107
IV BÎB. YEVROPADÀ MARKAZLASHGAN DÀVLÀTLÀRNING TÀSHKIL TÎPISHI
Germaniyada Saksoniyaliklar, Frankoniya, Shtaufen-
lar, Lyuksemburglar,
Gabsburglar sulolalari hukm-
ronlik qilgan.
German shaharlari. Nemis knyazlari, sa
libchi ritsarlar-
ning Boltiq bo‘yidagi istilolari Germaniya
ning shimoli-
dagi shaharlarning yuksalishiga yo‘l ochadi. Bu shaharlar
XIV asrning o‘rtalariga kelib
Ganza ittifoqiga birlashadilar.
Bu ittifoq faqat iqtisodiy masalalar hamda
savdo-sotiq bi-
langina shug‘ullanib qolmasdan, XIV asrning 70-yillarida
Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga
jiddiy zarba beradi.
Ganza ittifoqidan tashqari so‘nggi o‘rta asrlarda
Germani
yaning boshqa qismidagi shaharlar ham yuksa-
ladi. Dunay sohili bo‘ylab joylashgan 90
ta shaharni bir-
lashtirgan
Shvabiya ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevo-
sita savdo qilgan.
Augsburg,
Ulm va
Nyurnberg shaharlari
movut, surp, ið-gazlamalar ishlab chiqarishda,
metall
buyum, qurol-aslahalar yasashda yetakchi o‘rinni egallagan.
Germaniya shaharlari Ganza va Shvabiya savdo
itti foq lariga birlashadilar.
Reyn daryosi bo‘ylab joylashgan shaharlar
Kyoln,
Vorms,
Strasburglarda metall ishlab chiqarish va movut
to‘qish rivojlangan.
Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya
va Italiya bilan savdo-sotiq olib borgan.
1. Germaniya (Muqaddas Rim imperiyasi)ning rivoj-
langan o‘rta asrlardagi xo‘jaligini tavsiflab bering.
2. Yozuvsiz xaritaga Germaniya shaharlarini
tushirib,
ular haqida manbalar, internetdan olgan
ma’lumotlaringizni gapirib bering.
3. Fridrix I Barbarossa haqida topgan ma’lumotla-
ringizni so‘zlab bering.
4. Imperator Fridrix II ni zamondoshlari nima
sababdan «jahon hayrati» deb atashgan? Uning
faoliyatidan lavhalar so‘zlab bering.