Tarix fakulteti ism familiya
Amir Temur davrida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotning O’zbekiston tarixidagi o’rni
Download 79.22 Kb.
|
Amir Temur
Amir Temur davrida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotning O’zbekiston tarixidagi o’rni
Amir Temur kambag‘al dehqonlarga va kasodga uchragan savdogarlarga ularni o‘zlarini tiklab olgunlariga qadar xazinadan moddiy yordam berilishini talab qilgan. Eng muhimi, bu davrda hech bir shahar va qishloqlarda odamlardan jon boshidan olinadigan “sarshumor” va har bir xonadondan olinadigan “xona shumor” soliqlari olinmagan.Sohibqiron 1365-1366-yilningqishidaQarshi shahrining atrofini, 1370-yili Samarqandni devor bilan o ‘rab, qo‘rg‘on bunyod ettirgan. 1380-yili Shahrisabzda Oqsaroy qurishga kirishib, shahar atrofini devor bilan o ‘radi. Bu misollar shundan dalolat beradiki, devor va qo‘rg‘onlar bekorga barpo bo‘lmagan. Ular chegara vazifasini o‘tab, do‘st-dushmandan, bordi-keldidan, ichkari va tashqari, degan so‘zlar ma’nolariga monedir. Ma’lumki, Amir Temur saltana- tining chegarasi harbiy yurishlar vaqtida beqaror edi, lekin shunday boiishiga qaramay uning yurtidan biror bir narsa tashqariga so‘roqsiz olib chiqib ketilmagan.Bu davrda ulufa (oziq-ovqat, maosh va soliq turi) berish quyidagicha edi.Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o ‘nboshilar va sipohiylarga quyidagi tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o ‘z vazifasini o ‘rinlatib bajarishi sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga teng bo‘lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to‘rt otgacha tayin qilingan.O‘nboshilar maoshi qo‘l os- tidagi oddiy sipohiylardan o ‘n barobar ortiq bo‘lgan. Yuzboshilar maoshi o‘nboshilarga qaraganda ikki barobar, mingboshilamiki esa yuzboshilamikidan uch barobar ziyoda bo‘lgan.Shuning bilan birga manbalarda chorpilchor (urush) vaqtida xatoga yo‘l qo‘ygan sipohiylarning maoshidan o‘ndan biri kamaytirilgan, deb yoziladi. MaMumki, IX—XII asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan buyuk uyg‘onish davri kashfiyotlari, ilm-fan, madaniyat sohasidagi ko‘tarinkilik keyingi asrlar, jumladan, Amir Temur zamoni madaniyati, davlatchiligi rivojlanishiga, Movarounnahrda yagona va qudratli davlat barpo etilishi hamda bu yerda tinchlik-osoyishtalikning ta’minlanishi ilm-fan va madaniyat ravnaqi uchun muhim omillar edi. Lekin, bulardan tashqari, Temur davlati madaniyatining shiddati va keng doirada yuksalishi mazmunini ishonchli Naqshbandiya tariqati tashkil etgan, ijtimoiy-ma’naviy g ‘oya eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bu g ‘oya Sohibqiron davlati siyosatining asosi va davlat faoliyati ana shu g ‘oya asosida olib borilgan.Amir Temur va temuriylar davrida o ‘lkada fan va madaniyat barq urib o‘sdi, rivojlandi va kamol topdi. Bu sohada Movarounnahr XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining eng oldingi qatorlaridan joy oldi. Temur va temuriylar davri jahon fani va madaniyatining Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror, Behzod, Xondamir kabi ulug‘ vakillarini yetishtirib berdi. Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Ahmad Xorazmiy, Mavlono Termiziy, Mansur ibn Muhammad Buxoriy, Shayx Zayniddin Xofiy, Said Sharif Jurjoniy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Muhammad Havofiy, Qozizoda Rumiy kabi allomalar jahon ilm-faniga o‘zlarining munosib his- salarini qo‘shdilar. Bu davrda shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijod etdi va turkiy dunyoni yakqalam qildi. Uning homiyligida tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali, rassom Behzod va boshqalar kamolga yetdilar.Amir Temur va temuriylar davrida hukmdorlarning o ‘zlarini ilm, fan va madaniyatga intilishi, bu sohaga shaxsan homiylik qilishlari XIV-XV asrlarda yurtda jahon tan olgan ikkinchi uyg‘onish (renessans)ning yuz berishiga olib keldi.Amir Temur Samarqandda takrorlanmas memoriy-madaniy obidalar qurdirdi. U qurdirgan Jome masjidi Samarqanddagi eng hashamatli va go‘zal obidalardan va u boshqa binolardan o ‘ymakor marmardan yasalgan 480 pillapoya-ustunlari, darvozaband ulkan ravoqi, masjid binosining bahaybat gum- bazi, peshtoqining salobati va quyosh nurida turli rang ko‘rinishda toblanib turuvchi maftunkor, jimjimador go‘zal bezaklari bilan o ‘zgacha bir tarzda ajralib turadi. Dunyoning turli burchaklaridan tinimsiz Samarqandga oqib kelayotgan sayohatchilarni Jome masjidining memoriy mahorati va san’ati asrlar o‘tsa-da hamon o ‘ziga maftun etib kelmoqda.Amir Temur mashhur Shohizinda qabristonini ham o‘zining o‘tkir zehni va ziyrak e’tiboridan chetda qoldirmadi (“Shohizinda” - “tirik shoh” ma’nosini beradi). Bu ansambl Afrosiyobning janubida, qabristondagi maqbaralardan iborat.Sohibqironning hayotligi chog‘ida qurilgan maqbaralardan biri Turkon Og‘a maqbarasidir. Turkon Og‘a Amir Temurning opasi edi. Maqbara esa 1370-1371-yillarda vafot etgan Turkon Og‘aning qizi uchun qurilgan. 1383-yilda Turkon Og‘aning o‘zi ham vafot etadi va shu yerga dafn etiladi. Bu obidaning ustalari samarqandlik Shamsiddin va Badriddin, buxorolik Zaynid- din va Shamsiddinlar boigan. 1376-yilda Amir Temurning sarkardalaridan biri amir Husaynning onasi Tugii Tekin, 1385-yilda Amir Temurning singlisi Shirinbeka Og‘a maqbaralari qurilgan. “Shohizinda” ansamblida Amir Temurning xotinlari tomonidan qurilgan maqbara va boshqa binolar ham kattagina o‘rinni egallaydi.Manbalarda ta’kidlanishicha, Shohizindadagi eng qadimiy maqbaralardanbirida Muhammad payg‘ambarga qarindosh (jiyan) Qusam ibn Abbosning ham xoki qo‘yilgan ekan.Amir Temur davrida qurilgan va dovrug‘i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri - “Go‘ri Amir” maqbarasi. Bu muhtasham binoning qurilish tarixi bor. Amir Temur nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning o ‘g ‘li) juda sevardi. Muhammad Sulton 1403-yilda 19 yoshida jangda fojiali halok bo’ladi. Uni Samarqandga olib kelib dafn marosimi o‘tkazadilar. Amir Temur1404-yil kuzida safardan qaytgach, nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun maqbara qurishga farmon beradi. Ushbu farmonda maqbarani 10 kun davomida qurib tugallashga buyruq berilgan. Haqiqatan maqbara 10 kunda batamom qurib bitkaziladi.Maqbara devorlaridagi rang-barang koshinlar orasida uni qurgan usta Mu- hammad ibn Mahmud Isfahoniyning nomi ham yozilgan. 1405-yilda Amir Temur kasallanib vafot etgach, uning o ‘zi ham shu yerga nevarasining yoniga dafn etiladi va maqbara Go‘ri Amir maqbarasi deb nom oladi. Shundan so‘ng ushbu obida temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Muham- mad Sulton Mirzo, Amir Temurdan tashqari Sohibqironning o‘g‘illari Umarshayx, Shohrux va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug‘bekning ham sag‘analari qo‘yilgan. XULOSA Amir Temur mamlakatda hukmdor chiqargan buyruq va qarorlar faqat uning ixtiyorida bo’lishi kerak deb hisoblagan va o’zining boshqaruv faoliyatida bu qoidaga amal qilgan. Bizningcha, ushbu davlatchilik ta’limoti davlat hokimiyatini amalga oshirishning muhim usullaridandir. Hukmdor o’z siyosiy mavqeini saqlab qolishio uchun uning adolatli va komil inson bo’lishi yetarli emas, maqsadga erishish uchun uning atrofidagi mansabdorlar ham o’z kasbining ustasi, fidoyi va halol bo’lishlari kerak. Amir Temur o’zi tayinlagan vazirlar, amaldorlar sipohiylar vositasida davlat boshqaruvini amalga oshirganligi uning eng kata yutuqlaridan biridir. Amir Temur ayniqsa, vazirlar tanlash masalasini to’g’ri hal qilishga intilgan.U podshoh “qoshida adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo’lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agarda vazir zolim bo’lsa, ko’p o’tmay saltanat uyi qulaydi”- deb ta’lim bergan. Hukmdor davlat qudratining ramzi bo’lganligi sabab uning ozgina salbiy hatti harakati ham ommaga tez ta’sir etadi.Uning har qanday masalada adolatli, rahmdil va mehribon bo’lishi hamda qonunlarning ijrosini ta’minlay bilishi yutuqlariga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy saboqlar shaxsan Amir Temurning o’zi va oilasi qonunlar ijrosini ta’minlashda xalqqa o’rnak bo’lganligini ko’rsatadi. Amir Temur boshidanoq boshqaruv jilovini o’z qo’lida mustahkam ushlagan bo’lsa ham hokimiyatni o’z hodimlariga bo’lib berish, ammo ularning ustidan nazorat o’rnatish yo’lidan borgan.Bundan Amir Temurning mamlakat ichkarisidagi muxolif kuchlarga nisbatan qo’llagan taktikasini anglab yetish mumkin.Uning fikriga ko’ra, “ saltanat ishlarini ishonchli va mo’tabar bir necha kishiga bo’lib berish lozim. Shunda har biri o’z ishiga bog’lanib, saltanat taxtiga ko’z olaytira olmaydi23.”Bundan Amir Temur o’sha davrdayoq hokimiyatning bo’linish tamoyili boshqarishni tashkillashtirishning maqbul usullaridan ekanini anglab yetgani, uning davlatchiligida ana shunday kurtaklar mavjud ekanini anglash mumkin.Umuman olinganda, Amir Temur davlatchiligi yuksak nazariy qoidalarga asoslangan holda boshqarilgan bo’lib,undagi mezonlar amaliyotdan olingan. Buyuk Sohibqironning xizmatlari va buyukligi haqida k o ‘pgina davlat arboblari, yozuvchi, olim-u fuzalolar ham o ‘z fikrlarini bayon etganlar. “Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish demakdir.Amir Temumi u lug‘lash - tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga,madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagim izga ishonchimizni mustahkamlash demakdir”.“Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo’lmasa,betakror m a'naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar hambo’lmasdi. O’zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida AmirTemur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevoriniqurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. U ning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o ‘z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Amir Temur o ‘z davlatini aql-zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan. U ning “Davlat ishlarining t o ‘qqiz ulushini kengash, tadbir vamashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”, degan so‘zlari buning yorqin dalilidir". “Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o‘ylab ish qilish qurol kuchidan o‘n barobar foydaliroqdir’’, degan dono so‘zlar Amir Temurga mansubdir. Bu so‘zlar hozirgi tilda nizoli masalalarni siyosiy muloqot, ogohlantiruvchi diplomatiya yo‘li bilan hal qilishni bildiradi. Ma’naviy ildizlarimizning bir bo‘lagi Amir Temur va temuriylar ma’naviyati hisoblanadi. Bu ma’naviy manba insoniyat tarixida tengi yo‘q markazlashgan davlatchilikka, qonunchilikka asos solganligi sababli ham ahamiyatli.Temur va ayrim temuriy shahzodalar (Shohrux, Ulug‘bek, Bobur)ning adolat uchun kurashi nafaqat yurtga osoyishtalik va tinchlik keltirdi, balki shuyurtning iqtisodiy va ma’naviy rivojiga imkon ham yaratdi. Bunday imkonyurt va xalq nomini ikkinchi bor dunyo miqyosida tarannum etdi. O‘zbek xalqi Sohibqironning “Kuch - adolatda” shiori barcha davrlar uchun bo‘lganidek, bugungi kunda ham jaranglab turuvchi shiorga aylanganligini shohidi bo‘lib turibdi. 24 Download 79.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling