Tarix darslarida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari


II Bob. Tarix darslari va zamonaviy texnologiyalar


Download 1.47 Mb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572350
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5429282388100261470

II Bob. Tarix darslari va zamonaviy texnologiyalar
2.1 O’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.

Istiqlol davrida erishilgan eng katta ijtimoiy taraqqiyotdagi yutiq bu milliy o‘zlikni anglash davri bo‘ldi. Ajdodlarimizga xos mehnatsevarlik, adolatparvarlik, halollik, insonparvarlik milliy istiqlol g‘oyasi yoshlarga yetkazilmoqda va shakllantirilmoqda.


Mustaqillikni asrash va uni taraqqiy ettirish e’tiqodli, elim deb, yurtim deb yashash, har bir insonning yuragidan joy olmoqda. Milliy o‘zlikni anglashda yangi qadriyatlarning o‘rni muhimdir. Ularni xalqimiz o‘zining ehtiyojlariga muvofiq umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilmoqda. Qaysidir xalq uchun qadriyatli bo‘lgan voqea, jarayon, narsa predmet boshqa millat uchun ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Ma’naviy madaniyati yuksak o‘zbek xalqining qadriyatlari ham ajdodlari merosi kabi yuksakdir.
Qadriyatlarni xalqning ijtimoiy ongidan, ma’naviyati va madaniyatidan, hech qachon siqib chiqarish mumkin emas. Zero, mustaqillikning ma’naviy asoslarini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega. Bizningcha, umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan, insoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo‘nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu-umidlari va ideallarini o‘zida aks ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini ifodalaydi.
Umuminsoniy qadriyat tushunchasining ob’ektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz xayotini va turmush tarzini umumlashtiradigan jamiyatdir . Darxaqiqat “umuminsoniylik” tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo‘lgan odam zotining hayoti va kamoloti uning tarixiy taraqqiyoti, siyosiy va boshqa birliklar uchun ahamiyati o‘z ifodasini topishi kerak. “Qadriyatlar — jamiyatda kishilar o‘rtasida obro‘ga, e’tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi” degan ta’rif berilgan.
Qadriyat (falsafa, sotsiologiyada) – voqelikdagi muayyan hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’rifiy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning mazmuni va xarakteriga ko‘ra, progressiv va reaksion tiplarga ajratish mumkin” deyilgan. Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim. Rus, ingliz, nemis, fransuz va chex tillarida Rossiya Fanlar Akademiyasining akdemigi G.V.Osipov muharrirligida chop etilgan “Sotsiologicheskiy ensiklopedicheskiy slovar”da qadriyatlarni baholash, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy qadriyatlar, qadriyatlar yo‘nalishi va umuman qadriyatlarga ta’riflar berilgan. Qadriyatlar tushunchasiga “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati”da ham alohida o‘rin ajratilgan.
Yoshlar dunyoqarashida milliy-ma’naviy qadriyatlarga tayanish, uning talqini va jamiyatimizda iqtisodiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda tutgan о‘rni bugungi muhim muammolar jumlasidandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Millat uchun erkinlik adolat tantanasining oliy ifodasidir. Erkinlik birovni о‘ziga qaram qilishga, birovning mol-mulkini talon-taroj etishga, birovga xiyonat qilishga, birovni о‘ldirishga yoki zarar yetkazishga yо‘l qо‘ymaydi.”10 deb ta’kidlaydilar.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling