Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Krit-Miken davrida Yunoniston


Download 1.03 Mb.
bet4/83
Sana15.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1480184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

4. Krit-Miken davrida Yunoniston. Qadimgi Misr manbalarida Krit bilan aloqalar borligi qayd etilgan. Misr buyumlari Kritdan, Krit buyumlari Misrdan topilgan. A.Evans Krit tarixini arxeologik jihatdan davrlarga bo'lishni ishlab chiqdi va bunga Misr tarixining Qadimgi, O'rta va Yangi podsholiklarga bo'linishni asos qilib oldi. Evans Kritdagi tegishli uch davrni va mil.av. III-II ming yillikdagi butun Krit madaniyatini afsonaviy Krit podshosi Minos nomi bilan minoy davrlari deb atalgan.
1) Ilk minoy davri - mil.av. 2800-2200 yy.
2) O'rta minoy davri - mil.av. 2200-1600 yy.
3) Kech minoy davri - mil.av. 1600-1100 yy.
Ilk Minoy davrida Kritda ibtidoiy jamoa munosabatlarining asta-sekin rivojlanishi sodir bo'lib, mulkiy tabaqalanish paydo bo'ladi. Zodagonlarning serhasham g'ishtli uylari va kambag'allarning vayrona kulbalari bu farqni ko'rsatadi. Qariyb mil.av. 2200 yilda qabilalar ittifoqi vujudga keladi. Knoss, Malliya va Fest aholi markazlari bu ittifoqqa boshchilik qiladi. Bu joylar O'rta Minoy davrining ilk sinfiy jamiyatlariga aylanib ketadi.
Mil.av. III yillikda rivojlangan bronza asriga o'tish iz bergan. Xuddi shu vaqtda oltindan yasalgan mashhur Krit zargarlik buyumlari paydo bo'ladi va ular o'rta minoy davrida takomillashib boradi. Kamoros g'oridan topilgan idishlar ayniqsa, ko'rkam. Tosh va fil suyagidan yasalgan muhrlarning topilishi xususiy mulk rivojlanishini ko'rsatadi. Taxminan mil.av. 2200 yilda Knossda mahalliy hokimning ulkan muhtasham saroyi qurilgan va u er.av. XVI asrgacha mavjud bo'lgan. U ikki qavatli bo'lgan. Unda katta zal ham bo'lgan. Sopol quvurlar sistemasi orqali oqindi suvlar chiqarib yuborilgan. Devorlari shuvalib bo'yalgan va rasmlar bilan bezatilgan. Mil.av. 1750 yillarda saroy birdan buzilgan.
Mil.av. XVIII asrning ikkinchi yarmidan mil.av. XV asrgacha Knoss qudratli poytaxt bo'lgan bu davr Krit davlatining eng qudratli davri hisoblanadi. Krit Egeydagi bir qancha orollarni Kichik Osiyo va Bolqon yarim oroli sohilidagi bir qancha manzillarni o'ziga bo'ysundirgan. (hatto Attikani ham) Kritda dehqonchilik va hunarmandchilik, chorvachilik rivojlanadi. Dengizchilik rivojlanadi. O'rta dengiz mamlakatlari bilan qizg'in aloqa bog'laydi. Saroyda xizmat qiluvchilar sopol lavhachalarga nomma-nom yozib qo'yilgan. Ular orasida qullar ham bo'lgan. Flotdan tashqari, Kritda quruqlikdagi armiya ham bo'lib, askarlar jang aravalarida yurganlar. Davlat viloyatlardan iborat bo'lib, ularni podsho noiblari (paserevilar) va oqsoqollar (kerasiyalar) kengashi idora qilgan. Kritda yerlar jamoaga qarashli bo'lib, qisman yakka tartibda ijaraga berilgan va xususiy mulk bo'lgan. “Odisseya”dagi xotiralarga ko'ra Krit hukmdori Minos podshogina emas, kohin va xudo nazar solgan shaxs hisoblangan. Tesey haqidagi afsonada Kritdagi bahaybat maxluqqa yemish uchun Attikadan o'g'il-qizlar yuborilganligi va shu maxluqni atayin o'ldirish uchun qahramon Tesey yuboriladi. Bu afsona Kritga qarshi Attikani kurashi ramzi bo'lishi mumkin.
Kritlar katta ibodatxonalar qurmaganlar, balki kichik-kichik sajdagohlar va mehroblar qurish bilan cheklanganlar. Kritliklardan eng katta xudo ayol (Buyuk ma'buda, Ona) bo'lib, u hayot baxsh etgan, o'simliklar, hayvonlar va odamlarni himoya qilgan. Bu ma'buda bashang kiyingan va ikkala qo'lida ilon ushlab turgan ayol shaklida ham tasvirlangan. Kritda erkak xudo ikki yoqlama (labris) shaklidagi (osmon, ham yerdagi hokimligini bildiruvchi) xudo tarzida tasvirlangan. Kritda diniy marosimlarni asosan ayollar ado etgan.
Bolqon yarim orolining janubida Egey orollarida va Kichik Osiyoning g'arbiy sohilida yashagan axeyaliklar mil.av. XV asrda Kritdagi ilk quldorlik davlatini zabt etganlar. Axeyaliklar kritliklarining A chiziqli yozuv asosida o'zlarining B chiziqli yozuvlarini yaratganlar.
Mil.av. 111-11 ming yilliklar davrida materik uchun Ellada davri deb, orollar uchun Kiklada davri deb atalgan. Arxeologik ma'lumotlar asosida Krit tarixi kabi davrlashtiriladi.
1. Ilk Ellada va Kiklada davrlari mil.av. 2600-2000 yy.
2. O'rta Ellada davri mil.av. 2000-1650 yy. O'rta Kiklada davri mil.av. 2000-1500 yy.
3. Kech Ellada davri mil.av. 1650-1100 yy.
Kech Kiklada davri mil.av. 1500-1200 yy. Kech Ellada davri Mikena davri ham deb ataladi4.
Eng qadimgi zamonlarda materik va Egey dengizining ayrim orollari, Kichik Osiyo sohili yunonlardan burungi qabilalar tomonidan ishg'ol qilingan, bu qabilalarni antik yunonlarini o'zlari umumiy nom bilan pelasklar deb atagan.
Mil.av. III ming yillikda qabilalar qanday ko'chganligi yaxshi ma'lum emas. Ular asosan Bolqon yarim orolining shimolidan ko'chganlar. Mil.av. XXI-XX asrlarda ko'chgan qabilalar orasida eng mashhuri axeyaliklar bo'lib, shu sababli mil.av. II ming yillikdagi Yunoniston tarixi Axeya tarixi ham deyiladi. Burungi qabilalar asta-sekin axeyaliklar bilan assimiliyatsiyalashib ketganlar. Axeyaliklar avval orollar, sohillarda joylashib olganlar. Ulardan sinfiy munosabatlar paydo bo'lgan. Materik ichki tumanlarida ibtidoiy jamoa munosabatlari uzoq saqlangan. Peloponnesda Mikena, Trinf, Pilos, O'rta Yunonistonda Orxomen, Fiva va Afina, Fessaliyada Iolk va boshqalar shundan ilk sinfiy jamiyatlar edi. Ularda qalin devor bilan o'ralgan qal'a, saroylar saqlanib qolgan. Bu saroylar atrofida aholining turar joy qoldiqlari saqlangan.
O'sha mahalda paydo bo'lgan Mikena tez orada ilk quldorlik davlatining poytaxtiga aylangan. Mikena istehkomi tashqarisidan bir necha o'n podsholik maqbaralari topilgan. Maqbaralardan arxeologlar qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari topganlar. Mikena saroyi yaqinida boy hunarmandning uylari kovlab topilgan. u yerdan 39 ta yog'och taxtachaga bitilgan B chiziqli yozuv chiqqan.
Pilos shahrida olib borilgan qazishlar natijasida ko'plab Knose yozuvlariga o'xshash xat tekstlari topilgan. Bu yozuvlarni o'rganish asosida biz Pilos ilk quldorlik davlatining sotsial-iqtisodiy va siyosiy tuzilishi to'g'risida fikr yurita olamiz. Yer “xalq” mulki va ayrim shaxslar mulki bo'lgan. “Xalq” turlicha yer uchastkalarini xizmat uchun mukofot qilib bergan. Yer xajmi yer oluvchining mansab-martabasiga qarab belgilangan. Xalq yeri ijaraga ham berilgan. Yer uchastkasi hajmi donning o'lchov miqdoriga qarab belgilangan. “Xalq”dan olinadigan yerning qanaqa yer ekani hali ma'lum emas. Ehtimol, bu jamoa yeri bo'lib, asta-sekin davlat qaramog'iga o'tib borgandir. Pilos davlati hukmdori - vanaka - 1800 dan o'lchovi miqdorida don olgan. Uning yordamchisi, qo'shin qo'mondoni - ravaketa 600 dan o'lchovi miqdorida yer uchastkasi olgan. Oddiy kishilar ozgina yer uchastkasini ijaraga olganlar.
Pilos podsholigida chorvachilik rivojlangan. Saroydagi turli xil hunarmandlar va xizmatchilar ro'yxati saqlanib qolgan. Qullar va cho'rilar mas'ul nazoratchilar qo'l ostida saroy xo'jaligida ishlatilgan. Pilosning qo'shini va floti bo'lgan. Davlat viloyatlarga bo'linib, viloyat Kritdagi singari vanakaga qaram paseravelar tomonidan idora qilingan. Sopoldan yasalgan lavhachalarda antik davrda yunonlar topingan Poseydan, Termes, Dionis, Tera va boshqa xudolar tilga olingan. Axayya davlatlar haqidagi barcha ma'lumotlar ularning sharqiy va g'arbiy qo'shnilari bilan qizg'in aloqada ekanligini ko'rsatib turibdi. Biroq ularda yagona siyosiy birlik bo'lmagan. Axayyaliklar uzoq harbiy safarlar ham qilganlar. Mil.av. XIII asrda axayaliklar dengiz xalqlari qatori 2 marta Misrga xujum qilgan. Xett yozuvlarida Axiyava davlati Xett, Misr, Bobil, Ossuriya bilan teng qilib tasvirlanadi. Kritliklar va axayyaliklar O'rta dengizning Sharqiy sohilidagi yerlarga borib qo'nganlar va ular filistimliklar nom bilan mashhur bo'lganlar.
Axeyaliklarning so'nggi katta urushlari “Iliada” va “Odessiya”da madh etilgan Troya urushidir. Bu urush mil.av. 1240 yilda sodir bo'lgan. Kichik Osiyoning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan va yaxshi mustahkamlangan Troya shahri uncha katta bo'lmagan, lekin boy ilk quldorlik davlatidir. Troya, Kichik va Old Osiyoni dengizi havzasi bilan bog'lovchi muhim strategik va savdo yo'llarida joylashgan. “Iliada” aytilishicha, Troyada o'sha vaqtda Kichik Osiyoning butun g'arbida katta obro'ga ega bo'lgan podsho Priam hukmronlik qilgan. Axayya davlati “Oltinga boy Mikena” hukmdori Agamemnon boshchiligida dengizda istilochilik yurishi uchun o'z kuchlarini birlashtirgan. Axayyaliklar ko'p kuch sarflab va katta talofat berib, 10 yillik og'ir urushdan keyingina Troyani olishga muvaffaq bo'lganlar5.
B chiziqli yozuvlar mil.av. XIII-XII asrlarda axayya jamiyatida mulkiy tabaqalanishning keskinlashganidan dalolat beradi. Bolqon yarim orolining janub sohilidagi ilk quldorlik davlatlari aslida butun Yunoniston miqyosida olib taqqoslasak ibtidoiy jamoa munosabatlari dengiz o'rtasidagi sinfiy jamiyatlarning kichik-kichik orollariga o'xshaydi. Ilk Axayya quldorlik davlatini qullar olib kelish, xiroj solish maqsadida bu jamoalarga xujum qilib turganlar. Axaya quldorlik davlatlarida qurollar asosan bronzadan yasalgan.
Bolqon yarim orolining shimolida yashagan yunon doriy qabilalari janubga tomon ko'cha boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumidagi qabilalari doriylarning ko'chishiga qarshilik qilmaganlar, chunki Mikena, Trinf, Pilos kabi quldorlik davlatlari zulmidan qutilish hisoblangan. Doriylarning temir qurollarga ega ekanligi ham ularning bu ilk quldorlik davlatlarini tezda tor-mor qilishlariga imkon bergan. Doriylar materikda Axayya Yunonistonsini tor-mor qilgach, Kritga bostirib kirib, uni ham tor-mor qilgan. Faqat Attika o'z mustaqilligini himoya qilib qola olgan. Ehtimol Attika yeri kam unumli bo'lgani uchun uni chetlab o'tgandir. Peloponnesdan qochgan axayyaliklar Kichik Osiyoga bori o'rnashib qolganlar. Troya urushi haqida afsonalar aynan shu Kichik Osiyoda saqlanib qolgan. Bu afsonalarning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari uchun xalq baxshilari saqlaganlar. Krit-Mikena madaniyati elementlarini aynan shu kichik osiyoliklar saqlab qolganlar. Axayya qochoqlari Kipr oroliga o'rnashib olganlar va o'zlari bilan bo'g'inli chiziqli xatni ham olib kelganlar. Bu xat asrlar davomida shaklan o'zgarib, u yerda to klassik davrgacha mavjud bo'lib kelgan6.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling