizantiyaliklar
sa libchilarni shunday nomlaganlar) Vizantiya xarobalarida Lotin impe riyasi deb atalgan davlat tuziladi. Lotinlar (salibchi ritsarlar) bosib olingan hu dud larda o‘z tartiblar- ini o‘rnata boshlaydilar. Bu dav- latda ham G‘arbiy Yevropadagi kabi ritsarlar qasrlari qad ko‘taradi. Kons tantinopol patriarxi taxtini ka- tolik ruhoniysi egallaydi, dehqon- lar ritsarlarga shaxsiy qaramlikka tushadilar. Vizantiyani zabt etgan ritsarlarning ko‘pchiligi tez orada vataniga qaytib ketadi. Lotin imperiyasida qolgan ritsarlar hokimiyatni faqat o‘zlarining temir intizomi va uyushgan- ligi bilan ushlab turadi. Ammo mahalliy yunonlarning mardonavor qarshiligi tu- fayli lotinlar Vizantiya yerlarini to‘liq bo‘ysundira olmay- dilar. Lotin imperiyasi ning o‘zi ham tez orada bir necha mayda knyazliklarga bo‘linib ketadi. Vizantiyaning tiklanishi. Vizantiyaliklarning lotinlarni tez orada haydab yuborishga bo‘lgan umidlari zoye ketmagan. Bo‘y sundirilgan aholi salibchilarni yoqtirmaganlar, lotinlar esa o‘zaro kelisha olish magan. Kunlardan birida nikeyaliklar harbiy bo‘linmasi lo- tinlarni «qo‘r qitish» uchun Konstantinopolga keladi. Ayni paytda lotinlar qo‘shini nikeyaliklarga qarshi dengizdan hujum qilishga ketgan va sha har ni himoyasiz qoldirgan edilar. Konstantinopol yunonlari nikeyaliklar qo‘shini yaqinlashganini eshitib, ularga shahar darvozasini ochib beradilar. Ular ning yordami bilan nikeyaliklar shaharga ki rib, poy taxtni osongina egallaydilar. Tez orada ortga qaytgan lotinlar shahar qo‘ldan ketganiga guvoh bo‘ladilar. Nikeyaliklar bilan jangda mag‘ lubiyatga uchragan lotinlarga kemalarga o‘tirib, Yevropaga qaytishdan boshqa chora qol- maydi. Nikeya impe ra tori Mixail VIII Paleolog 1261-yil- ning 15-avgustida Konstantinopolga tantanali kirib keladi. 73-rasm. Salibchilarning Konstantinopolga kirib kelishi 88 III BOB. JAHON XALQLARI O‘RTA ASRLARNING RIVOJLANGAN DAVRIDA Shu tariqa Vizantiya imperiyasi tiklanadi. Endi Vizantiya dunyoning qudratli mam la katidan unchalik katta bo‘lma- gan yunon davlatiga aylanadi. Download 3.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling