RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI
Mavzu: “Tarix darslarida rivoyatlar va hikoyalardan foydalanish” mavzusidagi
KURS ISHI
Renessans Ta’lim Universiteti
2-kurs, Tarix yo’nalishi
gurux talabasi
Qurbonbekov N
Ilmiy rahbar: P.f.n., dosent
R.A.Mulladjanova
Toshkent - 2023
MUNDARIJA:
Kirish................................................................................................................3-7
I Bob Tarix darslarida tarixiy manbalar, badiiy va boshqa adabiyotlardan foydalanish………………………………………………………………..8-16
1.1. Tarix darslari jarayonida foydalanish lozim bo’lgan badiiy adabiyotlarning turlari …………………….........................................................................8-12
1.2. Badiiy adabiyotlardan foydalanishning tarix fani uchun ahamiyati.....13-16
II Bob. O’zbekiston tarixi darslarida rivoyatlar va hikoyalardan foydalanish metodlari..........................................................................17-24
O’zbekiston tarixi darslarida rivoyatlardan foydalanish..................17-19
O’zbekiston tarixi darslarida hikoyalardan foydalanish.................20-24
Xulosa...........................................................................................................25-27
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati.........................................................28-31
Ilovalar...............................................................................................................32
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Tarix darslarida rivoyat va hikoyalardan foydalanishning dolzarbligi ularning tarixiy voqealarni hayotga tadbiq eta olishida va mavzu bilan chuqurroq bog‘lanishdadir. Tarixni hikoyalar orqali taqdim etish orqali talabalar o'tmishdagi voqealarning murakkabliklari, motivlari va oqibatlari haqida to'liqroq tushunchaga ega bo'lishlari mumkin. Ushbu yondashuv tanqidiy fikrlash, empatiya va tarixiy kontekst hissini rivojlantiradi, bularning barchasi o'quvchilarda o'stirish uchun muhim ko'nikmalardir.
Tarixni o’qitishda qo’llaniladigan matnlarga - darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar ta’lim oluvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo’lgani kabi ta’lim beruvchining bilim manbaini, bayonining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, o’qituvchi shu manbalardan to’g’ri va unumli foydalangan taqdirdagina, uning bayoni didaktika talablariga, umuman tarix ta'limining yuksak talablariga javob berishi, o’qituvchi bayonining o’quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli, g’oyaviy va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va ta'sirli bo’lishi mumkin. 1
Tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o’zlashtirishda muhim omil hisoblanadi.
Tarix ta’limida tarixiy - badiiy adabiyotlardan foydalanishda ta’lim oluvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish va ularning, fanga oid qiziqishlarini ham inobatga olish kerak.
Tarix darslarida rivoyat va hikoyalardan foydalanish o‘quvchilarning tarixiy voqealar haqidagi tushunchalarini kuchaytiruvchi va mavzuga qiziqishini kuchaytiruvchi dolzarb va samarali yondashuvdir. Ushbu kurs ishi hikoyalar va hikoyalarni tarix ta'limiga kiritishning ahamiyatini o'rganish, ularning dolzarbligi, maqsadi, ob'ekti va mavzusini muhokama qilishga qaratilgan.2
Do'stlaringiz bilan baham: |