Tarix 9-sinf 1-bilet


Amir Olimxon haqida ma’lumot bering


Download 83.69 Kb.
bet8/31
Sana17.10.2023
Hajmi83.69 Kb.
#1705476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
9-sinf Tarix imtixon javoblari

Amir Olimxon haqida ma’lumot bering. Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon (1881, Karmana 1944.28.4, Kobul) — Buxoro amiri (1910-20), mang’itlardan. Amir Abdulahadning o’g’li. Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-96). 1898-yil Qarshi, so’ngra valiaxd sifatida Karmana bekliklariga hokirn bo’lgan. Otasi vafotidan so’ng , Buxoro taxtiga o’tirgan (1910-yil 24-dek.). Olimxon davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar, shuningdek, Yosh buxoroliklar qattiq ta’qib qilindi. 1920’yil avg .da Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag’darib tashlandi. Sentabr oyining o’rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o’ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga karshi kurashgan. Olimxonni Kobulda Afg’oniston amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Kal’ai Fotuda maxsus qarorgoh ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g’oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, ko’rboshilar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg’alar jo’natib, ularni kurashga ilxomlantirgan. Olimxon Kobulda o’zining esdaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida ko’zi ojizlanib qoladi, og’ir dardga chalinadi. Uzoq davom etgan xastalikdan so’ng u Kal’ai Fotuda vafot etadi. Kobul atrofidagi Shahidoni islom (Islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Olimxonning xotiralari Parijda fransuz tilida (1929), keyinchalik G’arbda fors tilida, O’zbekistonda o’zbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida (1992) alohida kitob sifatida chop qilingan. Olimxon hukmronligi davrida Buxoroda Olimxon madrasasi qurilgan, Sitorai Mohi Xosa saroyini qurish yakunlangan.

3.“To‘rtlar ittifoqi” atamasiga izoh bering. 1915-yil 15-sentabrda tashkil topgan. “To’rtlar ittifoqi” ga quyidagi 4ta davlat kirgan: Germaniya, Italiya, Avstriya, Turkiya. .



Download 83.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling