Tarix-7 2017.(Uzb). indd
Download 3.8 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf-Jahon-Tarixi
127-rasm. Kiðu –
tugunli xat 154 V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI xristian ibodatxo nalari va yer osti daxmalari bugunga qadar saqlanib qolgan. G‘arbiy Sudan xalqlari madani- yati ning yuksak taraqqi yotida arab- larning ta’siri kattadir. Islom dini qabul qilinganidan keyin bu yer- larda arab mamlakatlaridan kelgan usta va me’morlar masjidlar, saroy- lar, qasr lar, jamoat binolari, kasal- xonalar, hammom, istirohat bog‘lari quradilar. Musulmon maktab va madrasalari ochiladi. Jumladan, Tombuktu mad rasasida ilohiyotdan tashqari tarix, fiqh, matematika, astronomiya kabi fanlar o‘qitilardi. Afrikaliklar san’atning turli soha- larida katta muvaffaqiyatlarga erish- ganlar. Yog‘och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar nafisligi bilan odamlarni hozirgi kungacha hayrat- lantirib kelmoqda. Benindagi shoh saroyidan jezdan ishlangan podsho va a’yonlarning bo‘rt- ma rasmlari topilgan. Ularda ov va urushlar, shu ningdek, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan. Afrika xalqlarining o‘rta asrlardagi taraqqiyoti Osiyo va Yev ropa davlatlaridagiga nisbatan birmuncha orqada bo‘lishiga qaramasdan aholi xo‘jalikda muvaffaqiyatlarga erishib, o‘ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyat yaratdi. 1. Usmonli turklar madaniyatidan nimalarni eslab qoldingiz? 2. Koreya madaniyatiga oid asosiy yutuqlarni sanab o‘ting. 3. Amerikaning qaysi tub xalqi piktografiya yozuvi- ni yaratgan, yana qanday yozuvlarni bilasiz? 4. Maorifdagi o‘ziga xosliklar nimalarda aks etgan? 5. Afrika xalqlari madaniyati haqida so‘zlab bering. 128-rasm. Benindagi shoh saroyida jezdan ishlangan jangchi nog‘orachi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling