Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
Yunon polislari paydo bo’lishining sabablari
Download 1.03 Mb.
|
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Demos va aristokratiya o’rtasidagi kurash
1. Yunon polislari paydo bo’lishining sabablari. Mil.av. VIII-VI asrlarni Yunoniston tarixida ko'pincha arxaik, ya'ni dastlabki davr deb ataydilar. Gomer davri oxirida boshlangan ilk sinfiy jamiyatning qaror topish jarayoni bu davrda davom etdi. Mil.av. VIII-VI asrlarda quldorlik jamiyatining shakllanishi birinchi marta eng va eng aniq ifodalangan variantda yuz bermoqda ediki, bu davr fanda antik davr degan nom olgan8.
Doriylar istilosidan so'ng yuz bergan uzilishdan keyin Yunonistonda yangidan kichik-kichik quldorlik davlatlari paydo bo'la boshladi. Bu davlatlar istehkom bilan o'rab olingan manzillardan iborat bo'lib, ularda dehqonlarning va ayni vaqtda quldorlarning kollektivlari yashab, ular birgalikda o'zlarining umumiy manfaatlarini: istehkom bilan o'rab olingan manzil yonidagi o'z mulki bo'lmish yer uchastkalarini va o'z mulklari bo'lmish qullarini himoya qilganlar. Bu davlat tuzilishlari qadimgi yunonlarda polislar, ya'ni shahar-davlatlar deb nom olganlar. Natural xo'jalik katta davlat birlashmalari tuzish uchun shart-sharoit tug'dirmagan. 2. Demos va aristokratiya o’rtasidagi kurash. Boy yer egalari o'z qarzlarini uza olmagan kambag'al qo'shnilarini qarz badaliga qul qilib olganlar. Bu urug' aristokratiyasi bilan oddiy jamoa a'zolari bo'lmish oddiy aholi - qishloq va shahar demos - o'rtasida keskin sotsial va siyosiy ziddiyatlar tug'dirgan. Manbalar: Arxaik davr deb ataluvchi davrga oid yunon tarixchilari Geodot, Fukidid asarlarida, arxeologik materiallarda, obidalarga yozilgan oz miqdordagi yozuvlar manbalar hisoblanadi. Arxaik davrining ikkinchi yarmida tangalar paydo bo'ladi. Beotiyalik Gesiodning “Mehnat va qullar” poemasi mil.av. VII asrda Yunonistondagi sotsial iqtisodiy munosabatlarni tavsiflashda muhim qimmatga ega. Gesiod “faqat bittadan o'g'il qoldirsin” deb aytib o'tgan. Shahar aholisida bevosita qishloq aholisi bilan bog'liq bo'lmagan yangi daromad manbalari paydo bo'ladi. Asta-sekin erkin shahar aholisining iqtisodiy jihatdan aristokratiyadan mustaqil savdo hunarmandchilik qatlami paydo bo'lib, kuchaya boradi, bu qatlam rasman bo'lsada siyosiy huquqqa ega edi. Chunki polisning butun erkin tub joy aholisi uning fuqarolari hamda ibtidoiy zamonlardan qolgan xalq yig'ining a'zolari edi. Qarz evaziga qulga aylantirilgan dehqonlar ham o'z polisi xalq yig'ining tabiiy a'zolari edilar. Siyosiy huquqqa ega bo'lgan butun ana shu erkin oddiy xalq yunoncha “demos” deb atalar edi. Amalda u qishloq va shahar demosiga bo'lindi. Shahar demosining iqtisodiy mustaqilligi kuchayib borishi bilan u polisni boshqarishda ishtirok etishga va aristokratiyaning hokimiyatini cheklashga erishish uchun faol harakat qila boshladi. Shahar demosi uning mol-mulkini va savdo-hunarmandchilik faoliyatini aristokratiyaning suiste'mollaridan himoya qiladigan qonunlar chiqarishni talab qildi. Dengiz savdosi uchun aktiv tashqi siyosat yurgizish masalasini qo'ydi. Qishloq demosi qarz asoratidan qonunchilik yo'li bilan himoya qilishga muxtoj edi, yer uchastkalarining tortib olinishiga xotima berilishini talab qilar edi. Aristokratlarning kambag'allashgan qismi ham ustaxonalar ochib, savdo-sotiq bilan shug'ullana boshladi. Ularning manfaatlari shahar demosi manfaatlari bilan yaqinlashgan edi. Tiraniya: (mustabid degan): mil.av. VII-VI asrlarda yunon polislari shahar va qishloq demosi islohotlar uchun kurashmoqda edi. Nasl-nasabli aristokratlar esa bunga qarshi edi. Bu kurash natijasida nasl-nasabli aristokratiya hokimiyati ag'darib tashlandi va hokimiyat demosning vakillari bo'lmish hukmdor tiranlar qo'liga o'tdi. Tiran-mustabidlik Yunoniston tarixining arxaik davrida salbiy ma'noga ega emas9. Shu tariqa yunon polislarida davlat hokimiyatining yangi shakli paydo bo'ldiki, bu shakl fanda bosh yoki ilk Tiraniya nomi bilan mashhurdir. Dastlab tiranlikka kambag'allashgan aristokratlar chiqdilar va ular tutiriqsiz siyosat yurgizdilar. Tiraniya zamonida demosning manfatini ko'proq izchil himoya qiladigan siyosatchilar yetishib chiqdi. Shuning uchun yana qo'zg'alonlar yuz berdi, ammo endi bu qo'zg'alonlar Tiraniyaga qarshi qaratilgan edi. Zodagonlarning huquqlari cheklanib, mulkiy tabaqalanish kuchli bo'lmagan polislarda quldorlik demokratiyasi, ya'ni polisdagi erkin tub joy aholi demokratiyasi paydo bo'ldi. Avval aristokratlar, keyin Tiraniya hokimiyati ag'darib tashlangan polislarda esa mulkiy tabaqalanish keskin tusga kirgan edi va shuning uchun ularda oligarxiya (ozgina kishilar hokimiyati) paydo bo'lgan edi. (Ular orasidagi farqli yaxshilab bilib olish kerak). Aristokratiya urug'doshlik tuzumi buzilgandan keyin darhol paydo bo'lgan ilk quldorlik jamiyatidagi hokimiyat edi. Ularning hokimiyati nasl-nasabi va urug' qabila an'anasiga ham asoslanar edi. Oligarxiya esa hokimiyat shakli sifatida yuqoriroq iqtisodiy va sotsial darajada paydo bo'ladi. Oligarxiya hokimiyati uning boyligiga hamda u bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy va siyosiy qudratga asoslanar edi. Oligarxlar orasida sostavida demosning eng boy vakillari bor edi, ular orasida aristokratlar ham bo'lgan. Arxaik davrning oxirlarida paydo bo'lgan quldorlik demokratiyasi va quldorlik oligarxiyasi eramizdan burungi U asrda, arxaik dardan keyingi klassik davrda to'la rivoj topgan. Mil.av. VII asrning oxirlari VI asrning boshlarida Kichik Osiyo va Yunonistonda kumush va elektra (kumush bilan oltinninn tabiiy qorishmalari), tangalardan keng foydalanilgan. Bu esa sotsial-iqtisodiy taraqqiyotning natijasi edi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling