Tarix darslarida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari


Download 1.47 Mb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572350
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5429282388100261470

___________________
10 Shavkat Mirziyoyev “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” O’zbekiston 2019.
Erkinlik qonunga asoslanadi: qonun doirasida olib yuborilgan ishlar va xatti- harakatlar ahloqiy hamda huquqiy qadriyatlar jihatidan haqli hisoblanadi. Kundalik turmushda, о‘zaro munosabatlarda inson erkinligi qonun hamda axloqiy normalar bilan cheklangan bо‘ladi. tizimi quyidagi jadvalda o’z aksini topgan. Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf
2.2Tarixiy asarlar orqali o’quvchlarning milliy urf-odatlar va qadriyatlarga bo’lgan ma’suliyatini oshirish yo’llari
Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati, an’anasi, hayotiy qadriyatlari bilan birga ma’naviy merosi, madaniy boyliklari va ko‘hna tarixiy yodgorliklaridir. «Urf-odat - an’analar sifatida umumxalq tomonidan qabul qilingan tartib-qoida; rasm-rusum, tamoyil»lar jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olib, ularda o‘z ifodasini topadi. An’analar - qadimdan insoniyat hayoti, turmushi, mehnati va ibratli hayot saboqlari bo‘lib, avloddan-avlodga, o‘tmishdan kelajakka meros bo‘lib qoladigan, barcha tadbirlarda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy faoliyat mahsulidir. Marosimlar esa an’analar va urf-odatlarning amaliy ko‘rinishidir. An’analar va urf-odatlar milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiysiyosiy va diniy bo‘lib, milliy qadriyatlarning ajralmas qismidir. Chunki har qanday urf-odat, udum, rasm-rusum, marosim va an’analar milliy qadriyatlar negizida shakllanadi va milliy vijdon, milliy ruh, milliy xulq, milliy odobaxloq mevasi sifatida uni yaratgan zukko xalq tarbiyasining asosini tashkil etadi.
Jamiyatni boshqarishning ma’naviy omili sifatida yoshlar qalbida mehrmuhabbatli bo‘lish, oila va Vatanni sevish, ajdodlar merosidan bahra olish va hayotni qadrlash kabi tuyg‘ularni shakllantiradi. Milliy qadriyatlar har bir xalqning oltin merosi hisoblanadi.
O‘zbekiston davlat sifatida o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin Qurbon va Ro‘za hayitlari, "Navro‘z" (bahorgi teng kunlik - yil boshi 21-22-mart), "Angom Hayit" (yozning eng uzun kuni to‘rt unsurning yana biri Suv sayili), "Mehrjon" (kuzgi teng kunlik 22-sentabr), "Sada" (qishning eng uzun tuni, to‘rt unsurning biri - olov bayrami) kabi xalqona qadriyatlar tiklandi. Shuningdek, Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, Xotira va qadrlash kuni, O‘zbek tili bayrami kabilar istiqlol davrining an’anaviy qadriyatlariga aylandi. Mahalla tizimining boshqaruv sifatida yo‘lga qo‘yilishi, hasharlarning tiklanishi, odatlarga e’tibor kabilar qadimiy an’analarning bugungi kundagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Umar Hayyom o‘zining «Navro‘znoma» asarida urf-odatlarga alohida to‘xtalgan. Olim Quyosh taqvimi bo‘yicha Navro‘z kuni qanday belgilangani va bayramni qay tarzda o‘tkazganliklarini tarixiy dalillar bilan bayon qiladi. Allomaning fikricha, «Kimki Navro‘z kuni bayram qilib quvonsa, keyingi Navro‘zgacha xurram bo‘ladi va farog‘atda yashaydi» Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan Navro‘z bayramida muhtojlarga yordam ko‘rsatish, bemor va yetim-yesirlardan mehrmuruvvatni ayamaslik, keksalarni ziyorat qilib, o‘tganlarni xotirlash o‘zbekona urfodatlarning muhim qismidir
. Navro‘z ayyomida urushganlar yarashishgan, gunohlar kechirilgan. Gaplashmay, yuragida kin saqlab yurish gunoh sanalgan. «Ayni shu betakror va dilbar faslda barchamiz o‘zimizni yasharib ketgandek, vujudimizga yangi kuch-g‘ayrat, azmu shijoat kirgandek his etamiz. Necha yuz yillik an’ana va qadriyatlarimizni yangitdan kashf etamiz, qanday buyuk tarix, qanday buyuk madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz. Va bundan qalblarimiz g‘urur va iftixorga to‘ladi». Ayniqsa, Navro‘z taomi bo‘lgan Sumalak (bug‘doy ko‘katidan pishiriladigan taom)ni pishirish va tarqatish tartibiga doir urf-odatlar kishilarni hamjihatlikka, bir jamoa ekanligini his qilishga, bir-birini tushunishga undagan. Faylasuf olim Karim Mahmudov aytganidek, sumalak tayyorlash bu bir marosim, qozon boshiga yoshu qari, erkagu ayol barcha to‘planadi, odamlar tuni bilan uxlamay, sumalak pishirish jarayonida odamlarsiz, mehr-muhabbatsiz hayot qanchalik rangsiz ekanligini anglaydilar. Ma’lumki, BMT qaroriga ko‘ra, Navro‘z har yili xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Bu bayram o‘z mohiyati, qadr-qimmati, ijtimoiymadaniy ahamiyati, odamlarda ezgu tuyg‘ularni uyg‘ota olishi bilan muqaddas bayramdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Hammamiz yaxshi bilamiz, Navro‘z tinchlikni, sihat-salomatlikni qadrlab, asrab-avaylab yashashga da’vat etadi. Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz». O‘zbek an’analari va urf-odatlari buyuk ipak yo‘lida yashagan xalqlar, So‘g‘d va Baqtriyaliklar, bir tomondan ko‘chmanchi qabilalar, zoroastrizm qoidalari, keyinroq islom an’analari va qonunlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Qarindoshurug‘chilik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehmondorchilik, qo‘shnichilik, oilaviy munosabatlar, nonga, olovga, suvga e’tibor va e’tiqod o‘zbek xalqiga xos urfodatlardir. O‘zbeklar hayotida oilada farzand tug‘ilishi, uning tarbiyasi, to‘y-tomosha qilish katta rol o‘ynaydi. "Beshik to‘yi" (besh kecha ham deyiladi) - urf-odat bo‘yicha chaqaloq tug‘ilishining beshinchi kuni kelinning ota-onasi yasatilgan beshik va chaqaloqqa kerakli narsalar va o‘yinchoqlar olib kelishadi. An’ana bo‘yicha mehmonlar stol atrofida tantana qilishayotganda bolalar xonasida yoshi katta ayollar chaqaloqni urf-odatlar bo‘yicha beshikka belashadi va beshik ustiga shirinliklar sochishadi. Nikoh to‘ylarida yuzga yaqin urf-odatni bajarish azaliy qadriyat hisoblanadi. Nikoh to‘yi «unashtirish», «non sindirish», «kuyovga to‘y sarposi», «nikoh o‘qish», «ertalabki osh», «kelinni uyidan olib kelish», «kelin-kuyovni olovdan uch marta aylantirish», «chimildiqda shamlar yoqish», «ostonani ulug‘lash», «kelin salom», «kelinni yangi oilaga qabul qilish», «sovg‘alar bilan kelinni ko‘rish» kabi ko‘plab marosimlarni o‘z ichiga oladi. Sham yoqish barcha xalqlar urf-odatlarida mavjud bo‘lib, ayniqsa dunyo dinlari bo‘lgan xristian va buddizmda keng qo‘llaniladi.
Bu o‘z navbatida xalqlar va ular o‘rtasida tarqalgan dinlarning mohiyati yaqin ekanligini bildiradi. Bu marhumni kuzatish marosimlarida ham o‘z ifodasini topgan. Islom dinida motam marosimi aslida 3 kun bo‘lib, baqirib yig‘lash ma’n etilgan bo‘lsada, o‘zbek xalqi bugungi kungacha unga rioya qilmaydi. Bundan o‘zbek xalqi hayotida, uning urf-odatlarida islomgacha ham diniy qadriyatlarning ta’siri katta bo‘lganligini ko‘rish mumkin. O‘lim bilan bog‘liq marosimlar qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, kishilarni bardoshli bo‘lishga, sabr-qanoatga chaqiradi. Odamlarning birlashib marhumni kuzatishlari yaqinlarga madad bo‘ladi, ularga ruhiy quvvat beradi, odamlar bir-birining madadiga muhtoj ekanligini anglashadi, mehr-oqibatni oshiradi. To‘ymarakalarning bosqichma-bosqich, tartib-qoida bilan o‘tishi yoshlarni intizomli, xush kayfiyatda bo‘lishga chaqiradi.
O‘zbekchilikda yetti avlodni bilish ham qadriyat hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ota-ona farzandlari ulardan faxrlanishlari, hayotiy saboq olishlari uchun halol yashab, boriga qanoat qilib, mehnat qilganlar. O‘tmish ma’naviyatini o‘z ichiga olgan ana shunday qadriyatlar zanjir vazifasini o‘tab, avloddan-avlodga millat urf-odatlarini yetkazib beradi. Zero, demokratiya milliy qadriyat sifatida o‘zbek xalqi ongida ming yillar davomida shakllanib, milliy qiyofasi, urf-odatlari, qarashlari bilan dunyodagi qadimiy va boy sivilizatsiyada o‘z o‘rniga ega. Unda milliy o‘ziga xoslik hisobga olingan. Sharm-hayo, or-nomus har narsadan ustun bo‘lgan. O‘zbek xalqining necha asrlardan buyon shakllanib kelayotgan urf-odatlarga sodiqligi shundaki, inson yashashi uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar: suv, havo, iqlim, kerakli muhit, oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-
kechak, ishlab chiqarish vositalari, oila, yurtkabilarga alohida e’tibor bergan, ularni qadrlay olgan. Nomuhim bo‘lgan, insonning yashashiga ta’sir etsa-da, uning hayotini belgilamaydigan hashamatli uylar, bezaklar, taqinchoqlar kabilarga esa o‘ta mehr qo‘yishmagan.
O‘tkinchi dunyoda bunday jonsiz predmetlarga mehr qo‘yish o‘sha narsalar bilan insonning tenglashishini bildirgan. Bugungi kunga kelib ana shunday insonni ulug‘lovchi qadriyatlar unutilib borilayotgani sir emas. Globallashuv jarayonida qadriyatlarning ko‘p hollarda o‘z o‘rnini topmayotgani nafaqat bir millatning, balki butun dunyo xalqlarining ma’naviy inqirozidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, xalq urf-odatlari va an’analaridagi ma’naviy boylik o‘tgan hayotdan saboq beradi. Yoshlarda o‘zaro hurmat, mehroqibat, vatanga va oilaga muhabbatni shakllantiradi. Kelajakda jamiyatga qo‘shilib, hayotda o‘z o‘rnini topishga tayyorlaydi. An’analarda har doim milliy xarakter va xalqning demokratik elementlari bo‘ladi. Xalq an’analari asrlar osha o‘zida nafaqat buyuk donishmandlikni, balki ajdodlarning hayotiy tajribasini saqlab keladi.
An’ana va urf-odatlar qadriyat sifatida to‘g‘ri yashashga, xalq va Vatanga fidoyi farzand bo‘lishga da’vat etishi bilan katta ahamiyatga ega. Yoshlar asrlar osha yashab kelgan xalqona qadriyatlardan qanchalik saboq olsa, barkamol inson sifatida takomillashib boraveradi. Chunki an’anaviy xalk madaniyatiga asoslangan qadriyatlar insonning iymone’tiqodli, ma’naviyatli va ma’rifatli bo‘lishiga qaratilgan. Xulosa qilib aytganda yu buqoridagi milliy qadriyat, urf odatlar, ma’naviy boylik, hurmat, mehr oqibat, vatanga va oilaga muhabbat, ajdodlar tajribasi, hayotiy qadriyatlar, ma’naviy meros kabi tushunchalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida ta’lim - tarbiya berish jarayoni davomida sindirib borish, milliy qadriyat va urf odatlar, o‘quvchilar ongida urf-odat va milliy qadriyatlar tushunchasini shakllantirishning ahamiyati, xalq urf-odatlari va an’analaridagi ma’naviy boylik, o‘quvchilarda o‘zaro hurmat, mehr oqibat, vatanga va oilaga muhabbatni shakllantirishning ahamiyati, ajdodlarning hayotiy tajribasini saqlab qolish imkoniyatlaridan foydalanish o‘qituvchidan yuqori salohiyat, pedagogik mahorat va kasbiy kompetentlikni talab etadi.

XULOSA
Tarix tajribasini o‘rganish, hozirgi davrda ro‘y berayotgan jarayonlar ya’ni,ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy voqealarni yanada chuqurroq o‘rganish, idrok etish va tushunib yetishga mustaqilligimiz hamda taraqqiyotimizni qadrlashga istiqlol yo‘lida yangi taraqqiyot uchun asos yaratish va shu asosda jamiyat rivojiga hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xalqlar jamiyat va kishilik sislizatsiyalari taqdirlarini olib qarasak, barcha madaniyatlar jamiyatlar va xalqlar o‘z mavjudlik taqdirida shakllanish va paydo bo‘lish rivojlanish hamda inqiroz jarayonlarini o‘z boshlaridan kechirganliklarini kuzatish mumkin.O‘tgan davr mobaynida ular o‘rtasida turli aloqalar ta’sirida o‘zaro ta’sir va o‘zaro bog‘liqlik jarayonlari mavjud edi. Mamlaktimiz taraqqiyotini rivojlantirish va kelgusi avlodga yetkazish borasida yoshlarning o‘rni beqiyosdir. Shu joiz, yosh avlodga o‘tmish va bugungi tarixni mukammal o‘rgatish hamda ularda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish dolzarb masala hisoblanib, buning zamirida o‘qituvchining zahmatli mehnati, bilimi, tajribasi, mahorati, umuman kasbiy kompetentligi asosiy rolni o‘ynaydi. Ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratilishi ham bugungi kunda tarix o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga doir qator tadqiqotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilg‘or pedagoglarning ilmiy uslubiy maqolalari va tajribalari asos qilib olindi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada umuman tarix o‘qitish metodikasiga oid xorijiy mamlakatlar hamda o‘zbekistonlik olimlarning fikr-mulohazalari va qarashlari, ular tomonidan yaratilgan tadqiqotlar o‘rganildi, tahlil etildi va umumlashtirildi.Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish hamda ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali ta’limda samaradorlikka erishish ta’lim tizimining olidida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Shunday ekan tarix o‘qituvchisi chuqur, har taraflamasosli ta’lim tarbiya berishda turli shakl, usul, vosita, uslub va yo‘nalishlarning mukammal uyg‘unligini amalga oshirishni talab etadi. Bu esa ta’lim sifatini turli komponentlar o‘ratsidagi aloqadorlik, muayyan usullar va uslublarning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishini ta’minlaydi. Tarix o‘qituvchisining bugungi vazifasi ham kun sayin ortib borayotgan axborot ta’lim muhiti sharoitida mustaqil fikrlay olish, faoliyat ko‘rsatish, ma’lumotlar oqimidan oqilona foydalanishga o‘rganishni talab etmoqda.Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun tarix o‘qituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini o‘quv tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim. Shu bois kasbiy tafakkur ko‘p jihatdan ta’limni samarali tashkil etish, uning taraqqiyoti darajasiga asoslanadi. O‘z navbatida tarix ta’limini samarali tashkil etish ijtimoiy ehtiyoj tariqasida mustaqil munosabat tizimida vujudga keladi. O‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ilmiy asoslangan qarashlari imkoniyati yaratiladi. Zamon talablari asosida tarix ta’limiga bunday yondashuv ta’lim samaradorligini oshiradi.
1. “Zamonaviy ta’lim usullari” deganda maktabgacha ta’lim tashkiLoti mashg’ulotlarini o’rganish bo’yicha tarbiyalanuvchilarning oldiga qo’yilgan pedagogik muammoni mustaqil yechishga xizmat qiadigan interfaol metodlar ko’zda tutiladi.
2. Adabiy ta’lim samaradorligiga erishishning eng maqbul yo’li – bu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida fan mashg’ulotlarini o’qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash sanaladi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlari zamonaviy tashkil etilsa, tarbiyalanuvchilarda samarali muloqot va o’z fikrini to’g’ri, ravon, ifodali bayon etish hamda asosli himoya qilish ko’nikmalari rivojlanadi.
4. Ta’lim samaradorligi tarbiyachilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasi asoslari borasidagi nazariy va amaliy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga bog’liq.
5. Zamonaviy usullar tarbilanuvchilarni faollashtiradi, ular o’zaro bahs-munozara asnosida kichik hikoyalarning mohiyatini teranroq anglaydilar.
8. Tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlikda mashg’ulotlar uyushtirilsa, kichik guruhlar tashkil etilsa, topshiriqlar alohida tarbiyalanuvchiga emas, balki kichik guruhlarga berilsa, bolalarning birgalikda faoliyat ko’rsatish zarurati va ko’nikmasi yuzaga keladi.
Xulosaa qilib aytganda kasbga bo‘lgan fidoyilik bilimi va tajribalarning birikmasi pedagog faoliyatining eng yuqori cho‘qqisidir.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling