Tarix fakulteti ism familiya


Amir Temur davlatining vujudga kelishi va harbiy yurishlari


Download 79.22 Kb.
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi79.22 Kb.
#1409162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amir Temur

Amir Temur davlatining vujudga kelishi va harbiy yurishlari

Amir Temur mo‘g ‘ullarga qarshi kurashda Balx hokimi Amir Husayn (asli chingiziylardan) bilan do‘stlashadi va u bilan birga yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi. 1365-yilning bahorida Chinoz bilan Toshkent o ‘rtasida, Chirchiq daryosi bo‘yida Amir Temur va Amir Husayn qo‘shinlari mo‘g ‘ul xoni Ilyosxo‘jaga qarshi jang qiladi. Jangda Ilyosxo‘ja g ‘olib chiqadi. Bu jang tarixga “Loy jangi” nomi bilan kirgan.Amir Temur “Loy jangi” mag‘lubiyatidan keyin Samarqandga keladi, un- dan so‘ng Keshga boradi, so‘ngra Amudaryo orqali Balxga o‘tadi. Samarqand kirishadi. Shahar aholisiga bir guruh madrasalar tolibi ilmlari boshchilik qiladi. Xalq ommasining mo‘g ‘ul talonchilariga, mahalliy yer egalarining haddan ortiq jabr-zulmlariga qarshi kuchli noroziligi bu yerda Sarbadorlar harakati deb atalgan qudratli ozodlik harakatining boshlanishiga olib keladi. Asli bu harakat 1337-yilda Xurosonda boshlanib, ular mo‘g‘ullarga bo‘ysunib yashagandan ko‘ra dorga osilib o’lishni afzal ko‘rgan edilar. Harakat nomi (sar-ba-dor) ham forsiy tilda “Boshini dorga tikkanlar” ma’nosini berar edi. Samarqanddagi harakat rahbarlari tolibi ilm vakili Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy va mohir mergan Xo‘rdaki Buxoriylar edi. Ularning da’vati bilan madrasa talabalari, yoshlar, hunarmandlar, dehqonlar va o‘rta yer egalari ham Samarqand himoyasida ishtirok etadi. Samarqand himoyachilari mo‘g ‘ullardan ustun kelib, dushman shahardan tashqariga chekinadi. Ular endi Samarqandni qamal qiladi. Ammo ularning lashkarlari safida “Ot o‘lati” yuqumli kasalligi tarqaladi. Shundan so‘ng Ilyosxo‘ja dastlab Samarqandni, so‘ngra butun Movarounnahrni tashlab, yurtiga qaytib ketishga majbur bo‘ladi.Samarqandda sarbadorlar g ‘alaba qilgan paytda Amir Temur Keshda, Husayn esa Amudaryo bo‘ylarida edi. Amir Temur sarbadorlar g ‘alabasi haqida Husaynga xabar bergach, ular yana birlashib, 1366-yil bahorida Samarqand yaqinidagi Konigilda sarbadorlar rahbarlari bilan 1uchrashadi. O‘rtada kelishmovchilik bo‘lib, sarbadorlar rahbarlari qatl qilinadi. Amir Temur iltimosi bilan sarbadorlar rahbarlaridan biri Mavlonozoda omon qoladi. Mova- rounnahrda hukmronlik amir Husayn qo‘liga o‘tadi.XIV asr 60-yillarining oxirida Temur va Husayn o ‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgach, Husayn o‘ziga qarashli Balx shahrini mustahkamlaydi,istehkomlar qurishga kirishib, shahar devorini tiklab, qurol-yarog‘ni ko‘paytira boshlaydi. Temur bu harakatlarning o ‘ziga qarshi qaratilganini yaxshi anglab, Husaynni bu yo‘ldan qaytarishga qancha harakat qilmasin, foydasi bo‘lmaydi. Amir Temur 1370-yilning bahorida Husayn o ‘rnashib olgan Balxga qo‘shin tortib boradi va uni mahv etadi. U Chingizxon avlodidan bo‘lgan Qozonxonning qizi, Amir Husaynning bevasi Saroymulkxonim (Bibixonim)ni o ‘z nikohiga olib, “Ko‘ragon” (xon kuyovi) nomini oladi.1370-yilda Amir Тецшг hokimiyatni qo‘lga kiritgach, o ‘sha davr qoidalariga ko‘ra Chingizxon avlodiga mansub Suyurg‘atmishni Movarounnahming xoni qilib qo‘ydi va o‘zi Movarounnahrning yakka hukmdori sifatidagi faoliyatini boshladi. Shuningdek, qo‘shin sarkardalarining qumltoyi ham Amir Temurni Movarounnahrning yagona hukmdori, deb e’lon qiladi. Amir Temur dastlabki kunlardanoq mamlakatdagi qabila va gumhlaming manfaatlarini to‘laligicha inobatga oldi. Bu xususda Ibn Arabshoh shunday yozadi: “Arablarda qancha bo‘lsa, turklarda ham qariyb shuncha qabila va gumhlar bordir. 8 O‘sha vaqtlardan har qaysisi bir qabilaga mansub bo‘lib, o ‘z fikr chirog‘i bilan u qabila uylarini yorituvchi pilik misoli edi. Ulardan birining qabilasi orlot, ikkinchisi jaloyir, uchinchisiniki qovunchi, to‘rtinchisiniki barlos deb atalardi. Temur to‘rtinchi qabila o‘g ‘loni edi”.9 1370-yilda Amir Temur Husaynni mag‘lub etib, uning haramidagi Saroymulkxonimni (sobiq mo‘g ‘ul xonlaridan biri Qozonxonning qizi) o‘z nikohiga oladi va shu davrdan boshlab uning nomiga “ko‘ragon” (Xonning kuyovi) so‘zi qo‘shib aytila boshlaydi. Amir Temur nikohida bir necha xotinlar bo‘lsada, uning hayoti va faoliyatida Saroymulkxonim muhim rol o ‘ynagan. Uning xizmatlari va saroydagi hurmatlari evaziga uni Bibi (katta) xonim deb ataganlar. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurni Makedonskiy, Muhammad payg‘ambar qatori Sohibqiron deb nomlaydilar.Ikki sayyora - Zuhal va Mushtariylarning bir-biriga yaqinlashuvi (qiron) jarayonida dunyoga kelgan farzand- largina bunday nomga sazovor bo‘ladi.Sohib (egasi), qiron (ikki sayyoraning yaqinlashgan jarayoni). Bunday qiron jarayoni har 800 yilda ro‘y bergan deb ta’riflanadi. Bundan shu narsa yaqqol ko‘rinib turibdiki, Amir Temur o ‘z hukmronligining dastlabki kunlaridanoq, har bir qabila manfaatini chetda qoldirmadi va bu udumlarni mansablarni tayinlashda ham qo‘lladi.U hokimiyat tepasiga chiqqach, Samarqand shahrini poytaxt qilib tanladi, uni mustahkam devorlar bilan o‘rab, shahriston va saroylar qurdira boshladi.Uning oldida Movarounnahr hududlarini birlashtirish va yagona markazlashgan qudratli davlat tuzish vazifasi turar edi. Amir Temur uchun Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i yerlarini, Farg‘ona va Shosh (Toshkent) viloyatlarini o‘ziga qaratish va birlashtirish uncha qiyinchilik talab qilmadi. Buyuk Amir Xorazmni Movarounnahrning tarkibiy qismi deb hisoblardi. Ammo bu hududni Oq o‘rda, Oltin o‘rda qo‘llab-quvatlayotganligi ishni ancha murakkablashtirayotgan edi. Temur markazlashgan davlat tuzish maqsadida Xorazmni ham birlashtirish harakatini boshladi.Shimoliy Xorazm hokimiyati tepasida Qo‘ng‘irot so‘filari turar, janubiy qismi esa Chig‘atoy ulusiga bo‘ysundirilgan edi, ammo Qo‘ng‘irot so‘filari janubiy qismni ham egallaydi. Amir Temur o‘z tasarrufiga olish uchun bir necha marta Xorazmga yurish qildi. 1388-yilda bo‘lgan so‘nggi yurish natijasida Xorazmda Sulaymon So‘fiy hukmronligi ag‘darilib, o ‘lka Amir Temur davlati tarkibiga uzil-kesil qo‘shib olindi. Shu tariqa, Amir Temurning O‘rta Osiyoda markazlashgan davlat tuzish maqsadi amalga oshdi. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, deyarli bir asrlik bosh boshdoqlik hukm surgan mamlakatga qonunlar joriy etib, tartib o‘rnatish oson emas edi. Uni faqatgina kuchli siyosat yurgizib, mamlakat qudratini mustahkamlab amalga oshirish mumkin edi. Temur o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida dastlab barlos qabilasidan maxsus gvardiya tashkil qiladi. CHunki bunday ishonchli gvardiya ayniqsa uning siyosiy va harbiy kurashlari uchun zarur edi. SHuningdek, Amir Temur davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsada, ammo mavjud shart-sharoitda amaliy qadamlar qo‘yib borish nihoyatda og‘ir edi. Zero, mamlakat yo biron-bir viloyat, yoki ijtimoiy tabaqa doirasida kattagina mavqega ega bo‘lgan amirlar avval boshda uning hukmronligini tan olgan bo‘lsalar-da, ular bilan Amir Temur o‘rtasidagi munosabat bundan buyon ularga va ularning namoyondasi bo‘lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko‘p jihatdan bog‘liq edi. Aynan shuning uchun ham 1370 yilning o‘rtalarida Samarqandda o‘tkazilgan qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig‘ib, ularga har birining mavqei va martabasiga qarab biron-bir mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar) taqsimlab beradi, katta-katta sovg‘alar ulashadi. Bu haqda Sohibqironning “Tuzuklarida” shunday deyiladi: “Bulardan mol-dunyoga hirs qo‘ygan ochqo‘z va ta’magirlariga mol-ashyo va’da qildim, mansab-martabaga va mamlakatlarni boshqarishga ko‘z tikkan amalparastlarga qo‘lim ostidagi mamlakat va viloyatlardan birining hokimligini berdim”.Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori sifatida mamlakat hududlarini birlashtirishga kirishar ekan, hududlar ustiga dabdurustdan harbiy yurishlar qilmasdan, kelishuvchilik siyosatini tutdi. SHu bois ham u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi erlarni, Farg‘ona, SHosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga kiritishda unchalik qiynalmadi. Ammo, Xorazmda ahvol boshqacha edi. Xorazmning o‘sha davrdagi hukmdorlari (Husayn So‘fi, Yusuf So‘fi) Oltin O‘rda ta’sirida bo‘lib, elchilar jo‘natilganligiga qaramay bir necha yil Amir Temur hokimiyatnini tan olmadilar. Shuning uchun ham Amir Temur Xorazm ustiga besh marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillar) qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. 1388 yildan so‘ng Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kirgan.Amir Temurning harbiy yurishlari 1386 yildan boshlab “uch yillik”, 1392 yildan “besh yillik”, 1399 yildan “etti yillik” urushlar nomini olagn. XIV asrni ng 80-yillari o‘rtalariga kelib butun Xuroson Sohibqiron ixtiyoriga o‘tadi. Amir Temurning XIV asr 70-yillari o‘rtalaridagi Oq O ‘rda xoni O ‘rusxon va uning o‘g ‘li Temurmalik, keyinchalik To‘xtamish bilan bo‘lgan janglari, Oltin O‘rdaning tor-mor etilishi davlatning markazlashgan holda mustahkamlanishiga imkon yaratdi. Amir Temur mohir sarkarda sifatida qattiq intizomga bo‘ysungan qo‘shin tuzdi va unga katta e’tibor berib, ular nizomni qat’iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, dushmanga adolatli bo‘lishi lozim deb hisobladi. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari orasida taqvodor, saxovatli, xudojo‘y kishilar ko‘p bo‘lgan. Ular bechoralarga xayr-u ehson ko‘rsatish, boshiga og‘ir tashvish tushganda yordam qo‘lini cho‘zish, asirlarga yumshoq muomalada boiishga odatlangan.Qo‘shinda Amir Xo‘ja Sayfiddin, Amir Sulaymon Xash, Amir Oqbug‘a, Amir Soribug‘a, Amir Birandiq, Shayx Ali Bahodir, Temur Tosh, Baratxo‘ja, Amir Dovud Barlos, Amir Muayyad, Arlot kabi qo‘mondonlar xizmat qil- gan. Ayrim yurishlarda Sohibqironning o‘g‘illari va nabiralari ham qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan.1380-1382-yillarda Amir Temur Xuroson yerlarini bo‘ysundirib, Hirot, Astrobod, Domg‘on, Semnon va Mazandaranlami qo‘lga kiritdi. U birinchi yirik harbiy yurishlarini Eron, Armaniston, Gurjiston va Iroqqa qaratdi. Eronning janubi - Isfahonda hukmronlik qilib turgan Muzaffariylar sulolasi, Iroq va Ozarbayjonda hukmronlik qilayotgan Elxoniylar taslim bo’ lib , Armaniston va Gurjiston ham egallandi.1398-yilning mayida A fg‘onistonga, so‘ng Hindistonga yurish boshlandi. Avgust oyida Kobul shahri, 15-dekabrda esa Dehli egallandi. 1381-yilda Amir Temur Hirotga yurish qilganida kurdlar sulolasi vakili hukmdor G‘iyosiddin Pir Ali Temurga qattiq qarshilik ko‘rsatmagan. 1383-yil-da Hirotda qo‘zg‘olon ko‘tarilib, Pir Ali sulolasi tugatilib, sarbadorlar vakili Ali Muayyad hokimiyatni egallagan. Lekin u ham hududlami Amir Temurga ixtiyoriy ravishda topshirgan.Sohibqiron o‘z saltanati hududlarida tinchlik va osoyishtalik o ‘matish, bu hududlami kengaytirish va mustahkamlash maqsadida urushlar olib bordi. Uning Oltin 0 ‘rda xoni To‘xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395-yillarda) olib borgan jung-u jadallari ham eng aw alo, yurt oso-yishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash maqsadiga yo‘naltirilgan edi.1395-yilda Terek daryosi sohilida To‘xtamishning mag‘lubiyati va Temurning g‘alabasi Oltin O ‘rdaga berilgan so‘nggi zarba edi. Garchi Temur Marka-ziy Osiyo manfaatlarini ko‘zlagan hamda Moskva knyazlari bilan aloqa bog‘lamagan holda Oltin 0 ‘rdaga qarshi kurash olib borgan bo‘lsa-da, bu kurash natijasida u 0 ‘rta Osiyoni asrabgina qolmay, balki xolisona ravishda Rossiyani mo‘g‘ullardan ozod qilib, rus xalqi uchun ham juda katta xizmat qildi.Amir Temur Misr va Suriya sultoni Barsuqning vafoti haqidagi xabami eshitgach, 1399- yilning oktabrida Misr sari yo‘l oldi. Barsuq taxtiga o‘tirgan yosh sulton Faraj Sohibqiron qo‘shinlariga bas kelolmadi. 1400-yilda Suriya va Misr ham egallandi. Bu paytda Turkiya sultoni Boyazid butun Yevropaga xavf solayotgan, hatto 1396-yilda Yevropaning birlashgan 60 ming kishi- lik armiyasi ustidan g ‘alaba ham qozongan edi. Yevropa davlat boshliqlari turklarga bas kela oladigan qudratli kuch deb, faqat Amir Temumi tanlagan edi. Shu bois bu davlatlar Amir Temur davlati bilan harbiy, siyosiy va savdo munosabatlarini o ‘matishga intilib, muntazam ravishda o ‘z elchilarini yuborib turdi. Ular bu borada katta va’dalar ham berdilar. Amir Temur bu va’dalarga e’tibor bermagan holda Boyazidga do‘stona maktub yo‘llab, o ‘zining raqibi Qora Yusufni qaytarib yuborishni so‘raganda, Boyaziddan haqoratomuz javob oladi. Bu haqoratlar ikki o‘rtada urush boshlanishiga sabab bo‘ladi. 1402-yil- ning mayida Anqara yaqinidagi jangda Amir Temur 200000 kishilik qo‘shini bilan Boyazid qo‘shini ustidan g ‘alaba qozonib, Boyazidni esa asir oladi.Amir Temurning beg‘araz va odil jahongir ekanligini yana shu joyda ham ko‘rish mumkinki, u to iiq g ‘alabaga erishgan bo’lsada, Boyazid o ‘rniga uning o‘g lini sulton qilib qo‘yadi. U Boyazidni yengish bilan Yevropani vayronlik va zulmdan saqlab qoladi. Bu g ‘alaba Sohibqironni yana bir buyuk, uluglangan “Yevropa xaloskori” nom bilan atalishiga sabab bo‘ldi.Amir Temur 1404-yilda muhim mavqega ega bo’lgan Xitoyga 200 ming jangovar qo‘shin bilan yurish boshladi. Ammo u 1405-yilning 18-fevralida aynan shu jangovar yurish chogida 0 ‘tror shahri saroyida kasallanib vafot etadi.Amir Temur o ‘zining uch yillik (1386 -1388), besh yillik (1392-1396), yetti yillik (1398 -1404) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni, Hindiston, Suriya va Misr yerlarini egallaydi.U o‘z faoliyati davomida ko‘p janglar qildi va bu janglar natijasida Qora, Egey va O ‘rta Yer dengizlaridan to Hindistonning g‘arbi, Mo‘g‘uliston, Xitoygacha, Urol toglari, Moskva ostonalari va Dnepr bo‘ylarigacha bo‘lgan hududni zabt eta oldi. O‘z harbiy yurishlari natijasida 27 mamlakatni o ‘ziga bo‘ysundirdi. Fosih Xavofiy o‘zining “Mujmal-i-osixiy” kitobida: “ 1370- yildan to 1404-yilga qadar qariyb 30 marta qo‘shin tortgan Amir Temuming hamma vaqt qo‘li baland keldi”, — deb yozdi.Shu tariqa Amir Temur buyuk saltanatga asos solib, feodal tarqoqlikka, tinimsiz davom etayotgan urush-janjallarga barham berdi va nihoyat shu saltanatda osoyishtalik o ‘rnatdi.Uning mustaqil markazlashgan davlat harbiy doktorinasining ishlab chiqqanligi buyuk sarkardaligidan dalolatdir. Buyuk sarkardaning harbiy san’at sirlarini, harbiy saboqlarini mustaqil O ‘zbekistonda va hatto boshqa yirik mamlakatlarda o‘rganilishi ayni haqiqat. Amir Temur davlati bilan Vizantiya, Turkiya, Hindiston, Ispaniya, Fransiya, Angliya, Oltin O‘rda, Mo‘guliston, Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o‘rnatdilar. Amir Temur davlatining tashqi siyosati o‘z oldiga mamlakat xavfsizligini ta’minlash; qo‘shni mamlakatlarda o‘z ta’sirini mustahkamlash; Turkiya, Hindiston, Xitoy, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy, elchilik, madaniy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish kabi vazifalarni qo‘ygan. XIV asr oxirlarida vujudga kelgan muayyan xalqaro vaziyat tufayli Amir Temur davlati, Turkiya, Misr va Oltin O‘rda eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi. Bu davrda Amir Temurga Mo‘g‘uliston, Oltin O‘rda va Misr bilan ittifoqdagi Usmoniylar Turkiyasi qarama-qarshi turardilar.Mo‘g‘uliston bilan munosabatlar. .Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodidan xalos etilib, mamlakatda Amir Temur hokimiyati o‘rnatildi, lekin uning sarhadlari hali tinch emas edi. Mo‘g‘ulistonda ulus beklarining isyonlari va ularning Toshkent viloyati bilan Farg‘ona vodiysiga talonchilik xurujlari ro‘y berib turardi. Shimol tarafda Oq O‘rdada Jo‘ji ulusining tojtaxti uchun kurash kuchaygan, ularning Xorazm hukmdorlari bilan qo‘shilib, Buxoro, Chorjo‘y va Qarshi ustiga qilgan talonchilik yurishlari davom etardi. Bularni bartaraf qilmay turib, Amir Temur o‘z davlatining xavf sizligini ta’minlay olmas edi. Manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temur bu masalani muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga urindi. Lekin foydasi bo‘lmadi. Uni qurol vositasi bilan hal qilishga majbur bo‘ldi. Amir Temur 1371–1390-yillarda olib borgan yetti harbiy yurishdan keyin Mo‘g‘ulistonda tinchlik o‘rnatish va uni o‘zining ta’sir doirasiga kiritib olishga muvaffaq bo’ldi. Misr bilan aloqalar.Amir Temur bilan Misr sultoni Barquqo‘rtasidagi rasmiy aloqalar 1385-yildan boshlangan edi. 1386–1405-yillarmobaynida Amir Temur va Misr sultonlari, shuningdek ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan 1025 marta maktub va elchilar almashuvi bo‘ldi. Keyinchalik Amir Temur Sulton Boyazid ustidan g‘alaba qozongach, Misr o‘z itoatkorligini izhor etadi. Oltin O‘rda bilan munosabatlar. Amir Temur yordamida To‘xtamishOltin O‘rda taxtiga kelgan bo‘lsa-da, uning Movarounnahrga talonchilik yurishlari avj oldi. Bundan tashqari, To‘xtamishxon Misr, Iroq va Turkiya bilan harbiy ittifoq tuzib,Amir Temurga zarba bermoqchi bo‘ldi. 1384-yilda To‘xtamishxonning elchisi Misr sultoni Barquqbilan uchrashuvda Amir Temurni yo‘q qilish taklifini kiritadi. Bunday taklifga shu yili Misrga kelgan Turkiya va Sivas elchilari mamlakatlari Amir Temurga qarshi bo‘lgan harbiy ittifoqqa qo‘shilishini aytdilar. Turkiya, Misr va Oltin O‘rdaning o‘zaro yaqinlashuvi Amir Temur davlatiga jiddiy xavf tug‘dirardi. Shuning uchun Amir Temur bu harbiy ittifoq harakatga kelishiga yo‘l qo‘ymadi. Amir Temur ittifoqchilarni bittadan safdan chiqarish siyosatini tutdi.1395-yilda To‘xtamishxonga,1402-yilda Yildirim Boyazidga qaqshatqich zarbalar berdi. Xitoy va Hindiston bilan munosabatlar.Sharqning eng katta davlatlaridan Xitoy bilan munosabatlar Amir Temur davrida bir qadar jiddiylashib qolgan edi. Bunga Xitoy hukmdorlarining ulug‘ davlatchilik siyosati sabab bo‘lgandi. Min imperatorlari Xitoyga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarni Xitoyga qaram mamlakatlar deb hisoblar edilar. Amir Temurning elchilari va savdogarlari olib borgan sovg‘a-salomlarni esa o‘lpon deb atar edilar. Temur ham Xitoy elchilari bilan shunga yarasha munosabatda bo‘ldi. Klavixoning ma’lumotlariga qaraganda, 1404-yilda Samarqandga kelgan Xitoy imperatorining elchilarini boshqa mamlakat elchilaridan yuqoriga o‘tqazib qo‘yilgan ekan. Yuqoridagi aytilganlardan kelib chiqib Amir Temur buyrug‘iga ko‘ra ular ham boshqa mamlakat elchilari qatoridan o‘ziga yarasha joyga o‘tqazilgan.Xalqaro siyosiy vaziyat. Sohibqiron Amir Temur jahon siyo siy hayotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumki, bu davrda, bir tomondan, Sulton Boyazidning Bolqon yarimoroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma’lum darajada birlashuvi tabiiy edi.Avvalambor Boyaziddan yengilib, o‘z yer va mulklaridan mahrum bo‘lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog‘dagi o‘rdagohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G‘alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so‘rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to‘lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to‘lashga va’da qiladilar. Bunday taklif Amir Temurga ma’qul tushadi. Chunki Turkiyani dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi. Elchilik aloqalari. Anqara yaqinida turklarning 160 ming kishilik qo‘shini ustidan qozonilgan buyuk g‘alabadan so‘ng Amir Temurning G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan bo‘lgan aloqalarining mazmuni tubdan o‘zgaradi. endilikda Amir Temur ular bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga ahamiyat beradi11.Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VIva Genrix IVnomlariga maktublar yo‘llaydi. elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib boradilar. elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta’minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo‘lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroliGenrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g‘arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. G‘arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonni o‘z ichiga olgan mulklar hokimi MironshohAmir Temurning keksayib qolgan davrida G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G‘arbda Mironshoh tez orada “katolik oqimining homiysi” sifatida shuhrat qozondi.Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. elchilarga Amir Temur va Boyazidlarning kuchqudrati, boyligi va qo‘shinining sonini bilish hamda ular qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma’lumotlar to‘plash topshiriladi. Sharq va G‘arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in’omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo‘shib Amir Temur Muhammadqozi ismli o‘z vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzirigaikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatadilar.Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404-yilning sentabr-noyabr oylarida Samarqandda bo‘ladilar. Amir Temurning Xitoy tomonga yurishi munosabati bilan boshqa ko‘pgina davlatlarning elchilari kabi Ispaniya elchilari ham 1404-yilning 21-noyabrida Samarqanddan jo‘natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-yilning martoyida qaytib boradi. Klavixoning safar taassurotlari “Buyuk Temur tarixi”, “Temur qarorgohi” va “Samarqandga sayohat kundaligi” nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi. Amir Temur o‘z davlati poytaxti Samarqandatrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq),Misr (Qohira), Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz. Chunki Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarakatrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi. Tashqi savdoda ham Samarqand katta o‘rin tutgan. Samarqandga turli mamlakatlardan, xususan, Xurosondan ma’danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos, Xitoydan atlas, choy, mushk va boshqa mollar, o‘zga mamlakatlardan oltin va kumush olib kelinardi. KlavixoXitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganini o‘z kundaligida qayd etgan. Bu davrda Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga boradigan xalqaro savdo yo‘li – Buyuk Ipak yo‘lida savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ko‘rganlar. Sharq bilan G‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalari kengaydi. Bu esa Amir Temur davlatining tashqi iqti sodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga olib keldi.




    1. Download 79.22 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling