Tarix darslarida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari
I Bob Yosh milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda tarix fanining o’rni
Download 1.47 Mb.
|
2 5429282388100261470
- Bu sahifa navigatsiya:
- “milliylik ” “ma’naviyat ” va “qadriyat
- «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratöiyasi»
I Bob Yosh milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda tarix fanining o’rni.
1.1. Milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyati. Qadriyatlar deganda biz narsa va voqealar, jamiyat moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Milliy-ma’naviy qadriyatlar – “milliylik” “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari kesishgan nuqtada jamlashgan ijtimoiy xodisalarni o’z ichiga oladi. Mazkur maqolada milliy g’oya va uni rivojlantirishning ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyati, bugungi kundagi dolzarbligi, milliy g’oyani rivojlantirishda ijtimoiy-ahloqiy asoslarga tayanish zarurati haqida, shuningdek, milliy g’oyani ijtimoiy-axloqiy asosda rivojlantirishning oilani ma’naviy muloqot asosida shakllantirishga, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan tamoyillari haqida so’z boradi. Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta’siri yo’nalishiga e’tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o’xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin. Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir. Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning mаgʻzini (yadrosini) qad-riyatlar tashkil etadi. Qadriyat allaqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, yoki bu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’-zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratish mumkin. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin. Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchifalsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil-liy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir. Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turi-shi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» . Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar atshkil eatdi. o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g’oy-alari yoatdi. Uzoq atrix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush atrzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va oat - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir. Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik». Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – hu-quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat atrixida Buyuk franöuz revolyuöiyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratöiyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi atsdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratöiyasi» - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan atrixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Kons-tituöiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Jaxon sivilizatsiyasining talablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda. Qadriyat” tushunchasining ilmiy iste’molga olib kirilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan, ammo uning negizi, insonning ijtimoiy faoliyati ekanligi mudom e’tirof etilgan. Antik davr mutaffakkirlarida “qadriyat” , “qadr”, “qadrlash” tushunchalarini ijtimoiy borliq, inson faoliyatining baxosi, baxolanishi boshqalar tomonidan ma’lum bir normalar asosida qadrlanishi tarzida tushunganlar. Masalan Aristotelning fikriga ko‘ra, qadriyat hodisalarga baxo, munosabat, yaxshilik va yovuzlik tushunchalarida talqin qilinadi. Falsafa qomusiy lug‘atida “Qadriyat – voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy – ahloqiy, ma’naviy – madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy tushuncha. Qadriyatlar ichida eng birinchisi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi. Qadriyatlarning mazmuni jamiyaning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liqdir. U keng ma’noda madaniyat dunyosidir, bu esa inson ma’naviy hayotining hamma faoliyatining qimmatini belgilovchi baxodir. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, qadriyatlarni o‘z mohiyati va amal qilish doirasiga qarab bir necha shakllarga bo‘lish mumkin: 1.Moddiy qadriyatlar -mehnat va mehnat qurollari, moddiy nematlar. 2.Manaviy qadriyatlar -manaviyat, madaniyat ilmiy falsafa, axloqiy-estetik qarashlar, diniy, tarixiy, badiiy, dunyoviy qimmatli nomoddiy boyliklar. 3.Tabiiy qadriyatlar -insonni o‘rab turgan va insoniyat yashashi uchun zarur bo‘lgan tabiiy boyliklar, o‘simliklar, hayvonot olami, yer osti va yer usti boyliklari, tuproq, suv, havo kabilar. 4.Iqtisodiy qadriyatlar -texnika va texnalogiya, shuningdek, mehnat bozori munosabatlari va hokazo. 5.Ijtimoiy–siyosiy qadriyatlar -davlatchilik, demokratiya, adolat, tinchlik, mustaqillik. Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlardan muayyan millat yoki elatning manfaatlar yig‘indisini tashkil etishi bilan farqlanadi. Bir millat qadriyatlari boshqa millat tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Shunga qaramay, har bir millat boshqa millat uchun qimmatli bo‘lgan qadriatlarni hurmat qilmog‘i manaviyatdir. Zero, ma’naviyatning asasiy o‘zagi – milliy, umuminsoniy va shaxsiy qadriyatlardir. Milliy qadriyatlarga to‘xtalganda, alohida shaxslar yaratgan qadriyatlarni e’tirof etish lozim. Alohida shaxslarning qadriyatlari ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tarila olishini xalqimiz tarixidan ko‘plab misollar keltirib isbotlash mumkin. Masalan, Faroniyning “Astronomiya negizlari”, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Beruniyning “Meneralogiya”si, Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari, Buxoriy, Termiziy, Naqshbandiy, Kubroviy, Yassaviylarning ma’naviy meroslarini keltirish mumkin. Milliy madaniyat va qadriyatlarning mazmunini bilish, ularga etiqod qilish, yosh avlod ongiga insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi. Vatan baxt-saodati va milliy istiqlolimiz yo‘lida fidokorona mehnat qilishga, komil inson bo‘lib voyaga yetishga undaydi. Milliy qadriyatlar bir millat a’zolari ming yillar davomida yaratgan moddiy va manaviy madaniyat boyliklari, milliy til, milliy adabiyot, uning psixik ifodasi, xarakteri, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, sharqona ahloqiy prinsiplari, urf-odatlari, an’analari kabilardir. Umuminsoniy qadriyatlar esa jamiyat taraqqiyoti dvvomida takomillashib borib, kishilarga hayotning mazmunini chuqurroq tushinish, o‘zlarining xatti-harakatlarini manaviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Umuminsoniy qadriyat- jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsalar, hodisalar, sifat, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomini emas, balki ularning ijtimoiy qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan aksiologik tushunchadir. Yoshlarimiz ongiga singdirilayotgan milliy istiqlol g‘oyasi ma’naviy meros asosidagi umuminsoniy qadriyatga tayanadi. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning, millatlarninggina emas, balki bashariyatning mulkidir. Zero, millat o‘z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridan ayri holda yarata olmaydi. Milliy o‘zlikni anglashda milliy g‘oya, mafkura va millatga xos bo‘lgan yangilanish jarayonlari jadal rivojlanmog‘i lozim. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling